Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
116 , bo‘lsangiz kerak, hozir yadro fizikasi haqida ko‘p gaplar bo‘lyapti. Atom reaktorlari qurilyapti. Xul las, bu fan hozir eng zarur va kelajagi porloq fan lardan bo‘lib qoldi. Birikki yildan so‘ng O‘zbekis tonda ham ko‘pgina atom inshootlari quriladi. Matematikaga havasingiz baland ekan, shuning uchun va dadangizni hurmat qilganimdan sizga shu taklifni qilyapman. Agar xohishingiz bo‘lsa, borganingiz ma’qul. Mana, Sayyora ketyapti. Abdulla yalt etib choy qoshiqni o‘ynab o‘tirgan Sayyoraga qarab qo‘ydida: – Rahmat, – dedi sekin. – Dadamlar aytuvdilar. – Barakalla. Har holda, yomon bo‘lmaydi. Bun dan tashqari, mustaqil hayotga ham o‘rganish kerak. – A mojet on ne xochet? – dedi gapga aralashib Sayyora. – Bilmadim, – dedi Tursunali aka. – O‘ylab ko‘ring. Uyingizdagilar bilan maslahatlashing. Lekin tez hal qilish kerak, talabgorlar ko‘p. – Xo‘p, – dedi Abdulla boshini irg‘atib. – Qachon aytasiz? Shu birikki kunda hal qi ling. Men hamma boradiganlarning hujjatlarini yig‘ib, jo‘natishim kerak. Abdulla yana boshini qimirlatdi. Tursunali aka, gap tamom degandek, o‘rnidan turdi. Eshik tagida Sayyora jilmayib Abdullaga qo‘lini uzatdi. – Xayr. – Xayr, – dedi shoshib Abdulla va qizning kich kina qo‘lini mahkam qisib qo‘ydi. Eshik g‘ichirlab orqasidan yopilganda Abdulla og‘ir xo‘rsindi. U shu uyga kelganidan, shunday samimiy odamlar bilan uchrashganidan xursand edi. «Nahotki endi ular bilan birga bo‘lsam, birga Odam bolish qiyin 117 , o‘qisam?» U yuzlarida tabassum o‘ynab, o‘ziga bu savollarni berar ekan, ular savolmi yo aniqlasha yotgan qarormi, bilolmasdi. Lekin bir narsa, shu uyga kelishi uning fikrlarini va oldingi rejalarini o‘zgartib turganligi aniq edi. «Xayr!» Nega u bir dan shunday dedi. Ruscha xayrlashmadi? Lekin juda shirin chiqdi: «Xayr...» Abdulla shuni o‘ylar ekan, Sayyora, bu qiyiq ko‘z, quvnoq qiz ko‘z ol didan ketmasdi. – O‘g‘lim, – dedi uyga kelganda G‘afurjon aka uni chaqirib. – Tursunali akang bilan qachon uchrashasan? Borib kelsang bo‘lardi. – Uchrashdim, – dedi Abdulla dadasining yo niga o‘tirib. – Uchrashdim? – sevinib ketdi G‘afurjon aka. – Qachon? – Hozir o‘sha yerdan kelyapman. – Tushuntirdimi hammasini? – Ha, borsangiz yaxshi bo‘ladi, dedilar. – Ana, aytmadimmi? Bu odam bizga yomon narsani ravo ko‘rmaydi. Nima deding? – Hali hech narsa deganim yo‘q. O‘zlari ham so‘ramadilar. O‘ylab keling, uyingizdagilar bilan maslahatlashing, dedilar. – Juda yaxshi, rahmat. Shunday tanishimiz bor ekan, bilmas ekanmiza?! Xo‘sh, nima qaror ga kelding? Borasanmi? Abdulla nima deyishini bilmay, o‘ylanib qoldi. Dadasi tagidagi ko‘rpacha zihini g‘ijimlab birpas jim turdida, keyin dedi: – Borsang yaxshi bo‘lar?.. Ularning gapiga quloq solib vodoprovod tagi da idish yuvib o‘tirgan Shahodat opa bo‘shashib Olmas Umarbekov 118 , ketdi, qo‘lidagi taqsimcha shalop etib tog‘oraga tushdi. XI Sayyora Abdullachalik hayajonga tushmagan edi. U hali maktabni tutatmasdanoq Leningradga borishini va otasi huzurida yashab, u dars be rayotgan institutda o‘qishini bilardi. Onasi ham bunga rozi edi. Lekin u yolg‘iz qizining to‘rt yil olis shaharda yolg‘iz qolib ketishidan ozgina cho‘chir di. Gap shundaki, Tursunali aka bu institut bilan to‘rt yil ishlashga kelishgan, qizi birinchi kursni tamomlashi bilan u yana o‘zining eski ishiga, Toshkentga qaytishi lozim edi. U ham Sayyora ning bironta tanishroq odam bilan birga ketishini istardi. Shuning uchun G‘afurjon akanikidan u xursand bo‘lib qaytgan edi. «Otasi yaxshi odam, o‘g‘li ham yaxshi bo‘lishi kerak», o‘ylardi u. Ab dullani ko‘rib u xotirjam bo‘ldi. Kamgap, og‘ir tabiatli. U Sayyoraga yaxshi o‘rtoq bo‘lib qolishi mumkin. Buning ustiga yaxshi o‘qigan. Institut da ham qiziga ko‘magi tegishi turgan gap. Borsa, yaxshi bo‘lardi. Lekin u faqat qizi uchungina Abdullaning u yoqqa borishini istamasdi. Institutning kelajagi va ahamiyatini yaxshi bilgani sababli yoshligi da uni qo‘llabqo‘ltiqlagan odamga jindak bo‘lsa ham foydasi tegishini o‘ylab, u shu taklifni qilgan edi. Qiziga yo‘ldosh topish uning uchun ikkinchi darajali masala edi. Shuning uchun ham Abdul la ketishi bilan qizining: «Neujeli izza menya xo chesh yego zastavit poyexat?» – degan savoliga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling