Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
137 , Gulchehra entikibentikib o‘zini zo‘rg‘a tutib oldi. – Mana, – dedi u. Uning ovozi bo‘g‘ilib qolgan edi... – Ayamdan ham ajralib qoldim... Yolg‘iz qoldim. – Qo‘ying, xafa bo‘lmang... – Xafa bo‘lmay bo‘ladimi... Meni juda yaxshi ko‘rardilar... Gulchehra yana titrab, ko‘zlarida yosh yiltiray boshladi. – Qo‘ying, Gulchehra... Abdulla uning peshanasini, sochlarini silay boshladi. – Men ham yaxshi ko‘rardim. Yolg‘iz tashlab ketgim kelmasdi. Endi o‘zim yolg‘izman, ukam yolg‘iz, dadam yolg‘iz... Endi men butunlay shu yerda qolib ketdim. Endi uchrasholmaymiz... – Hechqisi yo‘q, – dedi Abdulla, – hechqisi yo‘q. Xat yozishib turamiz, kelib turaman. U shunday dediyu, o‘qish haqida gapirish noo‘rinligini, hozir ketayotganligini aytsa, uni juda xafa qilib qo‘yishi mumkinligini tushundi. – Teztez kelib turaman. Maylimi? U Gulchehraning boshini ko‘tarib, o‘ziga qa ratdi. – Hm... – dedi sekin Gulchehra. – Yig‘lamang endi, xo‘pmi? Gulchehra bosh silkidi. «Shunday qizni yaxshi ko‘rmay bo‘ladimi? – o‘ylardi u ichida. – Hech mahal uni yolg‘iz qoldirmayman. Kelaman, albatta kelaman». XIII Uning o‘qishdan yozgan birinchi xati ham shu mazmunda bo‘ldi. «Hurmatli Gulchehra, Olmas Umarbekov 138 , – deb yozdi u. – Bu xatni olib hayron bo‘larsiz. Bu, albatta tabiiy. So‘nggi uchrashuvimizda siz ga ko‘p narsani aytmoqchi edim. Afsuski, bunga imkoniyat bo‘lmadi. Sizning boshingizga tushgan kulfat siz qatori meni ham qattiq qayg‘uga sol gan va aytmoqchi bo‘lgan gaplarim ichimda qolib ketgan edi. Gaplarim esa o‘shanda juda ko‘p edi. Siz bilan bir qancha masalalar ustida maslahat lashmoqchi edim. Lekin sizni ko‘rib, hech narsa deyolmadim. Tashvishingiz boshingizdan oshib yotuvdi. Endi esa, oradan ikki oy o‘tganda shu xatni yozib, o‘shanda aytmoqchi bo‘lgan gapla rimni qisman bo‘lsa ham sizga yetkazmoqchi man. Esingizdami, Gulchehra, olmazorda meni kuzatayotganingizda, bir yildan so‘ng Toshkent ga borishim mumkin, dedingiz. Men juda sevin dim. Bir yildan so‘ng birga bo‘lishimizdan, birga o‘qishimizdan boshim osmonga yetdi. Ammo uyga qaytganimda g‘alati xabarning ustidan chiqdim. Dadamlarning yaxshi bir tanishlari – matematika fanlari doktori – biznikiga kelib, Lenin gradda yan gi institut tashkil etilganini va agar rozi bo‘lsam o‘sha yerda o‘qishim mumkinligini aytibdi. Men, albatta, rozi bo‘lmadim. Siz Toshkentda bo‘lsan gizu, men u yoqqa ketamanmi? Keyin, o‘zimcha o‘ylab qoldim. Bir yildan so‘ng birga bo‘lsak, qa yerda bo‘lishimizning nima farqi bor? Shu fikr mi yamga kelib, juda xursand bo‘lib ketdim. Shun day bo‘lsa ham siz bilan maslahatlashmoqchi bo‘lib, Ming buloqqa borishga otlanib turganimda tog‘amlardan shum xabar kelib qoldi. Juda xafa bo‘lib ketdim. O‘sha kuniyoq ayam bilan yo‘lga chiqdim. Lekin Mingbuloqda sizni ko‘rib, hech Odam bolish qiyin 139 , narsa aytolmadim. O‘shanda yuragingizga hech narsa sig‘masdi. Gulchehra, jonim, o‘shanda siz ga juda achindim. Rangingizda rang qolmagan, ko‘zlaringiz shishib ketgan edi. Men sizni hech mahal shu ahvolda ko‘rishni istamayman. Sizga yig‘i yarashmaydi, siz doim xursand bo‘lib yuri shingiz kerak. Shunday bo‘ladi ham... Bilmadim, hozir qanday ekansiz? Tinchiganmikinsiz bir oz? Ishqilib, tinchigan bo‘ling. Bilasizmi, o‘lim har bir kishining boshida bor. Buning ustiga ayangizning ahvoli og‘irligini o‘zingiz ham bilardingiz. Qo‘ying, Gulchehra, endi ko‘p qayg‘urmang. O‘zingizga azob berganingiz bilan ayangiz qaytib kelmay dilar. Men shu gaplarni to‘g‘on boshiga kelganin gizda aytib, iloji boricha, sizni tinchitmoq chi edim. Lekin o‘shanda sizdagi qayg‘u menga ham o‘tdi. Og‘iz ocholmay qoldim. Gulchehra, o‘shan da siz: – Mana, endi yolg‘iz qoldim. Endi hech kimim yo‘q, – dedingiz. Yo‘q, unday emas. Siz yolg‘iz emassiz. Men borman. Agar meni jindek bo‘lsa ham yaxshi ko‘rsangiz, gapimga ishoning. Men doim siz bilan birga bo‘laman, sizni hech qa chon yolg‘iz tashlab ketmayman. Mana, bir yarim oydan beri sizdan uzoqda o‘qiyapman. Yadro fizika instituti eng katta institutlardan ekan. Shu yoqqa kelib xato qilmabman. O‘qishlarim yaxshi. Yotoqxonamiz shunday Neva daryosining yoni da. To‘rt kishi turamiz. Lekin, bilasizmi, xayolim nuqul sizda. Qachon bir yil o‘tar ekan, qachon uchrashar ekanmiz? Doim shuni o‘ylayman. Gulchehra, siz albatta o‘z fikringizdan qaytmagan bo‘lsangiz kerak? Men shuni juda istardim. Qa yerda bo‘lishimning sizga ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling