Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Olmas Umarbekov
182
,
– Nega? – hayron bo‘ldi Abdulla. 
– Qirolichani ayab ko‘proq tortganga o‘xshay­
man. 
– Aylansak, tarqab ketadi. Keyin uyda choy 
ichamiz, – dedi Sayyora.
Po‘lat rozi bo‘ldi. Ular Nevskiy ko‘chasi bo‘ylab 
bitta­bitta yurib ketishdi. Odam siyrakligini e’ti­
borga olmaganda, shaharning tun qo‘ynidaligi­
ni bilib bo‘lmasdi. Tramvay yurardi, mashinalar 
«g‘iz­g‘iz» o‘tib turardi. Hech qayerda tun belgisi 
bo‘lgan fonar ham miltillab ko‘rinmasdi. Hamma 
yoq yop­yorug‘, hamma narsa uyg‘oq. 
Sayyora Po‘lat bilan Abdullaning qo‘llarida 
osilib borar ekan, ko‘zlarini uylarning jimjima­
dor peshtoqlaridan, ko‘ko‘par binolarni yelkala­
rida ko‘tarib turgan pahlavonlardan, baland 
arklardagi xomush nigohlarini yerga qadagan fa­
rishtalardan uzolmasdi. U shularni ko‘rganidan, 
to‘rt yil shular bilan birga yashaganidan mam­
nun edi, lekin yaqinda xayrlashadi, oz qoldi, le­
kin xayrlashadi. U buni istamasdi. U butunlay 
shu shaharda yashashni istardi, shuning uchun 
ko‘nglining qayeridir g‘ash edi. 
– Nimang go‘zal sening, shimol go‘zali? – u 
esiga tushgan bir she’rni o‘qiy boshladi: Nimang 
go‘zal sening, shimol go‘zali? Oydin tunlaring­
mi, baxmal dengizing? Abdulla uni davom ettir­
di: Nimang go‘zal sening, shimol go‘zali? Sening 
bog‘laringmi, yoqut yulduzing? Senda ulg‘aydim 
men, senda angladim Inson degan nomni, hayot 
beshigi... Keyin nima edi? 
Po‘lat «piq», etib kuldi­da, davom ettirdi: 
– Senda Eynshteyn bo‘laman dedim, Senda 
lang ochildi ilm eshigi... 


Odam bolish qiyin
183
,
– Hazil­hazil­u, – dedi Sayyora, – mening kay­
fim buzilib ketdi. Biz endi yosh emasmiz... Hech 
miyamga sig‘mayapti. 
– Mening miyam yorilib ketay deyapti, – dedi 
Po‘lat. – Uyga boraylik?..
– Yuringlar. 
Ular yotoqxonaga kelishdi. Liftni chaqirisha­
yotganda vaxtyor kampir Sayyoradan so‘radi: 
– Boya juda sevinib ketding? 
– Otasi akademik bo‘ldi, – javob berdi Po‘lat. 
– Ilgari kim edi? 
Abdulla kulib yubordi. 
– Ilgari doktor edi. 
– Doktor? – hayron bo‘lib so‘radi kampir. – 
Nima, akademik doktordan yaxshimi? Men bir 
doktorni bilaman, juda yaxshi odam, yurakni 
ope ratsiya qiladi. Innaykeyin... 
Lift ko‘tarildi. Beshinchi qavatga chiqishgan­
da Po‘lat to‘xtadi. 
– Ha, choy ichmaysanmi? – so‘radi Abdulla. 
– Bu odatni ikkalovinglarga havola qilaman. 
Uyqu bosyapti. 
U tushib ketdi. Abdulla bilan yolg‘iz qolib, ne­
gadir bu safar Sayyora o‘zini noqulay sezdi. 
– Mazang yo‘qmi? – so‘radi Abdulla. 
– Yo‘q, yaxshi, – dedi Sayyora. Ovozi ham ne­
gadir bo‘g‘iq chiqdi. 
– Xursandmisan? 
– Nimadan? – tushunmadi Sayyora. 
– Dadangdan. 
– Albatta. Lekin shunday bo‘ladi deb o‘ylama­
gan edim. 
– Men bilardim. To‘g‘rirog‘i, shunday bo‘lishi­
ga ishonardim. Bu juda katta baxt. Kamdan­kam 
odam bunga yetishadi. 


Olmas Umarbekov
184
,
– Sen bundan mustasno. 
– Nega? 
– Seni yaxshi bilaman, – dedi Sayyora uning 
qo‘lidan ushlab. – Sen yetishasan. 
– Kulma. 
– Kulayotganim yo‘q. Sendan kulmayman. 
– Rostdanmi? 
– Nega yolg‘on bo‘lar ekan? 
Abdulla minnatdor qiyofada jilmaydi va unga 
uzoq tikilib qoldi. 
– Men hozir! – dedi Sayyora, plashini divanga 
uloqtirib. – Achchiq bo‘lsinmi? 
– O‘zing bilasan. 
– Demak, achchiq. 
Sayyora chinni choynak bilan choy quti­
ni ko‘tarib, chiqib ketdi. Abdulla deraza yoniga 
bordi. Fortochkani ochdi. Baribir uy sovimadi. 
Kostyumini yechib, stulga ilayotganda ko‘ylagi­
ning ko‘kragidagi tugma shirt etib uzilib ketdi. 
Abdulla tugmani olib, stolga qo‘ydi­da, divanga 
o‘tirdi. Shu payt Sayyora qaytib kirdi. 
– Hozir bo‘ladi, – dedi u va stolning ustini 
yig‘ishtira boshladi. Shunda ko‘zi tugmaga tushib 
qoldi. 
– Bu qayerdan paydo bo‘lib qoldi? – dedi u 
hayron bo‘lib. 
– Kechirasan, meniki, – dedi Abdulla. – Uzilib 
ketdi. 
– Aytmaysanmi? – xafa bo‘ldi Sayyora. – Hozir 
qadab qo‘yaman. 
– Qo‘yaver, o‘zim... 
– Nega men emas?.. 
Sayyora shunday deb, shkafning tortmasini 
titkilay boshladi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling