Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Odam bolish qiyin
155
,
Tolzor uncha katta emas edi. U darrov soy 
bo‘yiga chiqib qoldi. Lekin Gulchehra ko‘rinmadi. 
Ketib qoldimikan? U yuragi to‘lqinlanib, u yoq bu 
yoqqa alangladi, keyin suv labiga tushdi. Sal na­
rida kallaklangan qari tolning orqasida kichkina 
ko‘m­ko‘k yalanglik ko‘rindi. Abdulla shu tomon­
ga yurdi. Tolga yetay deganda, u beixtiyor to‘xtab 
qoldi. Shunday soyning labida otquloq bargini 
peshanasiga yopishtirgan Gulchehra qalin sochiq 
ustida oyoqlarini chalmashtirib yotardi. Oq­sariq 
yo‘l­yo‘l ko‘ylagi tizzalarigacha ko‘tarilgan, ikki 
tomonida oppoq kaftlari osmonga qarab cho‘zilib 
yotgan qo‘llari yelkalarigacha ochiq edi. Dumaloq 
ko‘kraklari turtib turgan ko‘ylagi har nafas olgani­
da ko‘tarilib, belini tarang qilib tortar, tushganda 
esa ko‘kraklari o‘rtasida uzun chiziq hosil qilardi. 
Abdulla unga havas bilan tikilib turdi­da, shu 
yotishida uning qip­qizil yuzlaridan o‘pib olgisi 
kelib ketdi... Sekin­sekin, o‘tlarni shitirlatmas­
dan unga yaqinlashdi. Boshi ustiga kelganda 
ehtiyotkorlik bilan cho‘kkalab, sekin engasha 
boshladi. Endi lablari otquloqqa yetay deganda, 
Gulchehra, «voy!» dedi­yu, sapchib o‘rnidan turib 
ketdi. Abdulla kuldi. 
– Yurakdan ham bor ekan­ku! 
– Uf! Qo‘rqib ketdim, Abdulla, sizmisiz? 
– Xuddi o‘zi! 
– Qachon keldingiz? Shunaqa ham bo‘ladimi 
odam degan? 
– Yomon qo‘rqdingizmi? 
– Yuragim o‘ynab ketdi. 
Gulchehra ko‘kragiga «tup­tup»lab, «uh» de­
di­da, jilmaydi va Abdullaning ro‘parasiga o‘tirdi. 


Olmas Umarbekov
156
,
– Qachon keldingiz? 
– Bir soatcha bo‘ldi. Keldim­u, sizni qidirishga 
tushdim. 
– Bu joydaligimni qayerdan bildingiz? 
– Alisher aytdi. 
– Voy, bu yoqqa kelganingizni u biladimi? 
– Yo‘q. Ko‘rsang kelganimni aytgin, dedim­u u 
ketgandan keyin bu yoqqa kelaverdim. Ha, bilsa 
nima qilibdi? Samad bilan yarim kechagacha bir­
ga qolib ketasizlar­ku! 
– Samad boshqa gap. Samad mening yordam­
chim. Uydagilar buni bilishadi. Nega bu gal ke­
chikdingiz? Doim o‘n beshinchi avgustda kelar 
edingiz? 
– Ish chiqib qoldi. 
– Qizlar bilanmi? – Gulchehra ko‘zlarini ayyo­
rona suzib Abdullaga qaradi. 
Abdulla kuldi. 
– Yo‘q, bir maqola ustida ishladim. Kurs ishim. 
«Fan va turmush»da bosishmoqchi edi. 
– Nahotki? – sevinib so‘radi Gulchehra. 
– Ha. Rahbarim aytgan ekan. Shuni qayta ish­
lab chiqdim. 
– Nima temada? 
– Yuqori chastotalar haqida. Hozir bu juda 
kerakli tema. 
– Ma’qul bo‘ldimi? 
– Ha, bosishadigan. Agar bosishsa, ancha 
shov­shuv bo‘ladi. 
– Yaxshi shov­shuvmi? 
– Shunday bo‘lishi kerak. Professor shu temani 
dissertatsiya ham qilsangiz bo‘ladi, deyapti. 
– O‘, juda yaxshi­ku. 


Odam bolish qiyin
157
,
Abdulla uyalinqirab jilmaydi. 
– O‘zingizning ishlaringiz qalay? 
Gulchehra qo‘llarini yozib, xo‘rsindi.
– Maket!.. 
– Hali ham­a? 
– Bu endi yangi maket. Yangi qishloq maketi. 
– Yaxshi bo‘lyaptimi? 
– Qaydam. Institutda loyihani ma’qullashdi. 
Bu yerda hali ko‘rsatganim yo‘q. Lekin eskisini 
ko‘rsatdim. Voy­bo‘­o‘, shunaqangi to‘polon bo‘lib 
ketdiki!.. 
– Yo‘g‘­e? 
– Ha. Samad maket tayyor bo‘lishi bilan ke­
chasi Nurmat akaning kabinetiga olib borib 
qo‘ydi. Har kuni ertalab aktiv yig‘iladi­da u yer­
ga. Ertalab Nurmat aka hammadan kech kelib, 
kabinetiga kirsa, odamlar piq­piq kulib turishgan 
emish. Nima gap desa, hech kim indamasmish. 
Keyin kimdir stol ustida turgan maketni ko‘rsa­
tibdi. Nurmat aka hayron bo‘lib tikilib qolibdi, 
– Gulchehra raisning qanday hayron bo‘lganini 
ko‘rsatmoqchi bo‘lib aftini burushtirdi. Abdulla 
o‘zini tutolmay, kulib yubordi. Gulchehra davom 
etdi. – Bu nima? – deb so‘rabdi. Yana hech kim 
indamabdi. Hamma uning odatini biladi­da. Agar 
o‘ziga ma’qul tushmaydigan javobni eshitib qol­
sa, yomon so‘kib beradi. «Bu nima? – so‘rabdi 
u yana. – Nima, hammang mum tishlaganmi­
sanlar, nega javob bermaysanlar?». Shunda Sa­
mad: «Maket», debdi. «Ko‘rib turibman maketli­
gini. Nimaning maketi?» «Mingbuloqning maketi, 
– debdi Samad. Rais boshqatdan maketni qaray 
boshlabdi. «Bu nima?» – debdi bir mahal bir to­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling