Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Olmas Umarbekov
218
,
joyida turib qoldi. Nazarida rangi so‘ngan, ko‘z 
ostilari bilinar­bilinmas qoraygan edi. Buning 
nimadanligini u bilardi, uyqusizlik, yig‘i, turli xil 
ko‘ngilni g‘ash qiluvchi o‘ylar... 
Ammo lablari nega muncha qalinlashib ketdi? 
Bu nimadan? Nahotki homiladorlik belgisi bo‘lsa? 
Gulchehra shuni o‘yladi­yu, cho‘chib ketdi. Agar 
shunday bo‘lsa, ayasi ham sezgandir? U beixtiyor 
qornini ushladi. Ammo hech narsa payqamadi. 
Ko‘ylagini sidirib orqasiga tortdi­da, oynaga qa­
radi. To‘lishgan ko‘kraklari ham, kichkina qorni 
ham avvalgidek o‘zgarishsiz edi. Bundan ko‘ngli 
bir oz taskin topgan bo‘lsa ham, g‘ashligi tarqa­
madi. Bo‘shashib kursiga o‘tirdi­da, yana oyna­
ga tikildi. Biroq oynada u so‘lg‘in yuzlarini ham, 
quyuq, chimirilgan qoshlarini ham, hech narsani 
ko‘rmasdi. Xayoli bir narsa bilan band edi. Nima 
qilish kerak? Nima qilsa, bu falokatdan qutuladi? 
O‘z ahvoli faqat o‘zi uchun emas, otasi uchun 
ham, butun qishloq uchun ham katta falokat 
bo‘lib borayotganiga u allaqachon ishongan edi. 
Undan qutulish endi faqat o‘ziga bog‘liq, o‘zining 
qo‘lida. Abdulladan darak yo‘q. Yigirma kundan 
oshdi xat yozganiga, javob kelmadi. Nima bo‘ldiy­
kin? Yo yo‘qmikin? Yo‘q bo‘lsa xati qaytib kelardi. 
Yigirma kun ichida yigirma marta pochtaga bordi, 
oxiri uyalib, Alisherni yuboradigan bo‘ldi. Daragi 
yo‘q. Endi ortiq kutib bo‘lmaydi. Buni Gulchehra 
yaxshi bilardi. Ammo nima qilish kerakligini, kim­
ga murojaat qilishi kerakligini tasavvur qilolmasdi. 
– Opa! 
Gulchehra cho‘chib tushdi. 
Derazadan Alisherning boshi ko‘rindi. 


Odam bolish qiyin
219
,
– Choyingiz sovub qoldi! 
– Hozir, – Gulchehra o‘rnidan turdi. – Dadam­
lar shu yerdamilar? 
– Kettila. 
– Hozir chiqaman, – Gulchehra yengil tortib 
xo‘rsindi. 
Alisher ketgach, nima kiyishini bilmay, shifo ner 
oldida turib qoldi. Ilgarilar yaxshi ko‘radigan tor 
ko‘ylaklaridan kiyishga uyalib, Zumrad opa tikib 
bergan, lekin hali hech kiymagan xonatlas ko‘yla­
gini tanladi. Apil­tapil kiyib, oynaga qaradi. Ko‘ylak 
unga juda yarashgan edi. Oynada o‘z aksini ko‘rdi­
yu, quvonib ketdi. Nazarida ko‘zla ridan so‘lg‘inlik 
yo‘qolgan, rangi ham toza, hech qanday ko‘kar­
gan, qoraygan joyi yo‘q edi. «Vahima qilibmanmi?» 
– o‘yladi u, keyin tilini chiqa rib aksini mazax qilgan 
bo‘ldi­da, shoshib hovliga tushdi. 
– Muncha hayallading? – so‘radi ayvonda o‘tir­
gan Zumrad opa. 
– Nima kiyishimni bilmadim, keyin shuni kiy­
dim, – dedi ko‘ylagiga ishora qilib ayvonga ko‘tari­
lar ekan. 
– Buyursin, yarashibdi. – Zumrad opa havas 
bilan unga tikildi. – To‘lishibsan­da, bir oz keng­
roq edi, endi yaxshi. 
Gulchehra labini tishladi. «Nahotki bilsa?!» 
– yashin tezligida xayolidan o‘tdi. Hozirgina 
chehrasini yoritib turgan vaqtinchalik shod­
lik zumda yo‘qoldi. Bo‘shashibgina ayasining 
ro‘parasiga o‘tirdi. 
– Qaydam, – dedi ko‘ylak etaklarini tizzasi 
ustiga tortar ekan. 


Olmas Umarbekov
220
,
Qiz bolaning husni ham tilida, ham dilida, 
deyishadi, – dedi Zumrad opa unga choy uzata 
turib. – Men, etida ham deyman. Quruq suyakka 
kiyim yarasharmidi?! 
Gulchehra yengil tortdi. O‘zicha minnatdorlik 
bilan yer ostidan ayasiga qaradi. 
– Siz ham tuzuksiz, aya. 
– Mening tuzukligim qayoqqa borardi, ayan­
giz... ayangizni juda ko‘hlik ayol edi, deyishadi. 
Gulchehra nima deyishini bilmay qodi. U sira 
bu haqda o‘ylamagan, dadasi yangi uylangani­
da ham dilida noroziligiga qaramay, ayasi bilan 
Zumrad opani taqqoslashtirmagan edi. Zotan, 
unga buni keragi ham yo‘q edi. Zumrad opa­
ning yaxshi ayolligi uni xursand qilgan, uni o‘z 
ayasidek yaxshi ko‘rib qolgan edi. Nahotki, mar­
humaga rashk qilayotgan bo‘lsa? Yo dadasi biron 
narsa dedimikin? Qarindoshlar xafa qildimikin? 
Har holda, keyingisi to‘g‘riroq bo‘lsa kerak, rashk­
dan nima foyda? Gulchehra shunday o‘ylab, uni 
yupatmoq chi bo‘ldi. 
– Ayamlar chiroyli edilar. Lekin o‘zlari buni 
bilmasdilar. Men ham bilmasdim. Men uchun 
ular aya edilar. Siz ham shunday. Men uchun 
ham, Alisher uchun ham ayasiz. 
– Rahmat. 
– Birov bir narsa dedimi, aya? 
– Yo‘q, – Zumrad opa yangi choy quyib uzatdi. 
– Ol. Yo‘q, hech kim hech narsa demadi. 
– Bo‘lmasa, qo‘ying, xafa bo‘lmang. 
– Xafa bo‘lmayman. Endi butun umrim sizlar 
bilan. Ishqilib, omon bo‘linglar. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling