Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Odam bolish qiyin
215
,
qay tib, xonasiga kirganda yana miyasini ming xil 
fikr qoplab oldi. 
Shu tariqa kunlar o‘ta boshladi. Abdulla 
Sayyora bilan bo‘lganda, Po‘lat bilan uchrash­
ganda hamma narsani deyarli unutar, yolg‘iz qol­
ganda esa nima qilishini bilmasdi. U o‘zini to‘qay­
zor ichida adashib qolgan ovchidek his qilardi
bu to‘qayning na boshi bor, na oxiri, qayoqqa yu­
rishni bilmaysan kishi. Shuning uchun otasi ning 
savoliga javob yozmadi. Gulchehraga esa, o‘zini 
majbur qilib, yarim qog‘ozgina xat yozdi­da, yu­
tuqlar bilan tabriklagan bo‘ldi. Xatida Toshkent­
ga uning nihoyat keladigan bo‘lganidan xursand­
ligini ham bildirdi. 
Bir kuni u kechqurun yotoqqa qaytganida (u 
endi ko‘p vaqtini kutubxonada o‘tkazardi) vaxt­
yor kampir unga xat uzatdi. Xat Gulchehradan 
edi. Yana sog‘inganini yozgan bo‘lsa kerak, yo bi­
ron ishi yana yaxshi chiqqandir, deb o‘ylab, Ab­
dulla shoshmasdan xonasiga ko‘tarildi. Yechinib, 
kara 
votga yonboshladi­da, xatni ochdi. Ammo 
uni o‘qib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Xatda 
shunday deyilgan edi: 
«Salom, Abdulla! Yana yozyapman. Lekin bu 
gal xatim sizni quvontirmaydi, chunki juda kat­
ta qo‘rquv va qayg‘u bilan yozyapman. Boshimga 
katta tashvish tushdi. Bu tashvishni hech kim­
ga aytolmayman. Sizga aytishga ham uyalaman. 
Shuning uchun ham bir oydan beri sizga xat 
yozganim yo‘q edi. Endi yozmasdan ilojim yo‘q. 
Sizdan boshqa mening endi kimim bor? Abdulla, 
so‘nggi uchrashuvimizdan keyin bir oy o‘tgach, 
menda o‘zgarish yuz berdi. Tushunyapsizmi? 


Olmas Umarbekov
216
,
Boshqacha yozolmayman. Avval, hechqisi yo‘q, bir 
kun avval, bir kun keyin, deb o‘zimni tinchitdim. 
Ikkinchi oyda ham shunday bo‘ldi. Mana hozir 
uchinchi oy ketyapti. Taxminim to‘g‘ri chiqqan­
ga o‘xshaydi. Nima qilishimni bilmayman. Agar 
uchinchi oy ham shunday bo‘lsa, bunga esa bir 
hafta qoldi, unda hech qanday shubha qolmaydi. 
Tushundingizmi, Abdulla? Biz katta gunoh qilib 
qo‘yganga o‘xshaymiz. Qishloqda endi boshimni 
qanday ko‘tarib yuraman? Siz yonimda bo‘lganin­
gizda ham, boshqa gap edi, bunchalik qiynal­
mas edim. Biror yo‘lini qidirib topardik. Vrachga 
muro jaat qilgim kelmayapti. Uyalaman. Keyin, 
bu yerda, Qo‘qonda dadamni bilishadi. Boshim 
qotdi. Hech narsa dilimga sig‘may qoldi. Nima 
qila miz endi? Javobingizni kutib Gulchehra». 
Bu xat Abdullani esankiratib qo‘ydi. Nahotki, 
Gulchehra homilador bo‘lsa? Yo‘q, bunday bo‘lishi 
mumkin emas. U yig‘lamoqdan beri bo‘lib, xatni 
yana o‘qib chiqdi. Yo tavba! Endi shu yetishmay 
turgan edi o‘zi. Nima bo‘ladi endi? Nima qiladi? 
Abdulla xonaning u boshidan­bu boshiga yurar 
ekan, ko‘z oldidan bu dahshatning manzaralari 
birma­bir o‘ta boshladi. Mana onasi... U bu xabar­
ni eshitib, ko‘zlari g‘azabga to‘ldi. Boshini salmoq­
lab tebratar ekan: «O‘g‘lim, sizdan buni kutmagan 
edim. Yuzimizni yerga qaratdingiz», – dedi. 
Mana, otasi. Uning rangi so‘lg‘in, qarib, qovoq­
lari osilib ketdi. U hech narsa demadi, u demay­
di. U kechirishi mumkin. Mana, buvisi... Yo‘q, 
bu kampir kechirmaydi. Uning qahri qattiq. U 
kechirmaydi. Obid aka­chi? U ham mayli. Un­
dan bir­ikki gap eshitadi. Lekin Tursunali aka?.. 


Odam bolish qiyin
217
,
Mana bu dahshat. U Abdullani har narsa qilishi 
mumkin. Uning bir og‘iz gapi, tamom, Abdullani 
yer bilan yakson qiladi. Sayyora­chi? Mana, u bu 
shum xabarni eshitdi. Abdulla endi u bilan bo‘li­
shi mutlaqo mumkin emas. Keldi, xonaga kirdi. 
Ko‘zlarida yosh... Yo‘q, u yig‘lamaydi. U keladi­da, 
uning basharasiga tupurib, bir shapaloq tortadi. 
Shunday qilishi aniq. 
Keyin nima bo‘ladi? Yo‘q, yo‘q! Bunday bo‘lishi 
mumkin emas. Balki Gulchehra vahima qilayot­
gandir? Hech gap yo‘qdir? Koshki endi shunday 
bo‘lsa! Balki shunday bo‘lar? Hech mahal uning 
boshidan bunday voqea o‘tgan emas, bilmas­
dan taxmin qilayotgandir? Boshqa biron kasalga 
chalingandir? Ayollarda nima ko‘p, kasal ko‘p. 
Shunday bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, 
tamom, sharmandalik!.. 
Keyin... keyin u qanday qilib bolalik xotinni 
uyiga olib kiradi? Yo‘q, yo‘q, Gulchehra vahima 
qilyapti. U o‘zi shunaqa, tez xursand bo‘ladi, 
tez xafa bo‘ladi. Adashgan, boshqa biror kasal­
ga yo‘liqqan­u, shunday deb gumon qilyapti. In­
naykeyin, o‘zi ham aniq yozmagan, gumon qil­
yapman, degan...
Abdulla shunday o‘ylab, bir oz tinchidi, lekin 
bu tinchlik vaqtinchalik tinchlik edi. 
XVIII 
Gulchehra toshoynadan ko‘z uzmay o‘tirardi. 
Ayasiga «Hozir kiyinib chiqaman», deb o‘z xonasi­
ga kirib ketganicha qaytib chiqmadi. Burchak­
dagi bo‘yi shiftga tegib turgan oynaga tikildi­yu, 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling