Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
161 , – Mana bunday, mana bunday qilib sizni o‘pib olardim. Abdulla Gulchehrani quchoqlab, yuzko‘zlari dan o‘pa boshladi. – Uyatsiz! Qo‘yib yuboring, birov kelib qoladi!.. – Sog‘inmadingizmi? – dedi Abdulla uni qo‘yib yubormay. – Yo‘q! – dedi zarda bilan Gulchehra va sakrab o‘rnidan turdi. – Kuppakunduzi nima qilyapsiz o‘zi? Abdulla kuldi. – Yaxshisi, menga yordam bering. – Nima qilay? – Hu, anavi o‘tlarni ko‘ryapsizmi? – Gulchehra soy labiga kelib tiniq suv tagida tebranib turgan o‘simliklarni ko‘rsatdi. – Shulardan olib chiqib bering. – Bo‘pti. Bir chelak bo‘ladimi? – Avval yulib ko‘ring... Abdulla yechina boshladi. Gulchehra uyalib yuzini chetga burdi. Suv shaloplagandagina o‘gi rildi. – Muncha muzdek?.. – dedi Abdulla entikib va suzib ketdi. Soy chuqur emas, odam bo‘yi kelardi va buloq suvi bo‘lgani uchunmi, tagi aniq ko‘rinib turardi. – Cho‘milmaysizmi? – so‘radi Abdulla Gulcheh raning ro‘parasiga kelib. – Siz bo‘lmaganingizda cho‘milardim... – Endichi? – Birov kelib qolsachi? – Hech kim kelmaydi. Tushing. – Yo‘q. Olmas Umarbekov 162 , – Ixtiyoringiz, lekin suv mazza! Abdulla shunday deb sho‘ng‘idi va Gulcheh ra ko‘rsatgan o‘tlar oldiga suzib bordi. Lekin o‘tni yulaman deganda sirg‘alib ketib, chalqancha yiqildi. Gulchehra kulib yubordi. – Bir chelakmisha? Besholtitasini yulib chiqsangiz ham mayli edi. Abdulla o‘zini o‘nglab, yana o‘tga yopishdi. Qattiq tortgan edi, o‘simlik mayda toshlarga chir mashib ketgan ildizi bilan sug‘irilib chiqdi. – Qattiq ekan, – dedi Gulchehraga uzatayotib. – Shuning uchun sizdan so‘radimda. Menga o‘tni Samad bilan Alisher yulib berishadi. Abdulla yana sho‘ng‘idi. Bu gal o‘simlik oson ko‘chdi. – Bir chelak yulib bersamchi? – dedi g‘urur bilan. – Agar sovuq yemasangiz... – Suv yaxshi. – Abdulla besholti marta o‘t yulib, charchadi. Lekin suvdan chiqqisi kelmadi, to‘g‘rirog‘i, Gulchehraning ham suvga tushishini istardi, Navbatdagi ildizga yopishganda u hiyla ishlatdi. Xuddi havo yetishmay cho‘kkan odam dek o‘simlik ustiga yiqildi. Uning harakatlarini kuzatib turgan Gulchehra avval tushunmay tur di, keyin qo‘rqib ketib, «Abdulla!» – deb qichqirib yubordi. Abdulla javob bermadi. Uch daqiqacha u suv tagida tura olishini bilardi, shuning uchun «ishqilib shu paytda tushsinda», deb o‘ylardi. Gulchehra o‘rnidan turdi, soy labida birikki tipir chilab, u yoq bu yoqqa yurdi, yana «Abdulla!» – deb chaqirdi. Javob eshitilmagach, o‘zini suvga otdi va birpasda Abdullaning oldida paydo bo‘ldi. Odam bolish qiyin 163 , Abdulla qimir etmadi, lekin Gulchehra uning oldiga kelganini sezdi. Nima qilarkin? Gulcheh ra shoshib uning belidan quchoqladida, boshini suvdan chiqarib, qirg‘oqqa sudradi. O‘yinga beri lib ketib Abdulla indamadi. Gulchehra suvdan chiqishi bilan engashib uning ko‘kragiga yuzini qo‘ydi. Shunda Abdulla uni mahkam quchoqlab oldi. O‘zini yo‘qotib qo‘ygan Gulchehra shilq etib uning yoniga ag‘darildi. – Qo‘rqib ketdingizmi? – Juda ham, – dedi bo‘shashganicha Gulchehra. – Kechiring, – Abdulla qizning kichkina qulo qlari aralash yuzlarini siqib, muzdek labidan o‘pa boshladi. Gulchehra indamadi. Aksincha, uni o‘ziga tortib, ikkala qo‘li bilan ko‘kragiga suvi to mib turgan bo‘ynidan quchoqladi. – Sizni yaxshi ko‘raman, Gulchehra!.. Gulchehra javob o‘rniga uni qattiqroq quchoq ladi. Ikkalovi orziqib va qandaydir qo‘rquv bilan kutgan voqea sodir bo‘ldi. Abdulla o‘zida yo‘q shod edi. Tolning panasiga o‘tib ko‘ylagini siqa yotgan Gulchehraga mehr bilan tikilar ekan, o‘zi ni nihoyatda baxtiyor his qilar va ko‘zlarini undan uzolmas edi. Ha, endi Gulchehra tamoman uniki! Endi ular doim birga bo‘lishadi. Endi uning hayo tini shu yoqimtoy, go‘zal, nozik qizning hayotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bundan ham ortiq baxt, bundan ham ortiq shodlik bormi dunyoda! Gulchehra ham shod edi. Lekin u nozik ta biatli odam bo‘lganidan sodir bo‘lgan voqeadan ayni vaqtda uyalardi. U bir kunmas bir kun shunday bo‘lishini bilardi. Lekin o‘sha to‘y deb atalgan muqaddas birlashishdan so‘ng buning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling