Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116
Odam bolish qiyin
149
,
– Hozir kerak emas, – dedi Samad. – Avval 
bitsin maket, keyin. 
– Obbo, qizim­ey, obbo qizim­ey, tuzuksan­ku! 
Yusuf aka sevinchini yashirmay, allamahalga­
cha yoshlarning oldida o‘tirdi. Gulchehra shu vo­
qeani kula­kula Abdullaga aytib bergandi, uning 
ham maketni ko‘rgisi kelib ketdi. Lekin Gulcheh­
ra ko‘nmadi. 
– Hali tayyor emas, – dedi u. – Innaykeyin, in­
naykeyin, sizga ko‘rsatgani uyalaman. 
– Nega? – hayron bo‘ldi Abdulla. 
– Bu mening birinchi mustaqil ishim. Balki 
juda yomondir. Avval domlalarimga ko‘rsatay. 
– Samad ko‘rsa mayli, – dedi xafa bo‘lgan bo‘lib 
Abdulla. 
– Samad ko‘rmasa bo‘ladimi? Bu ikkala­
mizning rejamiz. Xafa bo‘ldingizmi? 
Gulchehra shunday deb, mehr bilan unga 
tikildi. Abdulla jo‘rttaga yuzini o‘girdi. 
– Menga siz yo‘qdan boshqa narsani demay­
siz... 
– Yolg‘onchi! – dedi kulib Gulchehra. – Men 
siz bilan hech kim bilan qilmagan ishlarni qilyap­
man. Eslasam, qo‘rqib ketaman. 
– Nima ish? 
– Bilmaysizmi? 
– Bilmayman, – o‘zini soddalikka soldi Abdulla. 
– Yarim kechada erkak kishi bilan qanday qiz 
yuradi, bilasizmi? 
– Yo‘q. 
– Yomon qiz. Ba’zan o‘zimdan­o‘zim uyalib 
ketaman. Dadam bilib qolsalar, nima bo‘ladi? 


Olmas Umarbekov
150
,
– Bilmaydilar, – dedi Abdulla uni qo‘lidan tor­
tib. – O‘zingiz aytib qo‘ymasangiz agar... 
– Aytsam­chi? – Gulchehra imtihon qilganday 
Abdullaga tikildi. 
– Ixtiyoringiz... 
– Aytmayman. Qanday aytaman? Siz aytasiz
xo‘pmi? Baribir bir kun aytish kerak bo‘ladi­ku! 
Aytasizmi? 
– Hm... – dedi Abdulla uni quchoqlab, – 
Gulchehra... 
– Nima? 
– Meni yaxshi ko‘rishingiz rostmi? 
– O‘zingiz nima deysiz? 
– Bilmayman. Bilganimda so‘ramas edim. 
– Rost, – dedi sirli ohangda Gulchehra. 
– Nega bo‘lmasa, yo‘q deysiz? 
– Hali ham yo‘q deyman... 
– Nega? 
– Hali yosh bolamiz­ku! – Gulchehra shunday 
dedi­da, zulukdek buralib uning quchog‘idan 
chiqdi. – Yomonsiz!.. 
– Gulchehra... 
– Qarang, birov kelyapti! 
Gulchehra qo‘rqqan odamdek jo‘rttaga atrofga 
alanglab, Abdullani imladi­da, keyin turib ketdi. 
Abdulla birpas joyida qimir etmay turdi, aldan­
ganini bilgach, ketidan yugurdi. 
Har uchrashuvda deyarli shunday bo‘lar­
di. Biroq uni bu ranjitmas, ko‘nglini sovutmas, 
qay tanga Gulchehraga kuchliroq bog‘lab qo‘yar­
di. Bundan u xursand edi. Kichkina, ko‘rim­
siz, chang bir qishloqda uni yaxshi ko‘radigan, 
u bilan o‘zining eng muqaddas fikrlari, sirlarini 


Odam bolish qiyin
151
,
o‘rtoqlashadigan, uning ko‘nglini oladigan sodda­
dil, aqlli bir qiz bor. Bu qizning ham orzulari uni­
ki kabi baland, go‘zal. Xuddi Abdulla kabi u ham 
orzulariga yetishish uchun astoydil intilmoqda. 
Bu kun yaqin, u baxtli bo‘ladi. Bu baxtga Abdulla 
ham sherik. Shunday o‘ylar ekan, Abdulla keyingi 
ta’tilning tezroq kelishini, Gulchehra bilan yana 
tezroq ko‘rishishni orzu qilardi. Ko‘rishganda esa 
yana ko‘ngli to‘lmayotganini his qilardi. 
Nihoyat, bir gal u istagan, hayajon va qo‘rquv 
bilan kutgan narsa yuz berdi. O‘shanda u to‘rtin­
chi kursni tamomlab, yozgi ta’tilga qaytgan edi. 
XIV
Tungi poyezd bilan yo‘lga chiqqan Abdulla 
tushga yaqin Mingbuloqqa yetib keldi. Hovlining 
o‘rtasida tog‘oraga suv solib nevarasini cho‘milti­
rayotgan Hojar buvi uni ko‘rishi bilan katta bir 
sovunni shalop etib tog‘oraga tashladi­da, qarshi­
siga yo‘rg‘alab ketdi. 
– Voy, tasaddug‘ing ketay! Voy, qoqindig‘ing 
bo‘lay! Abdullajon bolam!
Abdulla jilmayganicha egilib, ko‘rishgani 
yelkasini tutar ekan, Hojar buvi uni yuz­ko‘zlari­
dan o‘par, og‘zi tinmas edi. 
– Voy, o‘zim o‘rgilay! Voy, bo‘yingga qoqay! 
Odamni xavotirga qo‘yib bu gal muncha hayal­
lading?
Esonmisan, omonmisan? Uydagilaring 
eson­omonmi? Dadang tuzukmi? Voy, o‘zim aylanay! 
– O‘zingiz tinchmisiz? Tog‘am yaxshi yurib­
dilarmi? Kelinoyim qalaylar?
Abdulla gapni cho‘zmaslik uchun o‘zi buvisini 
savolga tuta boshladi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling