Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116
Odam bolish qiyin
131
,
Uni Saodat opaning o‘limi emas, boshqa narsa 
o‘ylatib qo‘ygan edi. Gulchehra bilan xayrlasha­
yotganda ikkalovi bir­biriga xat yozishga va’da­
lashishgan, xat pochtaga kelib turishi kerak edi. 
U hozir shu va’dasining ustidan chiqmaganidan 
mulzam bo‘lib o‘tirardi. Gulchehra yozganmikin? 
Nega shu paytgacha esiga kelmadi? Abdulla 
shoshib o‘rnidan turdi­da, ko‘chaga otildi. 
– Qayoqqa? – so‘radi orqasidan G‘afurjon aka. 
– Olis ketib qolma. 
– Hozir kelaman. 
Haytovur pochta hali ochiq edi. Abdulla dar­
cha oldida o‘tirgan yosh bir qizga murojaat qildi: 
– Menga Qo‘qondan xat kelishi kerak edi... 
– Pasportsiz bermaymiz, – dedi qiz. 
– Iltimos, juda zarur xat edi. Hozir o‘zim 
Qo‘qonga ketaman. 
– O‘zingiz borar ekansiz, xatni nima qilasiz? 
– To‘satdan boradigan bo‘lib qoldim. Bormi 
o‘zi xat? 
Qiz bir dasta xatni erinchoqlik bilan titkilay 
boshladi. Keyin bir xatni olib, uzoq tikildi­da, 
so‘radi: 
– Xat kimdan kelishi kerak edi? 
– Saidova, Saidova Gulchehradan, – shoshib 
javob berdi Abdulla. – Bormi? 
– Bor, kimingiz bo‘ladi bu odam? 
– Tanishim. Yaxshi tanishim. 
– Hm... – dedi qiz. – Bilamiz qanaqa tanishli­
gini. Yuradigan qizim deng, qo‘ying. 
Abdulla uyalib ketdi, ayni vaqtda jahli chiqdi. 
– Buning nima ahamiyati bor? 
– Sizga ahamiyati bo‘lmasa ham, bizga ahami­
yati bor, – dedi qiz qo‘pollik bilan. – Arzimagan 


Olmas Umarbekov
132
,
oshiq­ma’shuqning xati deb butun pochta ovora 
bo‘ladi. Oling. 
Abdulla peshtaxtaga qiz uloqtirgan xatni olib, 
o‘sha zahotiyoq ochdi. «Salom Abdulla, – deyil­
gan edi xatda. – Ketganingizga ikki kun bo‘lmay, 
xat yozyapman. Ovora qilganim uchun kechiring. 
Yozgim keldi. Ayamlar og‘irlashib qoldilar. Dadam 
olib kelgan doktor hech narsa qilolmadi... Tuza­
lishlariga ishonch yo‘q, dedi. U ketgandan keyin 
kun bo‘yi yig‘ladim. Kechqurun esa ayamlarning 
oldilarida dadamlarni qoldirib, ko‘chaga chiqdim. 
Qayoqqa borishimni, nima qilishimni bilmay, bu­
loq boshiga borib qolibman. Esingizdami, shu 
yerda biz birga o‘tirgan va kelajak haqida orzu 
qilgan edik. Ahvolingiz qalay? Sizsiz nazarimda 
qishloq huvillab qoldi. Agar imkoni bo‘lsa, o‘qish 
boshlangunga qadar bir kelib ketsangiz. Ajab 
emas, ungacha ayamlar tuzalib qolsalar. Sizni 
sog‘inib kutuvchi Gulchehra».
Xat tagiga qiyshiq bir jumla qo‘shib qo‘yil­
gan edi, Abdulla zo‘rg‘a o‘qidi: «Kechiring, o‘choq 
boshida yozdim. Xatolari ko‘p». 
Abdulla juda g‘alati bo‘lib ketdi. Qanday qilib 
esidan chiqardi?! Axir va’dalashgan edi­ku! Be­
chora qiz. Hozir nima qilayotgan ekan? Endi 
nima bo‘ladi? Shu xayol bilan u kunni kech qil­
di. Oqshomda esa kechki poyezd bilan Shahodat 
opa ikkovi Qo‘qonga jo‘nashdi. Ular tongda Ming­
buloqqa kirib kelishdi. Saodat opani endi chiqar­
moqchi bo‘lib turishgan ekan. 
– Mozorboshiga borgin, – dedi Shahodat opa. 
Abdulla uyda yolg‘iz o‘tirgan kelinoyisi bilan 
omonatgina so‘rashib, ko‘chaga chiqdi. Qishloq 


Odam bolish qiyin
133
,
xuddi joyidan ko‘chgandek to‘polon, Gulcheh­
ralarning uyiga esa, odam ko‘pligidan kirib 
bo‘lmasdi. Hamma yoqni ayollarning yig‘isi, 
oh­dodi tutib ketgan edi. Ba’zi­ba’zida ichkaridan 
erkak kishining: «Onajonim, onajonim Saodat! 
Nima qilib qo‘yding, Saodat», degan ovozi eshtilib 
qolardi. «Yusuf aka bo‘lsa kerak», o‘yladi Abdulla 
va beixtiyor o‘pkasi to‘lib ketdi, ko‘zlari yoshlan­
di. Darvozaning ikki tomonida tizilib turgan er­
kaklarning orqasidan o‘tib, pastak devor yoniga 
keldi-da, hovliga qaradi. Besh-olti mo‘ysafid hov­
lining o‘rtasida tobut yasatishardi. U yoqdan bu 
yoqqa bellarini bog‘lab yugurib yurgan ayollar to­
butga ko‘zlari tushishi bilan piqillab yig‘lashar, 
keyin uvvos solib, o‘lik yotgan xonaga otilardilar. 
Shunday devor tagida yana Yusuf akaning yig‘isi 
eshitildi: 
– Saodatim, onajonim! Meni kimga tashlab 
ketding?! Saodat! 
– Bo‘ldi endi. O‘zingni tut, – dedi kimdir. 
Abdulla ovozidan tog‘asi ekanligini bildi. 
– Yig‘laganing bilan qaytib kelmaydi. 
Yusuf aka yig‘i aralash xo‘rsinib, jim bo‘ldi. 
Lekin ko‘p o‘tmay, yana o‘zini tutolmasdan 
yig‘lab yubordi. Abdulla darvoza yoniga kelib, qo‘l 
qovushtirib turgan Samadning yonida to‘xtadi. 
Ular so‘zsiz, bosh tebratib ko‘rishdilar. Bir mahal 
«Omin!» dedi ichkarida dag‘al bir ovoz. 
– Olib chiqishyapti! – shivirladi Samad. 
Abdulla ichkariga qaradi. Hovlini to‘ldirib tur­
gan odamlar ustida qizil duxoba paranji yopilgan 
tobut bir­ikki tebranib, eshik tomon suza boshladi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling