Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
212 , bilmaydi, shundan boshqa g‘ami yo‘q. Diplomi ham o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Biroq u yengilyel pi ish qilmaydi. Sekin qilsa ham puxta ish qila di. Aftidan, miyasida bir fikr o‘ralashib yuribdi. Hammasini biladi, ayyor. Lekin o‘zini tekshirib ko‘rmoqchi. Balki shunday qilgan yaxshidir? U ham sekin o‘zini tilga olmasdan, maslahat qilib ko‘rsinmi?» – Mana, biz ham tayyor! – dedi hansirab Po‘lat xonaga kirar ekan. – Ozgina zakuska ham oldim. – Po‘lat, – dedi Abdulla bir ryumkadan so‘ng. – Nima? – Agar seni jarning yoqasiga olib kelib, tanla: yo hayot, yo o‘lim? – deyishsa, nimani tanlar eding? – Bema’ni savolingni qo‘y. – Yo‘q, aytgin. – Albatta hayotni tanlar edim. – Yolg‘on gapirding. Men hazil qilayotganim yo‘q. – Nimani tanlar edimmi? – Ha. – Qaysi biri yaxshi bo‘lsa, shuni. – Sening uchun nima yaxshi? – Mening uchun hayot qolib, o‘likdek yasha ganimdan o‘lib hayot bo‘lishim yaxshi. Ha, bu fal safiy masalalar seni nega o‘ylatib qo‘ydi? Abdulla javob bermadi. Po‘latning shunday javob berishini u bilardi. Boshqalar ham shun day. Lekin uchi? U ham shunday javob berarmi di? Albatta. Yo‘q, u Gulchehrani tashlab ketmay di! Hech qachon! Hech qachon! – Quy! – Tinchlikmi? Odam bolish qiyin 213 , Lekin Abdulla javob berishga ulgurmadi. Eshik qattiq ochilib, har galgidek sho‘x kulgi bi lan Sayyora kirib keldi. – Bolla, meni tabriklashinglar mumkin! – Ha? – Diplomimni mashinkaga berdim. – Urra! – dedi qarsak chalib Po‘lat. – Yana «As toriya»ga borar ekanmizda! – Marhamat! – Boramizmi, Abdulla? – Po‘lat o‘rtog‘ini turtdi. Abdullaning borgisi yo‘q edi, lekin unga ilti jo bilan tikilib turgan Sayyoraga ko‘zi tushdiyu, yo‘q deyolmadi. – Mayli, – dedi va shu ondayoq «shundan ajralamanmi? Qanday yaxshi qiz!» – degan fikr xayolidan o‘tdi. – Avval menga bir narsani aytinglar! – dedi Sayyora mamnun bo‘lib. – Nima sababdan ichib o‘tiribsizlar, tag‘in mensiz? – Manavi bo‘lsa sabab topiladi, – dedi Po‘lat shishaga ishora qilib. – O‘zimiz, shunday. Abdul laning ortiqcha puli bor ekan. – Yana gonorarmi? – Yo‘q, qolgani, – dedi Abdulla. – Ozgina ichasanmi? – Aroqdanmi? Puf! Yo‘q, – Sayyora aftini buj maytirdi. – Xo‘p, ketdikmi bo‘lmasa? – so‘radi Po‘lat. – Qornim piyozning po‘sti bo‘lib ketdi. – Shoshma, kiyinib olay, – dedi Sayyora. – Obbo! Yana kutarkanmizda!.. – Yo‘q, tez tushaman. Olmas Umarbekov 214 , Sayyora shoshib chiqib ketdi va anchagacha Abdullaning qulog‘i ostida uning «taqtuq, taq tuq» qilgan yengil oyoq tovushlari jaranglab turdi. – Tavba! – dedi Po‘lat shishaning og‘zini berki tar ekan. – Qirolichamiz bo‘lmaganda nima qilar edik? Men hammamizning yana bir joyda ish lashimizdan xursandman. Senchi, Abu? – Men ham. Biroq shunday bo‘larmikin? – Nega bo‘lmasin? – Atom reaktori yaqinda bitadi. Bittamiz o‘sha yoqqa ketib qolishimiz mumkin. – Faqat men emas. Sayyora ham bormaydi. Nahotki sen? – Bilmadim. Agar yuborishsa, nima deyishim mumkin? – Aspirantura nima bo‘ladi? Niyating shu ediku! – Niyat boshqa, hayot boshqa. Nahotki shuni bilmasang! – Qiziq... – Po‘lat yelkalarini qisib qo‘ydi. Abdullaning darrov o‘zgarib qolgani uni qiziqtirsa ham, hozir bu haqda o‘ylagisi va su rishtirgisi kelmasdi. U tezroq «Astoriya»ga borish ni istardi va ko‘zini eshikdan uzmasdi. Nihoyat Sayyoraning yo‘lakda oyoq tovushlari eshitila boshladi. – Tushyapti. Yur. Abdulla o‘rnidan turdi. «Shunday bo‘lgani yaxshi, – o‘ylardi u. – Reaktorda ishlayman, bu lardan chetda». Ular «Astoriya»da ancha o‘tirishdi. Keyin shahar aylanishdi. Oydin kecha, go‘zal shahar, Sayyora va Po‘latning hazilhuzul gaplari uning ko‘nglini ko‘tarib yubordi. Lekin yotoqxonaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling