Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Olmas Umarbekov
200
,
ukasini yuborishni istamasa ham, otasi rozilik 
bergani uchun, indamadi. Bir hafta bilinmay o‘tib 
ketdi. Qaytib kelishganda u ukasini tanimadi. 
Oyog‘ida yangi tufli, egnida yoqasiga uqa tutilgan 
ko‘ylak, jun matodan shim... Eng muhimi, ran­
gi qip­qizil mag‘izdek. Alisher uni ko‘rishi bilan 
«opa!» deb quchog‘iga otildi. 
– Maza bo‘ldi, opa! Rosa o‘ynadim. Ayamlar 
keyin shaharga olib tushdilar. Kiyimlarimni qa­
rang. 
– Muborak bo‘lsin. Muncha yaxshi! Kim olib 
berdi? 
– Ayamlar, – dedi g‘urur bilan Alisher. 
– Yaxshimi? – so‘radi ularga jilmayib qarab 
turgan Zumrad opa. 
– Judayam yaxshi, aya! – deb yubordi to‘lqin­
lanib Gulchehra va uni mahkam quchoqladi. 
Zumrad opa yig‘lab yubordi. U Gulchehrani 
bag‘riga bosib sevinar, lekin ko‘zidan shashqator 
oqayotgan yoshlarini to‘xtata olmasdi. Shu­shu 
ularning orasidan qil o‘tmaydigan bo‘lib ketdi. 
...Zumrad opa issiq oshni uning oldiga qo‘yar 
ekan, so‘radi: 
– Dadang qanilar? 
– Hozir kelib qoladilar. Nimadir eslariga tushib, 
Nurmat akani qidirib ketdilar. 
– Yaxshi bo‘ldi de­a? 
– Juda ham. Nurmat aka, o‘zing bosh bo‘lib 
qurdirasan, deyaptilar. Lekin hali bunga ancha 
bor. Hali institutda nima deyishadi, bilmayman. 
– Aytganday, – dedi o‘rnidan turib Zumrad 
opa. – Senga telegramma keldi. 
– Qani? – shoshib so‘radi Gulchehra Abdul­
ladan deb o‘ylab. 


Odam bolish qiyin
201
,
– Mana, olib qo‘yibman. 
Zumrad opa derazaga qistirilgan qog‘ozni olib, 
unga uzatdi. Gulchehra apil­tapil qo‘llarini artib, 
telegrammani o‘qiy boshladi. O‘qib bo‘lib, avval 
hayron bo‘ldi. Keyin yangitdan o‘qib chiqdi va bir­
dan xaxolab kulib yubordi.
– Ha, nima ekan? – so‘radi Zumrad opa. 
Gulchehra o‘zini kulgidan to‘xtata olmay, 
javob o‘rniga telegrammani uzatdi. Unda shun­
day yozilgan edi: «Hurmatli o‘rtoq Saidova! «Yosh­
lik» kompleks binosining hay’at a’zolari sizning 
loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Hay’at sizga shu 
loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq 
topdi... Tanlov shartiga muvofiq, kelgusi yilda 
boshlanadigan qurilishda siz ishtirok etishingiz 
kerak. Sizni qiziqtirgan barcha masalalar bilan 
quyidagi manzilga murojaat qiling: Shahar loyiha 
instituti». 
Gulchehra quvonchining cheki yo‘q edi. U endi 
me’mor! Uning loyihasini qabul qilishdi! Mukofot 
berishdi. 
– Nega gapirmaysan? Menga ham ayt! – dedi 
Zumrad opa. Gulchehra uni quchoqlab cho‘lpil­
latib yuzidan o‘par ekan, telegrammaning maz­
munini aytib berdi. 
– Nima, endi ketib qolasanmi? 
– Hozir emas. Chaqirishganda. Innaykeyin, 
tez qaytaman. Yarim yilcha­da, aya! Bu juda kat­
ta gap! Ishonmaysizmi? 
– Ishonaman. Nega ishonmas ekanman. May­
li, omon bo‘l ishqilib.
Gulchehra telegrammani yuziga surtib o‘pa 
boshladi. Orzusiga endi yetdi u! Juda tez yetdi! 


Olmas Umarbekov
202
,
Samad eshitsa­chi, o‘zi xursand bo‘ladi. Dada­
si­chi? U ham. Hamma xursand bo‘ladi. Darhol 
Abdullaga yozishi kerak. Qanday sevinib ketar 
ekan eshitib?! U shunday xayol bilan ovqati ham 
chala qolib, o‘z xonasiga yugurib kirib ketdi. 
«Abdulla, – deb boshladi u xatni. – Ikki kun 
bo‘lgani yo‘q sizga xat yozganimga. Lekin yana 
yozgim keldi. Bugun shodligimning chegarasi 
yo‘q. Mingbuloq maketi qabul qilindi! Shundan 
boshim osmonga yetib, uyga kelganimda yana bir 
quvonchli xabarning ustidan chiqdim. «Yoshlik» 
kompleks mehmonxonasi uchun yuborgan loyi­
ham birinchi mukofot olibdi. Hozir qo‘limda shu 
telegramma­ku, sevinchimni ichimga sig‘dirol­
may sizga yozayapman. Xursandmisiz? Siz yax­
shi ko‘rgan qiz aqlli chiqib qoldi. Lekin uning yu­
tuqlardan boshi aylanmaydi. U sizga o‘xshashga, 
hamma narsaga jiddiy, sokin qarashga harakat 
qiladi va sizni sog‘inib kutadi. Siz kelganda 
men Toshkentda bo‘larman. Chunki qurilishda 
mening ishtirok qilishim shart ekan. Jyuri shun­
day yozibdi. Shu bilan xatim tamom. Dadam 
kel yaptilar!.. Xatingizni intizorlik bilan kutuvchi 
Sizni sog‘ingan Gulchehra». 
Ertasiga ertalaboq u xatni jo‘natdi. 
XVII 
Abdulla ikki o‘t orasiga tushib qolgan edi. Le­
kin shunday bo‘lganidan xafa emas edi. Sayyo­
ra oddiy qiz emas. U bilan o‘z hayotini bog‘lagan 
odam ko‘p narsaga yetishishi mumkin. Abdulla 
esa shunday bog‘lanishning bo‘sag‘asida turibdi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling