Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116
Odam bolish qiyin
143
,
kam surishtirar, uy bilan deyarli qiziqmasdi. 
«O‘zimga o‘xshaydi, – derdi xatni o‘qib G‘afurjon 
aka. – Xat yozishni men ham yomon ko‘raman». 
Shahodat opa xomushgina jilma yib qo‘ya qolardi. 
Yolg‘iz qolganda esa, «Yosh­da, hali yosh», – deb 
o‘zini ovutar, navbatdagi xatni orziqib kutardi. 
Abdullaning ta’tilga kelishi uning uchun katta 
bir to‘y edi. Xuddi G‘afurjon aka singari u ham 
ikki kun avval yuvinib­tara nib olar, bozorning 
oldi narsalaridan olib, dastur xon yasatardi. Ab­
dulla esa ular bilan apil­tapil ko‘rishib, qishloqqa 
oshiqardi. Bir kuni Shahodat opa chiday olmadi: 
– Abdulla, qishloqda nima bor? Muncha ser­
qatnov bo‘lib qolding? – dedi zarda bilan. 
Abdulla nima deyishini bilmay, jilmaydi. 
– Ilgarilari bormaysan deb urishardingiz. Endi 
ko‘p borasan deb urishasiz­a?! 
– To‘g‘ri­da, bizni juda esdan chiqarib qo‘yding. 
Dadang bechora, o‘g‘lim keladi deb o‘tiradi. Sen 
bo‘lsang kelasan­u ko‘chaga otilasan. Odam de­
gan shunaqa ham bemehr bo‘ladimi? 
– Unaqa demang, oyi, – dedi kulib Abdulla. 
– Institutni bitirib olay, ikkalovinglarni to‘rt qa­
vat ko‘rpachaga o‘tqazib qo‘yaman. Hech qayoqqa 
ketmayman. Rozimisiz shunga? 
– Rozi bo‘lmay nima qilardim? – Shahodat opa 
o‘g‘lining bu gapiga ishonmasa ham, xursand 
bo‘lib ketdi. – Ishqilib, bizning baxtimizga Xudo 
omadingni bersin. 
– Omad ham gapmi! – dedi Abdulla ishonch 
bilan. – Bu institutni bitirgan odam yaxshi pul 
topadi. 
– Pulini o‘ylama. Pul qo‘lning kiri. Ishing yax­
shi bo‘lsa, bo‘ldi. 
– Ishim ham yaxshi bo‘ladi, pul ham ko‘p 
bo‘ladi. Uyni yaxshilab remont qilamiz. Yasata­


Olmas Umarbekov
144
,
miz. Tursunali amakinikida bo‘lmagansiz. Eh­he, 
nima yo‘q ularning uyida!.. Kirsangiz, chiqqingiz 
kelmaydi. Aya, dadang yaxshi ishda ishlagan
deysiz nuqul. Nega endi bizda hech nima yo‘q, 
uyimiz qup­quruq? 
– Kim biladi deysan. Ish bilan bo‘lib shuni 
o‘ylamagan­da. 
– Siz­chi? Siz o‘ylasangiz bo‘lmasmidi? 
– Meni ham ro‘zg‘orga uquvim yo‘q edi. Shu 
bor ro‘zg‘orni ham buving qilib bergan. 
– Bilaman, – dedi Abdulla o‘ylanib. – Men 
bunday qilmayman. Mening uyimda hamma nar­
sa bo‘ladi. Hamma narsa! Keyin, sizga hech ish 
qildirmayman. 
– Aytganing kelsin. Yaxshi o‘qisang, yaxshi 
ishlasang, aytganing bo‘ladi.
Shahodat opa shunday der ekan, uning haqi­
da yomon fikrda bo‘lganini eslab, o‘zidan xafa 
bo‘lib ketdi. Dadasi to‘g‘ri aytadi. Abdulla katta 
yigit bo‘libdi. Es­hushi joyida. Bunday bola bilan 
faxrlansa arziydi. Uyda kam bo‘lsa nima qilibdi? 
Erkak kishi o‘zi shunaqa: bir kun uyda bo‘lsa, 
o‘n kun ko‘chada. G‘afurjon aka o‘zi qanaqa edi? 
Rosa uni xunob qilardi ilgari. Kechalari mijja 
qoq may uning kelishini poylab o‘tirardi. Kasalga 
chalindi­yu, uydan chiqolmay qoldi. Ko‘chadan 
beri kelmasa ham mayli edi tuzalib! Qanday balo 
kasal ekan gipertoniya! Tuzalib, o‘g‘lining roha­
tini ko‘rsa qanday yaxshi bo‘lardi. Shahodat opa 
ayvonda xayol surib o‘tirgan erining yoniga keldi. 
– Ha, o‘ylanib qolibsiz? – dedi uning xomush 
chehrasiga qarab. 
– O‘g‘limni o‘ylayapman. 
– Ha, o‘g‘limga nima qilibdi? 


Odam bolish qiyin
145
,
– O‘g‘lingga hech narsa qilgani yo‘q. O‘g‘ling 
yaxshi... 
– Nega o‘ylab qoldingiz bo‘lmasa? 
– O‘ylab qolganimki, hademay o‘qishi bitadi. 
Uylantirish kerak. Kasal ablahdan qutulsam edi
besh­o‘n tanga yig‘ardim. Yaxshi bir to‘y qilgim 
keladi. Uyning ahvoli bu bo‘lsa... 
– Voy, shunga o‘ylanib o‘tiribsizmi? – Shaho­
dat opa kuldi. – Hozirgina o‘g‘lingiz shuni gapirib 
turgan edi. 
– Ha, nima dedi? 
– O‘g‘limdan aylanay. Boshi oltin chiqdi uning, 
boshi oltin. Ishim yaxshi bo‘ladi, deydi. Ishga 
kirishim bilan birinchi qiladigan ishim – uyni tu­
zataman, yaxshilab remont qilaman, deydi. 
– Yo‘g‘­e? – sevinib dedi G‘afurjon aka. 
– Ha, Tursunalining uyini rosa maqtadi. Shu­
naqa uy qilaman, deydi. Keyin sizni ozgina urishdi. 
– Nima dedi? 
– Aya, dadam yaxshi­yaxshi ishlarda ishla­
ganlar, deysiz. Nega o‘shanda uyga qaramagan­
lar, deydi. 
– Sen nima deding? – qiziqib so‘radi G‘afurjon 
aka. 
– Men nima derdim? Pul topib aql topmagan­
miz­da, dedim. 
Er­xotin kulishdi. 
– Nega endi bunaqa deysan? – dedi keyin jid­
diylashib G‘afurjon aka.
– Qiziqsiz, shunday dermidim? Ish bilan bo‘lib 
ro‘zg‘or esimizga kelmagan, dedim. 
– Bu gaping durust. Lekin, Shahodat, ozgina 
mol­pol qilib qo‘ysak ziyon bo‘lmas edi o‘shanda. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling