Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
167 , lovsk qal’asini, portga kiribchiqib turgan bahay bat kemalarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Bugun ham o‘qishdan qaytib, apiltapil yechin di. Xona issiq bo‘lganidan xalatini kiymay, shun day ichki ko‘ylakda, deraza yoniga keldi. Lekin ochmadi. Pardani surib, tokchaga suyanga nicha tashqariga tikildi. Tashqari esa tuman ichi ga g‘arq bo‘lgan, deyarli hech narsa ko‘rinmas, ba’ziba’zi da yo portga kirib kelayotgan, yo chiqib ketayot gan kemalarning bo‘g‘iq ovozlari eshitilib qolardi. Sayyora tuman tarqalguncha hech narsa ko‘rin masligiga ishonch hosil qilib, pardani tushirdi. Divan yonida turgan kichkina taxta yashikdan alohidaalohida qilib yumshoq qog‘ozga o‘ralgan sapsariq olmadan bittasini olib, qars etib tishla dida, divanga yonboshladi. Shunda stol ustida yarmi ichilmagan qatiq shishasi tagidagi xatga ko‘zi tushdi. Bu xat uydan bo‘lib, dadasi yozgan, kecha kechqurun u kinodan qayt ganida o‘qigan edi. Shunday bo‘lsa ham xatni yana qo‘liga oldi. Tursunali aka bu xatda ham odatdagidek, uyning tinchligi, onasining uni sog‘ingani haqida yozib, bir qancha o‘zining va onasining maslahat larini bayon qilgan edi. Sayyora xatga ko‘z yugur tirar ekan, dadasining «sen juda serxarajat chiqib qolding, yaqinda pul yuborgan edim, yana so‘rab san», degan joyiga kelganda kulib qo‘ydi. Chun ki xuddi shu xat bilan ketmaket onasidan yuz so‘m ham olgan edi. Buni, albatta, Tursunali aka bilmasdi. Agar onasining unga bekitiqcha yubor gan pullarini bilib qolsa bormi, tepa sochi tikka bo‘lishi turgan gap edi. Biroq Tursunali akaning o‘zi ham qiziga pulni ayamasdi, ko‘p yuborardi. Olmas Umarbekov 168 , Balki shuning uchun Sayyora kursdosh qizlar ichida eng yaxshi va eng chiroyli kiyinadigan qiz edi. Lekin shu bilan birga ba’zi qizlarga o‘xshab molparast emas edi. U narsa qidirmasdi, biron narsa kerak bo‘lsa darrov yaqin o‘rtadagi maga zindan topib kelardi. Lekin shu qiyinchiliksiz topib kelgan narsasi o‘ziga yarashar va hamma ning havasini keltirardi. Diplom ishining rahbari, munkillab qolgan professor uni erkalab, «Mening qo‘g‘irchog‘im, agar o‘g‘lim bo‘lganida majbur qilib bo‘lsa ham o‘zim kelin qilardim, – derdi tamsha nib. – Sharq go‘zallari haqida ko‘p o‘qiganman, eshitganman, lekin ularning bunchalik husn egasi bo‘lishini birinchi ko‘rishim». Sayyora bunday gaplarni ko‘p eshitgani uchun, kulib qo‘ya qolardi. Buning ustiga u o‘zi ni chiroyli hisoblamasdi, deyarli pardoz ham qil masdi. Yigitlarning uni ko‘rganda angrayib qo lishlari, sho‘xlarining esa gap otishlariga oddiy bir hol, hamma qizlarga ham shunday qilishadi, deb qarardi, lekin uning ketiga tushganlarni yo mon xafa qilardi. Kursidagi bir yigitning haddan ziyod shilqimligi uchun bir shapaloq tushirganini hamma bilardi. Qizig‘i shundaki, u shu yigit bilan keyin juda apoqchapoq bo‘lib ketdi. Umuman, u odamlar bilan bo‘lishni, ular qizmi, yigitmi, bari bir, bo‘sh vaqtini zavq bilan quvnoq o‘tkazishni yaxshi ko‘rardi. Buni bilib qolgan yigitlar uni doim o‘zlari bilan olib yurishar, uni o‘z singilla ridek ko‘rishardi. Qizlar bilan ham uning aloqasi yaxshi edi. Uning kiyimlari deyarli hammaning kiyimlari edi. Ba’zan nimasi boryo‘qligini bilol may qolardi, hatto o‘zining kiyishiga ham hech narsa qolmagan paytlari bo‘lardi. Odam bolish qiyin 169 , Shuning uchun xatning «onang, endi kichki na emas, sal o‘zini bosib yursin deyapti», deyilgan joyiga ko‘zi tushganda, ensasi qotib, yeb turgan olmasini otib yubordi. Oyoq yalang deraza yoniga kelib pardani tortdi. Tuman orasidan qal’a qubba si bilinarbilinmas mo‘ralay boshlagandi. «Aha! – dedi Sayyora. – Kechqurun demak yaxshi bo‘ladi». U bugun Po‘lat, Abdullalar bilan «Raketa»da Pyotr saroyiga borishmoqchi bo‘lganini esladi. Esladiyu, dadasining xatning orqasiga tirkagan jumlasi xayolidan o‘tdi. Boshqatdan uni o‘qib chiqdi. «Abdulla yaxshi yuribdimi? U bilan aloqa laring qalay? Mendan salom aytib qo‘y, yaqinda maqolasi chiqqan jurnalni yuboraman...» U Abdullaning maqolasidan xabardor edi. Uning ancha dadil va yaxshiligini ham bilardi. Birga o‘qishgan, muhokama qilishgan. Biroq nega otasi ularning aloqalari bilan qiziqib qoldi? Aloqalari har doimdagidek yaxshi. Aksari vaqt ular birga. Qiziq. Sayyora shunday o‘ylab radioni qo‘ydi. Yengil kuy yangray boshladi. Birikki «pa»dan so‘ng, Sayyora yolg‘iz o‘zi raqs tushishni istamadi, kara votga sakrab chiqdida, oyoqlarini quchoqlab hali tanishib chiqmagan «Matematik programmalar» jurnalining so‘nggi sonini varaqlay boshladi. Hech narsa tushunmadi. Xayolidan dadasining savoli va Abdulla ko‘tarilmasdi. Birdan unga nimadir oy dinlashgandek bo‘ldi. «Nahotki... – o‘yladi u, – na hotki ular shuni istasalar? Bo‘lishi mumkin. Dad am uni yaxshi ko‘radilar. Oyimning ham og‘zidan tushmaydi, unga ham yoqadi. Mengachi?» Bu savolga u javob berolmadi. Lekin yangitdan Abdulla haqida o‘ylay boshladi. Ha, Abdulla yax |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling