Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
110 , – Ha, – dedi qiz. U bu so‘zni xuddi o‘zbek tilini yangi o‘rgangan odamdek og‘zini to‘ldirib aytdi. – Zaxodite. – Spasibo, – deb yubordi beixtiyor Abdulla, le kin o‘sha zahotiyoq qo‘pol chiqqanini sezib, uya lib ketdi. – Shu yerda... shu yerda turaman. – Net, net, zaxodite. Qiz eshikni kattaroq ochib, uning kirishini kutmay, to‘rdagi baland zinali dahliz tomon yo‘l oldi. Bog‘ichi boylanmagan sandali yana yengil taqtuq, taqtuq qila boshladi. – Papa! Qiz dahlizga ko‘tarilib, oyoqlarini silkitib san dalini zinapoyaga tashladida, oyoq yalang ich kari xonaga kirib ketdi. Abdulla zina yoniga borib to‘xtadi va hovliga razm soldi. Hovli juda salqin, turlituman gullar bilan to‘la edi. Hovlining o‘rta sida, baland olmalar tagida pastak shiypon bo‘lib, pechak gullar zangori ustunlarga chirmashib, tomgacha chiqib ketgan edi. – Chto vi tam stoite? Zaxodite, – dedi qiz chiqib. Abdulla uning kichkina, oppoq oyoqlariga ko‘z qirini tashlab, dahlizga ko‘tarildi. Tuflisini yech- moqchi bo‘lganda: – Chto vi, ne nado! – dedi qiz va oyog‘i tagiga qo‘lidagi lattani tashladi. – Vitrite i vsyo. Abdulla lattaga yaxshilab tuflisini artib, qizning ketidan ichkariga kirdi. Bu kenggina zal bo‘lib, to‘rda katta dumaloq stol bor edi. Pastda esa kichkina uzunchoq stolning ikki tomonida ikkita yumshoq kreslo turardi. Qiz ulardan bitta sini surib, Abdullaga ishora qildi. – Sadites. Papa skoro viydet! Odam bolish qiyin 111 , Abdulla kresloga omonatgina o‘tirdi. U g‘ala ti ahvolga tushib qolgan edi. Bunday uyni birin chi ko‘rishi, bunday kresloda birinchi o‘tirishi! Qanday yaxshi! Hamma professorlar shunday yasharmikin? Qizi shumi? Juda g‘alati ekan. Ab dulla havas va hayajon bilan xonaga birikki qa rab chiqib, qizni ko‘rib qoldi. U shunday eshik ning to‘g‘risida dahliz tokchasiga chiqib, deraza oynasini artardi. Abdulla beixtiyor unga tikilib qoldi. Qiz lattali qo‘lini har ko‘targanda, koftasi tagidan shimi tarang tortib turgan ingichka oppoq beli silkinardi. Bu hol uzoq davom etdi. Bir ma hal qiz Abdulla ning qarab turganini sezdi shekilli, qo‘lini tushirib, koftasini shimiga qistirdi. – Papa! Nu xvatit! Chelovek jdyot! – qichqirdi u nihoyat lablarini cho‘chchaytirib. Abdulla uyalib ko‘zini chetga oldi. «Yaxshi qil madim, – o‘yladi u. – Demak, qizi shu ekanda? Nahotki Leningradga borsa?» U xuddi o‘zi keta yotgandek, bunga ishongisi kelmadi, ayni vaqtda uning borishini istardi. Ko‘p o‘tmay ichkari xo nadan professor chiqdi. Abdulla o‘rnidan turdi. – Kuttirib qo‘ydimmi? – dedi Tursunali aka unga qo‘l uzatib. – Salom. – Salom, – dedi Abdulla jilmayib. – Ertalab jindak ishlaydigan odatim bor. Ke chiring, Abdullajon. – U xushmuomalaligi bilanmi, nimasi bilandir Abdullaga birpasda yoqib qoldi. – Hechqisi yo‘q, – dedi shoshib va professor dan so‘ng kresloga o‘tirdi. – Aytganday, oltin me dal bilan tabriklayman, – dedi professor. – Eshi tib, juda xursand bo‘ldim. Yaxshi, juda yaxshi! – Rahmat, – Abdulla jilmayib boshini egdi. Olmas Umarbekov 112 , – Sayyora, – chaqirdi professor kimnidir. Boyagi qiz kirdi. Endi u xuddi shimining ran gida yumshoq chuvak kiyib olgan edi. – Chto, papa? – Tanish, – dedi professor, – G‘afurjon akaning o‘g‘li. Aytgan edim senga. Abdulla o‘rnidan turib qizga qo‘lini uzatdi. – Abdulla. – Maktabni oltin medal bilan bitirgan! – qo‘shib qo‘ydi professor g‘urur bilan. – Pozdravlyayu, – dedi qiz jilmayib. Uning tish lari guruchdek oppoq edi. – O‘zbekcha gapirsangchi! – dedi professor uni urishgan bo‘lib. – Ti je znayesh, kakoy u menya govor! – dedi qiz lablarini cho‘chchaytirib. – Chay postavit? – Albatta. Oying qani? – Poshla v atelye. Gde budete pit? Qiz shunday deb Abdullaga yer ostidan qarab qo‘ydi. – Shu yerda, – dedi professor. – A ya zdes xotela ubirat... – Bo‘lmasa, hovlida. Qiz chiqib ketdi. – Uni kechiring, Abdulla, – dedi kulib Tursun aka. – Yoshligimda ruschaga qiynalganim uchun, uni rus maktabiga bergan edim. Ruscha o‘qigan. O‘rtoqlari ham ruslar. O‘zbekchaga endi o‘rgatyap man. Oyisi bilan endi faqat o‘zbekcha gaplashadi. Mendan uyaladi. Xo‘sh, ahvollar yaxshimi? – Rahmat. – Tunov kuni dadangizni ko‘rgani borgan edim. Ancha gaplashib o‘tirdik. Ko‘pdan beri ko‘rish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling