Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
170 , shi yigit. Buning ustiga u juda o‘zgarib ketdi. Yax shi tomonga o‘zgarib ketdi. Ilgarigidek uyatchan emas, og‘zidan gapi tushib ketmaydi, fikrlari dadil va ishonchli. Ilgari qanday edi? Gapirish ga qo‘rqardi. Umuman, uning har bir harakatida qandaydir yetishmovchilik, hatto qoloqlik bor edi. Endichi? Endi u butunlay boshqa odam. O‘tgan to‘rt yil uni boshqacha qilib yubordi. Ko‘p o‘qiydi, aqlli, tartib bilan kiyinadi. Bolalar hazillashib uni «kelajak Eynshteyni» de yishadi. Lekin bu hazilda qandaydir haqiqat bor. Hech kim uning kurs ishi, juda yengillik bilan tayyor lagan kurs ishi bunchalik muvaffaqiyatli chiqadi, deb o‘ylamagan edi. O‘zi ham bunday bo‘lishini kutmagan edi. Vaholanki, shunday bo‘lib chiqdi. Maqola holida bosilishining o‘zi katta gap. Buning ustiga dekanatda shu ishingizni diplom qiling, deb maslahat berishdi. Bu kamdankam bo‘ladigan vo qea. Innaykeyin, hamma uni hurmat qiladi. Sayyo ra ham. U Abdulla bilan bo‘lishdan uyalmaydi. U bilan bo‘lgan odam hech zerikmaydi. Qiziq gaplarni topib gapiradi, yaxshi raqs tushadi. Umuman, Ab dulla u bilgan yigitlardan ancha ustun. Lekin u hech Abdulla bilan turmush qurish ni xayoliga keltirmagan edi. Birga bo‘lishdi. Hat to hazillashib Abdulla uni quchoqlardi, o‘pgan paytlari ham bo‘lgan. Lekin bularning hammasi shunchaki hazil edi. Sayyora hech mahal u bi lan yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezmagan edi. Abdulla ham balki shundaydir? U odob doirasidan chiqa digan harakatga sira yo‘l qo‘ymasdi. Ular yaxshi o‘rtoq. Bo‘rttiribroq aytganda, yaxshigina do‘st edilar. Abdulla unga katta hurmat bilan qarar va Odam bolish qiyin 171 , doim uni o‘zidan baland qo‘yardi. Buni Sayyora bilardi. Shuning uchun ham u boshqa yigitlar dan ko‘ra uni o‘ziga yaqin tutar, hatto sirlarini unga aytardi. Ular ko‘pincha birga basseynga borishardi, birga cho‘milishardi, Sayyora uning kelishgan, baquvvat qomatiga havas bilan qarar, ba’zan qizishib ketganda, o‘zini uning quchog‘ida tasavvur qilib ko‘rardi. Lekin bu bir daqiqalik xayol bo‘lardi va u darrov buni unutardi. Ba’zan o‘zining nozik, xipcha qomatida Abdul laning ham nazarini sezib qolardi. Lekin bu tabiiy, yigit kishi shunday yonida yaxshigina qizni ko‘ra di, uning nafasini sezadiyu, hayajonga tushmay turaveradimi? Bunday yigitlar yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Ammo bo‘lganda ham, ular kimga yoqardi? Hatto qizlarning uning e’tiborsizligidan jahllari chiqishi ham mumkin. Abdulla hamma yigitlarga o‘xshagan yigit. U qarashi mumkin, xayolidan g‘alati fikrlarni o‘tkazishi mumkin, le kin chegaradan chiqmaydi, ortiqcha harakatga yo‘l qo‘ymaydi. Sayyoraning o‘zi ham buni istamasdi. U hech mahal Abdulla bilan yaqinlik haqida o‘ylamagan edi. To‘g‘ri, bir marta u tushiga kirdi. O‘shanda kun bo‘yi Abdullaga qarolmay yurdi. Lekin bu – tush. Tushda har narsa bo‘lishi mumkin. Hayot dachi? Sayyora shu paytgacha o‘ziga bu savolni bermagan edi. Lekin hozir beixtiyor shu savol ke lib qoldi, lekin unga javob berolmadi. Ikkiuch yil muqaddam javob berishi mumkin edi, hozir esa aniq javob berishga qiynalib qoldi. U endi kichkina emas. Onasi haq. Kapalak dek u guldan bu gulga sakraydigan davri tugadi. Olmas Umarbekov 172 , Endi uning uyi, ro‘zg‘ori, sevimli kishisi bo‘lishi kerak. Lekin shunday odam bormi? Sayyora ko‘p qizlarning ohvoh solib, sevib qoldim, usiz turol mayman, deganlarini eshitgan edi, bilardi ham. Dugonalarining ko‘pchiligi qandaydir yigitlar bilan o‘z turmushlarini bog‘lab qo‘yishgan edi va tezroq o‘qishni tugatib to‘y qilish, birga turish orzusida yurishardi. Ammo uning hech kimi yo‘q edi. To‘g‘ri, u hamma bilan yaqin edi, lekin mana shunday birdan bir yigitga muhabbat qo‘yish yo aksincha, uning muhabbatiga sazovor bo‘lish uning boshiga tushmagan edi. Bu haqda hatto o‘ylamagan edi. Dadasining ilmoqli gapi, onasi ning ogohlantirishi uni bu haqda o‘ylashga maj bur qilib qo‘ygan edi. Chindan ham, nega u bosh qa qizlarga o‘xshamaydi? Ba’zilar birinchi kurs danoq bittasining etagini ushlab olishadi. Nega u shunday qilmadi? Xunuk bo‘lmasa, ahmoq ham bo‘lmasa? Balki muhabbat yosh tanlamasli gi rostdir? Birov erta muhabbat qo‘yadi, birov kech... Sayyora shundaydir? Kimga u muhabbat qo‘yishi mumkin? Bundan tashqari, nahotki mu habbat birovni nishonga olganday, tanlab qo‘yil sa? U ko‘p yigitlarga yoqishini bilardi. Ularchi? Ular unga yoqadimi? Sayyora o‘zi bilgan yigitlarni birmabir ko‘z oldiga keltirib chiqdi. Yo‘q, ular unga yoqmasdi. Hammasi yaxshi yigitlar, lekin hech biri yuragi ni jizillatmaydi. Abdullachi? U boshqa gap. Ta nishbilishlarning ichida eng yaxshisi shu. Lekin Sayyora uni sevadimi? Sevib qolishi mumkinmi? Agar sevmasachi? U sevgisiz hayotni istamaydi, bunday hayotning bo‘lganidan bo‘lmagani yax shi. Balki Abdulla ham uni yaxshi ko‘rar! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling