Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116
Olmas Umarbekov
188
,
yaqinlashdi. Uch xil baland­past binoning maketi­
ga bir qarab qo‘yib, zalga murojaat qildi. 
– O‘rtoqlar, bugun majlisimizda bitta masala 
ko‘riladi. U ham bo‘lsa qishlog‘imizning kelajagi. 
Mingbuloq yigirma­o‘ttiz yil oldin qanday bo‘lsa, 
hozir ham deyarli shunday turibdi. Mana o‘zingiz 
o‘tirgan xo‘jalik idorasi. Urushdan avval ham shu 
bino idora edi. Hozir ham. Tashqaridan qaragan 
odamning ko‘ngli ozadi. Qishloqdagi boshqa uylar, 
qing‘ir­qiyshiq ko‘chalar­chi? Endi shunday loy 
tomli, pastak uylarda yashash uyat. Agar pulimiz 
bo‘lmaganda boshqa gap edi. Men yana qay tarib 
aytaman, pulimiz hozir yangi qishloq qurili shini 
boshlashga yetadi. Mana, ko‘z oldinglarda yangi 
Mingbuloqning taxminiy maketi, – Samad maketni 
qiyshaytirib zaldagilarga ko‘rsatib chiqdi. – Bu ma­
ketni o‘zimizning yosh me’mor, Yusuf akamizning 
qizlari Gulchehra yasagan. Qurilishni ham uning 
o‘zi boshqaradi. Rahbariyat shunga qaror qildi. 
Zalda qarsak ko‘tarildi. 
– Umringdan baraka top! – degan ovozlar 
eshitildi. 
– Hozir, – gapni davom ettirdi Samad, – so‘zni 
Gulchehraga bersak. Yangi Mingbuloqning qan­
day bo‘lishini yaxshilab tushuntirib bersa, keyin 
muhokamaga qo‘ysak? Qarshilik yo‘qmi? 
– Yo‘q. 
– Eshitaylik! 
– Bo‘lmasa so‘z Gulchehra Saidovaga! 
Nurmat aka bilan otasining o‘rtasida o‘tirgan 
Gulchehra uyalib o‘rnidan turdi va «gapiraveray­
mi?» degandek, raisga qaradi. 
– Bemalol. Ko‘nglingdagi borini gapir, – dedi 
Nurmat aka. Gulchehra maket yoniga keldi. U 


Odam bolish qiyin
189
,
uyda majlisga tayyorlanar ekan, gapni nimadan 
boshlashni va nima bilan tugatishini ham o‘ylab 
qo‘ygan edi. Lekin hozir unga ko‘zlarini tikib tur­
gan odamlarga qarab o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Hatto 
ichida: «Xudo, o‘zing sharmanda qilmagin­da», deb 
yubordi. Nimadan boshlash kerak? Kunduzi Sa­
mad bilan uchrashganda hammasini kelishib ol­
gan, nima deyishini aniq bilardi. Hozir esa hamma 
gap xayolidan ko‘tarilib ketdi. Zal to‘lqinlana bosh­
ladi. Kimdir yo‘talib ham qo‘ydi. Gulchehra gapini 
o‘ylab, birma­bir zaldagilarga qarab chiqar ekan, 
deraza tokchasida o‘tirgan Alisherga ko‘zi tushib 
qoldi. Alisher uning qiynalib turganini ko‘rib, 
«gapiravering, nimadan cho‘chiysiz?» degandek 
ko‘zini qisib qo‘ydi. Gulchehraga bu dalda bo‘ldi. 
Ukasidan ko‘z uzmay, sekin gapini boshladi. 
– Bu maket mening diplom ishim bo‘ladi. 
O‘rtoqlarim katta­katta binolarning, butun ra­
yonlarning maketlarini chizishyapti. Men o‘z qish­
log‘imni tanladim. Ko‘pdan beri Mingbuloqning 
yangi qiyofasini ko‘rishni, chang, tor ko‘chalar, 
yerto‘lalarni eslatuvchi uylar o‘rnida keng ko‘cha­
lar, chiroyli imoratlarni orzu qilardim. Shu orzum­
ni mana shu maketga tushirdim. Bu maket, al­
batta, mukammal emas, xato, kamchiliklari ko‘p, 
buning ustiga mening birinchi mustaqil ishim... 
Gulchehra to‘xtab qoldi. U hayajonlana bosh­
laganidan gapini yo‘qotib qo‘ygan edi. 
– Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda, – dedi bir 
chol birinchi qatordan. 
– Kamchiligi bo‘lsa, qo‘rqma. Hasharga cha­
qirsang, tuzatamiz! – qichqirdi orqada kimdir. 
– Kamchiliksiz ish bor ekanmi! Gapiraver! – 
uni quvvatladi yana kimdir. 


Olmas Umarbekov
190
,
Gulchehra ukasiga qaradi. Alisher ikki ko‘zini 
unga tikib, jilmayib turardi. 
– Qani bo‘la qol, qizim! – dedi Nurmat aka unga 
dalda berib. 
– Yangi Mingbuloq qanday bo‘lishi kerak? – 
davom etdi o‘zini tutib olib Gulchehra. – Mana bu 
maketda uning bir qismi ko‘rsatilgan. Mana bu to‘rt 
qavatli bino xo‘jalikniki. Biz Nurmat aka bilan kel­
ishib, uni madaniyat saroyi deb atadik. Hozir hech 
qanday qishloqni shunday madaniyat saroyisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi, yoshlar ko‘p. Kechqurun 
ular doim dam oladigan, bilimlarini oshiradigan, 
kino, konsert, teatr ko‘radigan bir joy bo‘lishi ker­
ak. Maketdagi bino ana shunaqa joy bo‘ladi. 
– Qachon? – qichqirdi kimdir. 
– Uch­to‘rt yil ichida, – javob berdi Gulchehra. 
– Madaniyat saroyi orqasiga kanal tushadi. Keyin­
chalik borib bu yer qishloq markaziga aylanadi. 
Uning oldidan katta ko‘cha o‘tadi. Bu ko‘cha bir 
tomondan Qo‘qon, ikkinchi tomondan Oltiariq 
bilan tutashib ketadi. Madaniyat saroyining o‘ng 
tomonida, mana ko‘ryapsizlar, xo‘jalikning yangi 
idorasi. Bu ikki qavatli bino qurilishi ham shu yil­
lar ichida ishga tushadi. Chap tomondagi tepasi 
ayvonlik manavi bino «Mingbuloq» mehmonxona­
si. Shunday qilib, qishloq markazida mana shu 
uchta katta bino bo‘lib, ularning o‘rtasi favvorali 
bog‘ bo‘ladi. Bu bog‘ kanalgacha cho‘zilib keladi. 
– Menda savol bor? – dedi zalning o‘rtasidan 
bir mo‘ysafid turib. 
– To‘xtang, ota! Gapini tamomlasin! 
– Gapini keyin gapiraveradi. Hozir so‘rama­
sam, esimdan chiqib qoladi.
– Mayli, so‘rang, – dedi Gulchehra, – nima 
deysiz, ota? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling