Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116
Odam bolish qiyin
203
,
U o‘zining Sayyora bilan bo‘ladigan turmushini 
tasavvur qilar ekan, beixtiyor chehrasiga tabas­
sum yugurardi. Uch yil aspirantura, uch yil dok­
torlikka tayyorgarlik, keyin bironta yirik il miy­
tekshirish institutiga rahbarlik... 
Bu hammasi bo‘ladigan gaplar. Albatta, bu 
darajaga uning o‘zi ham mustaqil ravishda erishi­
shi mumkin. Lekin qachon? Necha yilda? Buning 
ustiga hayotda har bir narsa yuz berishi mumkin. 
Uning e’tibordan chetda qolib ketishi ham ehti­
moldan xoli emas. Sayyora bilan bo‘lganda­chi? 
U butunlay boshqa gap. Tursunali aka obro‘li 
odam, u hech mahal qarab turmaydi. Qo‘lidan 
kelganicha unga yordam beradi, yo‘l ko‘rsatadi. 
Har holda begona emas, oddiygina shogird emas, 
kuyov! Yakka­yu yagona qizining umr yo‘ldoshi! 
Umr yo‘ldoshi... 
Qiziq, shunday bo‘larmikin? Nega ham bo‘lma­
sin? Sayyora so‘nggi paytlarda unga juda bosh­
qacha qaraydigan bo‘lib qoldi. Ilgari ham u o‘zi 
e’tiborli edi. Lekin Abdulla ikkalovi o‘rtasida bun­
day yaqinlik yuz berishini kutmagan edi. Albat­
ta, birinchi marta ko‘rganidayoq shu fikr xayoli­
dan o‘tgan. Lekin bu faqatgina xayol, shu vajdan 
ichida qolib ketgan edi. Uni yuzaga chiqarishga 
botinolmay yurardi. Buning ustiga Gulchehra... 
Gulchehra... yaxshi qiz, chiroyli, unga yoqadi. 
Agar Sayyora bilan bunchalik bo‘lib ketmagan­
da, albatta, hech ikkilanmasdi. Hammasi o‘sha 
kelish ganlaridek bo‘lardi. 
Endi­chi? Endi hamma narsa chuvalashib ket­
di. Bu yaxshi emas. Odam degan bir so‘zlik bo‘la­
di. Ko‘rnamaklik qilmaydi. Lekin nega Gulcheh­


Olmas Umarbekov
204
,
ra bunchalik bo‘shlik qildi? Qizlar o‘zi shunaqa 
bo‘larmikan? Juda ham bo‘shlik qildi. Agar rozi 
bo‘lmaganda Abdullaning jahli chiqmasdi. Albat­
ta ozgina xafa bo‘lardi, lekin ozgina, xolos. Ho­
zir buni o‘ylab o‘tirmasdi. Uning o‘ziga ham, Ab­
dullaga ham yaxshi bo‘lardi. Tippa­tinch, xuddi 
bir­birlarini bilmagandek bo‘lib ketishardi. 
Endi­chi? Endi yomon, har holda, shunday 
yaqinlikdan so‘ng, shuncha va’dadan so‘ng al­
dash, xiyonat qilish yaxshi odamning ishi emas. 
Innaykeyin, Gulchehra uni yaxshi ko‘radi. Biroq 
u bilan turmush qursa nima bo‘ladi? Uni nima 
kutadi? Abdulla buni tasavvur qilishga urinib 
ko‘rdi, lekin o‘zining boloxonali uyidan boshqa 
hech narsani ko‘z oldiga keltira olmadi. «O‘zim ah­
moqman, o‘zim! – o‘ylardi u. – Nega shoshildim? 
Shusiz kunim o‘tmasmidi?» 
Lekin u Mingbuloqda o‘tkazgan kunlarini es­
lab, o‘zini oqlardi, bundan boshqa iloji ham yo‘q 
edi. U chindan ham Gulchehrani sevib qolgan, 
usiz yashay olmasligiga qattiq ishongan edi. 
Mingbuloqda, albatta, yaxshi bo‘lgan edi. Tun­
gi sayillar, shirin orzular, Gulchehraning mayin 
qo‘llari, qo‘ng‘iroqdek ovozi, ajoyib gaplari!.. Uni 
sevmasdan bo‘larmidi? U bilan o‘sha yerda bir 
daqiqa birga bo‘lgan, uning olov ko‘zlariga tikilib, 
ovozini eshitgan odam bir umrga o‘zini baxtli hi­
soblasa bo‘lardi. Abdulla shu paytgacha o‘zini 
shunday hisoblab kelardi. Uning nazarida, shu 
paytgacha undan shod, undan baxtli odam yo‘q 
edi. O‘qishlari yaxshi, kelajagi porloq, uni sevadi­
gan odam bor. Tag‘in qanday odam. Tengi yo‘q 
go‘zal, tengi yo‘q muloyim odam! 


Odam bolish qiyin
205
,
U Gulchehraning sevib qolishini juda istagan 
edi. Agar shunday bo‘lmaganda o‘zini juda baxt­
siz, ruhan ezilgan his qilardi. U bolaligidan shun­
ga o‘rgangan edi. Agar uni kimdir urishadigan 
bo‘lsa, yomon ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsa, tinch­
ligi buzilardi, o‘zini alamdan qayoqqa qo‘yishi­
ni, nima qilishini bilmay qolardi. Axir maktabda 
o‘qib yurgan paytlari Husanxon akani shuning 
uchun yomon ko‘rib qolmaganmidi?! Bolalikda 
oyisi... Maktabni tamomlaganda esa Gulchehra. 
Shularsiz u o‘z hayotini tasavvur qilolmasdi. Al­
batta Gulchehra bo‘lmasa, u baribir boshqa bir 
odam topardi. Kim bo‘lmasin, unga mehr qo‘ygan 
bironta odam bo‘lish kerak edi. 
Afsuski, shunday odam Gulchehra bo‘lib chiqdi. 
Endi nima qiladi? Bu mushkul ahvoldan qan day 
qutuladi? U Gulchehraga ham, Sayyoraga ham, 
hech kimga yomon ko‘rinishni istamasdi. O‘zi yo­
mon odam bo‘lganda boshqa gap edi. Yomon emas. 
Har holda, uni hurmat qilishadi, u bilan hisobla­
shishadi, institutning eng oldi talabalaridan biri. 
Hech kimga u yomonlik qilgani yo‘q, yomonlik qi­
lishni o‘ylamaydi ham. Odam o‘z hayotining yaxshi 
bo‘lishini istasa, yaxshi turmush kechirgisi kelsa 
– buning nimasi yomon? Albatta, Gulchehra bilan 
o‘sha voqea yuz bermaganda, ish ko‘ngildagidek 
bo‘lardi. Hech narsani o‘ylamasdi. Gulchehra, ke­
chiring, men adashgan ekanman, biz bir­birimizga 
to‘g‘ri kelmaymiz, men bilan bo‘lsangiz hayotin­
giz buzilishi mumkin, deb xat yozardi. Shu bilan 
tamom. Hozir bunday xat yozib bo‘lmaydi, ular­
ning aloqalari juda chuqurlashib ketdi. 
Tavba, odam ham shunchalik qiyin ahvolga 
tushib qoladimi?! Biroq nimasi qiyin? Bittasini 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling