Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
158 , monga qiyshayib yotgan binoni ko‘rsatib. «Idora». «Buchi?» – Nurmat aka qo‘lini bigiz qilib qamish tomli bir uyni ko‘rsatibdi. «Sizning uyingiz», – debdi Samad. «Hm», – Nurmat aka o‘ylanib qolib di. Keyin mo‘ylovi tortila boshlabdi. Jahli chiqsa shunaqa, mo‘ylovi xuddi sichqonning dumidek likillay boshlaydi. «Buni nima qilmoqchisanlar? – debdi bir mahal ko‘zlari olayib. – Vistavkaga yubormoqchimisanlar?». «Vistavkaga nima qila miz yuborib? – debdi sekin Samad. – Shu yer da turadi. Yo bo‘lmasa klubga qo‘yib qo‘yamiz. Qanday yashayotganimizni odamlar ko‘rishsin». «Shundoq degin? – rais o‘ylanib qolibdi, keyin so‘rabdi: – Kimning ishi bu?» Samad indamab di. Dadamlar janjal chiqishidan qo‘rqib: «Shunga ham xafa bo‘lasizmi, rais? – debdilar. – O‘yin qilib qizim ikkalovi yasashgan. Yo‘qotib tashlaymiz ho zir...» «Qizim, degin? – debdi Nurmat aka va Sa madga qarab. – Bor, o‘sha rassomingni chaqirib kel!» – deb buyuribdi. Uyda o‘tiruvdim, bir mahal hovliqib Samad kelib qoldiku! «Ha, – de sam. – E so‘rama, ish chatoq, rais xunob, seni chaqiryap ti», – dedi. Yo‘lyo‘lakay nima deyishimni o‘ylab bordim. Bir tomondan uning jahli chiqqani yax shi. Demak, qishlog‘imizning yomonligini tushu nibdi. Shuning o‘zi ham katta gap. Lekin nima deyman? Har holda buni, dadam aytganlaridek, o‘yinchoq deyishga qarshi edim. Samad ham hech qanday maslahat bera olmadi. Oxiri to‘g‘ri sini aytishga kelishib, idoraga kirib bordik. Hali so‘rashmasimdan: «Bu sening ishingmi?» – deb so‘radi Nurmat aka mo‘ylovlarini titratib. «Meni ki», – dedim sekin. «Nima qilmoqchisan?» «Nima Odam bolish qiyin 159 , qilmoqchiman?! – so‘radim men va lop etib mi yamga bir fikr kelib qoldi. – Kurs ishi qilib ins- titutga topshiraman», – deb yubordim. «Nima?! – do‘q urdi Nurmat aka. – Hm, Toshkentga olib boraman, degin?» «Ha, – dedim, – olib boraman». Nurmat aka o‘rnidan turib ketdi. Kabinetni bir aylanib chiqib, oldimga keldida, yelkamga qo‘li ni qo‘ydi. «Qizim, nima, bizni sharmanda qilmoq chimisan?» «Nega sharmanda bo‘lasiz? – dedim o‘zimni soddalikka solib. – Qaytanga maket qish loqdan chiroyliku!» «Shuni yana ozgina chiroyli qilsang bo‘lmaydimi?» «Bo‘ladi, – dedim men, – lekin yolg‘on bo‘ladida. Odamlarni aldab nima qilamiz?» «Nega aldar ekansan? – dedi Nurmat aka. – Besholti yildan keyin qishlog‘imiz yax shi bo‘lib ketadi. Yangi, chiroyli binolar quramiz. Shuni o‘ylab boshqatdan yasa, jon qizim...» «Yan gi qishloqning maketini yasasamchi? – so‘radim shunda men. – Yaxshi chiqsa, shunga qarab qu rilishni boshlaymiz». «Bo‘pti, – dedi Nurmat aka sevinib. – Yasa. Buningni bekit. Biz ko‘rdik. Biz dan boshqa hech kim ko‘rmasin. Naq sochimni bittalab yulishadi ko‘rishsa!» Uchto‘rt kundan keyin majlis chaqirib, Mingbuloqni qayta qurish rejalari haqida gapirdi. Shunday ajoyib gapirdi ki, og‘zim ochilib qoldi. Keyin meni «qishlog‘imiz me’mori», dedi. – Zo‘rku! – dedi Abdulla xursand bo‘lib. – Zo‘r ham gapmi? Bunday bo‘ladi deb sira kutmagan edim. – Maket bitib qoldimi? – Qayoqda? – dedi Gulchehra qoshlarini chi mirib. – Endi boshladim. Hali ishi ko‘p. Bila Olmas Umarbekov 160 , sizmi, butun qishloqning yangi loyihasini bitta o‘zim ishlolmayman. Men atigi to‘rtta narsani o‘yla yapman. Katta ko‘cha, klub, xo‘jalik idora si, mehmonxona. Uning oldi katta bog‘. Mana shularning maketini ishlamoqchiman. – Shu ham juda katta ish. – Bilaman. Lekin qilish kerak. Diplom ishim shu bo‘ladi, – Gulchehra o‘ylanib qoldi. Abdulla uning mana shunday ko‘zlarini bir nuqtaga tikib xayol surishini yaxshi ko‘rardi. Xayol surganda lablari tortilib, endi ochilay deb turgan g‘unchaga o‘xshab ketardi. Abdulla uning shu g‘uncha lablariga tikilib, xayolidan o‘tkazdi: «U bilan bo‘lganim qanday yaxshi!» Gulchehra ni madir esiga tushib, unga o‘girildi. – Aytganday, institutimizda «Yoshlik» meh monxonasi loyihasiga tanlov e’lon qilindi. Meh monxona Toshkentda quriladi. Tagi restoran, kafe... Men ham qatnashyapman. Bir hafta qattiq ishladim. Yaxshimi? – Juda ham. Tabriklayman. – Shunday bir bino bo‘lsaki, u xuddi qushga o‘xshasa! Olisdan qaraganda uchishga tayyorla nib, qanotlarini yozib turgandek bo‘lsa! Men shunday qildim. Bilmadim, ma’qul bo‘larmikin? Toshkentda shunday katta me’morlar borki... – Sizniki ma’qul bo‘lib qolsachi? – Qaydam... – Gulchehra yelkalarini qoqib qo‘ydi. – Agar shunday bo‘lsa, bilasizmi, men nima qilardim! – Nima? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling