Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
Odam bolish qiyin
107
,
yo‘q-ku». Shu fikr o‘ziga ma’qul kelib, ko‘ngli an­
cha tinchidi­da, ko‘p o‘tmay, uxlab qoldi. 
X
Professornikiga borish kerakmi, yo‘qmi? Er­
talab uyg‘onganda Abdullaning miyasiga kelgan 
birinchi fikr shu bo‘ldi. Lekin qanday qarorga 
kelishni u bilmasdi. Bir tomondan Mingbuloqda 
Gulchehra bilan o‘tkazgan kunlari ko‘z oldidan 
ketmay, bir yildan so‘ng Toshkentda bundan ham 
yaxshi davr boshlanishini his qilib, hech qayoqqa 
ketishni istamas, ikkinchi tomondan otasining 
gaplari, kechagi jikkakkina yigitga bo‘lgan hava­
si uni qiynoqqa solib qo‘ygan edi. Lekin kecha u 
o‘zida bunday ikkilanishni sezmagan, ketishdan 
ko‘ra qolishga ko‘proq moyil edi. Negadir bugun 
uning fikri uyqudan turishi bilan o‘zgarib qoldi. 
Bundan u battar qiynoqqa tushdi. 
Erinibgina kiyinib, ko‘chaga chiqdi. Ikki hov­
li naridagi ariq labida kimdir o‘zini oftobga solib 
o‘tirardi. Abdulla uni darrov tanidi va o‘sha to­
monga yurdi. 
– Ha, o‘tiribsanmi? – dedi u uning yoniga borib 
o‘tirarkan. 
– Qariganimda ham shu odatim qolmasa ke­
rak, – dedi Rustam esnab. 
– Ertalabki oftob yaxshi. 
– Abdulla... – dedi Rustam. 
– Hm... 
– Rostdan ketmoqchimisan? 
– Qaydam? 
– Sening o‘rningda bo‘lsam, uchardim. 


Olmas Umarbekov
108
,
– Hali ham kech emas, uch. 
– Ahror kecha to‘g‘ri aytdi, imtihonlari og‘ir bo‘la­
di. Innaykeyin, dadam yubormaydi. Seni o‘zlari 
bor deb turishibdi. Imtihonlarni topshirmaysan.
– Lekin... 
– Nima lekin? Buning lekini bormi? Jo‘nayver. 
Kirmasang, keyin achinasan. Umr bo‘yi achinib 
o‘tasan. 
«Balki to‘g‘ridir, – o‘yladi Abdulla. – Bu yerda 
qolib, ishim yurishmay qolsa, shunday bo‘ladi. Ke­
yin, Po‘latni ko‘rganimda, shunday bo‘ladi. Mening 
undan nimam kam?» Bu fikr uning ko‘z oldiga ota­
sini keltirdi. Ilgari u qanday edi?! Husanxon akalar 
uning oldida ikki bukilib yurardi. Endi­chi? Endi 
ular kelib ko‘rishni istamaydilar. Hammasi otasi­
ning mansabi pasayib ketganligida. U boshqacha 
yashaydi. Uning hayoti ba land­past bo‘lishi kerak 
emas, to‘g‘ri bo‘lishi kerak, yil o‘tgan sari pog‘ona­
ma­pog‘ona ko‘tarilib borishi kerak. Leningradda 
o‘qib kelsa shunday bo‘lishi mumkin. U yo Po‘lat 
bilan teng bo‘lishi, yo undan baland bo‘lishi kerak. 
Boshqachasi to‘g‘ri kelmaydi. 
Biroq, biroq... Shu biroq, Gulchehraga ber­
gan va’dasi uni chuqur o‘ylatib qo‘ygan edi. Pro­
fessor bilan gaplashib kelsa­chi? Buning nimasi 
yomon? Gaplashadi, xolos! Bu fikr unga ma’qul 
tushib, dik etib Rustamning oldidan turdi. 
– Ha, qayoqqa? 
– Ishim bor. 
Professorning uyini u qiyinchiliksiz topdi. Bu 
Toshkentning eng sokin, jimjit Xorazm ko‘chasi­
dagi yaxlit oynali bejirim uylaridan biri edi. Siri 
ko‘chmagan zangori darvozadagi raqam ga ko‘zi 


Odam bolish qiyin
109
,
tushishi bilan Abdullani hayajon bosdi. Bo‘shash­
gan qo‘lini cho‘zib ehtiyotlik bilan qo‘ng‘iroq tug­
masini bosdi. Hech kim chiqmadi. Abdulla ichi­
da xursand bo‘lib qo‘ydi. Lekin ketmadi. Darvoza 
tirqishidan hovliga qaradi. Shunday darvoza orqa­
sida kungaboqardek katta qizil kartoshka guldan 
boshqa narsa ko‘ziga ko‘rinmadi. Yana qo‘lini 
cho‘zib qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Shu payt: 
– Kto tam? – degan ayol kishining ovozi eshi tildi. 
Abdulla nima deyishini bilmay, eshikni bir­ik­
ki taqillatib qo‘ydi. Yengil tufli poshnalari taq-tuq 
qilib darvozaga yaqinlashdi­da, keyin g‘irchillab 
eshik ochildi va Abdullaning oldida chiroyli oyoq­
lariga yopishib turgan ko‘k shim, yengsiz sariq 
kofta kiygan nozik bir qiz paydo bo‘ldi. Kichki­
na bejirim boshida tarang qilib tortilib, ingichka 
sariq lenta bilan bog‘langan jigarrang sochlari­
ning uchi chap qulog‘i orqasida jo‘xori popugidek 
osilib turardi. 
Abdulla uning qirra burni, mayda tuklari 
bilinar­bilinmas qorayib turgan yuqorigi labi us­
tida ter tomchilarini va qo‘lidagi ho‘l lattani ko‘rib, 
ish qilayotganligini payqadi. Qiz unga ko‘rinishi 
bilan lattani yashirgan bo‘lib, qo‘lini orqasiga 
berkitdi. 
– Salom, – dedi Abdulla uning tutash qoshlari 
ostidagi qo‘y ko‘zlariga tikilib. 
– Zdravstvuyte, – qiz savol nazari bilan unga 
qaradi. 
«Chiroyli ekan», – o‘yladi Abdulla undan ko‘z 
uzolmay, lekin ko‘p tikilishga uyaldi. 
– Menga Tursun amakim kerak edilar. Uy­
damilar? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling