Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
194 , – Ma’qul ham gapmi? – dedi mo‘ysafid. – Birin chi qilib meni xatga tirkab qo‘y. Uyga egilib kira verish jonimga tegdi. Kulgi ko‘tarildi. – Qani, kimda yana? – Mumkinmi? Savoljavob allamahalgacha davom etdi. Gulchehra kichkina maket shuncha gapso‘zga sabab bo‘lishini kutmagan, hozir dadasi va Sa madlar bilan uyiga qaytar ekan, o‘zida yo‘q shod edi. Yarim yo‘lga kelishganda, Yusuf aka nimadir esiga tushib, orqasiga qaytdi. «Ayangga aytib qo‘y, darrov kelaman», – dediyu Nurmat akani axtarib ketdi. Gulchehra Samad bilan yolg‘iz qoldi. – Xursandmisan endi? – so‘radi Samad. – Juda ham, – dedi Gulchehra. – Bunday bo‘la di deb sira o‘ylamagan edim. – Men ham. Odamlar yaxshi yashashni istab qolishdi. Endi, qornim to‘ysa bo‘ldi, degan gap qolib ketdi. Loydan yasagan qal’amiz esingdami? – so‘radi Samad, uning tirsagini ushlab. – To‘rt darvozali, ikki qavatli qal’a... Lekin uni o‘shanda kimdir buzib yuborgan edi. Endi hech kim buz maydi. Sening uylaring bilan endi odamlarning o‘zi qiziqib qolishdi. – Ha, – dedi xayolchan ohangda Gulchehra. Loy qal’a uning xotiridan sira chiqmaydi. An cha bo‘ldi bunga. Ikkinchimi, uchinchi sinfda o‘qirdi o‘shanda. Darsdan keyin mol boqib yu rib, bolalar ariq labida «hammompish» o‘ynashdi. Gulchehra ham o‘ynadi. Keyin, o‘zi sezmay, loy dan nimadir yasay boshladi. Samad ham unga qo‘shildi. Gulchehra devor ko‘tardi, Samad uning Odam bolish qiyin 195 , nima yasayotganini sezganday qator darcha och di. Keyin devorning to‘rttala burchagiga mino ra qurishdi. Minoralarni qamish bilan birbiriga ulab, tagiga darvoza o‘rnatishdi. – Bu sening uying, – dedi Gulchehra jiddiy ohangda qal’aga tikilib. – Bizning uyda darvoza yo‘q, – dedi Samad. – Katta bo‘lganingda qurib olasan. Bolalar qal’a ustiga yana nima qurishni o‘ylab, uzoq turib qolishdi. Lekin hech narsa topishol madi. Kech kirdi. Bolalar tarqalishdi. Gulcheh ra uyda ham qal’a ustiga nima o‘rnatishni o‘yla di. Nihoyat topdi. Ertalab u xursand bo‘lib, Sa madlarnikiga yugurdi. Ikkalovi shoshapisha to‘g‘on boshiga kelishdi. Ammo kechagi tizza bo‘yi qad ko‘tarib turgan qal’a buzilib yotardi. Kimdir uni tepkilab yer bilan bitta qilgan edi. Hali yaxshi qurimagan loyda etik nag‘allarining izi turardi. Gulchehra yig‘lab yubordi. – Yig‘lama, – dedi Samad tishinitishiga qo‘yib. – O‘zim yangisini yasab beraman. U shunday ham qildi. Avvalgidan katta qal’a qurdi. Lekin baribir Gulchehraning alami ancha gacha bosilmadi. Gulchehra shuni eslab borar ekan, minnatdorlik bilan Samadga qarab qo‘ydi. Haqiqiy do‘st shunday bo‘ladi. Mana, Samad ho zir ham uni quvvatlab kelyapti, undan yordamini ayamayapti. – Bilasanmi, men hali yangi uy qurmoqchi man. Shiyponlik, darvozalik... – O‘, to‘y yaqinmi?.. – so‘radi Gulchehra. – Agar rozi bo‘lsa yaqin, rozi bo‘lmasa... – Kim ekan o‘sha rozi bo‘lmaydigan? Men bila manmi? Olmas Umarbekov 196 , – Ha, – dedi sekingina bosh irg‘atib Samad. – O‘zi nima deydi? Gaplashdingmi? – Yo‘q. Gapiraman deymanu, tilim bormaydi... – Shunchalik uyatchangmisan? Bilmagan ekanman. – Gap uyatchanglikda emas. – Nimada? – Bilasanmi, u shunaqangi yaxshi odamki, o‘zini shu qadar menga yaqin tutadiki, bu haqda og‘iz ochgani qo‘rqaman. Balki xafa qilib qo‘yar man, balki yoqmasman... – Sen yoqmaydigan qiz kim ekan? Mingbuloq danmi? – Ha. Mingbuloqdan. Birga o‘qiganman, birga ishlayapman... Gulchehra qishloqdagi barcha qizlarni birbir ko‘z oldiga keltirib chiqdi, lekin birontasini Sa madga yaqinlashtira olmadi. – Kim ekan? – dedi nihoyat uning o‘ziga muro jaat qilib. – Aytaymi? – Ha. – Sen. Gulchehra qizarib ketdi. U bunday javobni xayoliga ham keltirmagan edi. Bechora Samad! – Xafa qildimmi? – so‘radi Samad xavotirlanib. – Yo‘q, yo‘q, – Gulchehra to‘xtab qoldi. – Lekin men... sen... yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. – Bilaman, senga Abdulla yoqadi. Gulchehra yalt etib unga qaradi. – Qayerdan bilasan? – so‘radi shoshib Gulcheh ra. «Nahotki ko‘rgan bo‘lsa?». U shuni o‘yladiyu, tolzor esiga tushdi va qo‘rqib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling