Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
Odam bolish qiyin
179
,
– Achinma. Bizning ishimiz shundayki... – 
dedi Po‘lat, – har yili kelib turamiz... 
– Lekin ish bilan kelamiz... 
Sayyoraning bu gapi yigitlarni o‘ylatib qo‘ydi. 
Ish... chindan ham yaqinda ish boshlanadi. 
Sakkiz oy qoldi. Sakkiz oylik yoshlik, sakkiz oylik 
sho‘xlik. Keyin bu davr hech qaytib kelmaydi. 
– Qiziq, – dedi Po‘lat. – Talabalik yaxshimikin, 
yo ish? 
– Menga qolsa, umrbod talaba bo‘lardim, – 
dedi Sayyora. 
– Unda sendan nima foyda? 
– Bitta yomon matematik kamayardi. Durust­
roq ishlashimga ko‘zim yetmayapti. Sen bilan 
Abu boshqa gap. 
– Abuni gapirma, – dedi Po‘lat. – U ishlash 
uchun yaratilgan odam. Rostini aytsam, mening 
ham uch­to‘rt yil o‘qigim bor. Afsuski, bu mum­
kin emas. 
– Hammamiz ham yaxshi ishlaymiz, – dedi 
arg‘imchoq tebratish bilan ovora bo‘lib turgan 
Abdulla. – Biz hali ishlaganimiz yo‘q. Shuning 
uchun talabalik yaxshi ko‘rinyapti. Ishga tush­
ganda, ish yaxshi ko‘rinadi. 
– Lekin, Sayyora, seni hech reaktor yonida 
tasavvur qilolmayapman. Sen ko‘proq vrachga 
o‘xshaysan. 
– Medinstitutga kiraymi? 
Abdulla kulib yubordi. 
– Yo‘q. Biz birga ishlaymiz. Shunday ishlay­
mizki... 
– Klass bo‘ladi, klass! – dedi Po‘lat. – Tag‘in 
qanday klass!.. 


Olmas Umarbekov
180
,
Shaharga qaytishganda Abdullaning taklifi 
bilan «Astoriya»ga kirishdi. Bu qadimiy restoran 
va uning qimmatbaho menyusi anchadan beri 
uning dimog‘ini qitiqlab yurardi. Podsho Nikolay 
II ni eslatuvchi shveysar chol ularga chest berib
epchillik bilan Sayyoraning qo‘lidan plashni oldi.
– Qirol qirolichani kutib olyapti! – hazil qildi 
Po‘lat.
Ular ikkinchi qavatga ko‘tarilishdi. Derazalari 
og‘ir duxoba darpardalar bilan to‘silgan restoran­
da tantanavor jimjitlik hukmron edi. Onda­sonda 
qo‘shni zaldan qadahlarning yengil jarangi eshiti­
lib qolardi. Yoshlar prospektga qaragan deraza 
tagiga o‘tirishdi. 
– Ha... – dedi Po‘lat xo‘rsinib. – O‘zimizning 
oshxona bundan tuzuk edi. 
Sayyora piq etib kulib yubordi. 
– Bir kun baribir kirasan shunaqa restoranga, 
– dedi Abdulla. – O‘rganish kerak. 
Kapalak nusxa bo‘yinbog‘ taqqan ofitsiant taom­
noma uzatdi. Sayyora uni varaqlab, har xil narsal­
arni buyurar ekan, Po‘lat uning tirsagidan tortib:
– O‘zingni bos, o‘zingni bos, – derdi. 
Ular juda yaxshi o‘tirishdi. Ikki ryumkadan so‘ng 
Po‘latga bu hashamatli restoran xuddi talabalar 
oshxonasidek oddiygina bo‘lib ko‘rina boshladi.
– Qiziq, – derdi ikki gapning birida u. – Nega 
ilgari hech kirmaganmiz bu yerga? Juda tinch 
ekan­ku! 
– Qani, ko‘tardik, – dedi Abdulla yangitdan 
ryumkalarni to‘ldirib. 
– Nima uchun? – so‘radi qizarib ketgan Sayyora. 
– Hammamizning akademik bo‘lishimiz uchun! 


Odam bolish qiyin
181
,
Abdulla bu gapni chindan aytdimi, yo hazil 
qildimi, bilib bo‘lmasdi, lekin juda kulgili chiqdi. 
Ular turishganda, shishada hali anchagina kon­
yak bor edi. 
– Nima qilamiz? – so‘radi Po‘lat va alanglab 
atrofga qaradi. 
Restoran deyarli bo‘sh edi. Faqat bur chak­
burchaklarda, chet elliklar bo‘lsa kerak, yarim 
ovozda gaplashib o‘tirishardi. 
– Bitta ham badavlat talaba ko‘rinmaydi. Oh! – 
dedi Po‘lat barmog‘ini bigiz qilib, peshanasiga qa­
dar ekan. – Topdim. Qirolicha! Agar shu, sizning 
muborak qo‘lingiz tekkan sharobni qirol oliy haz­
ratlariga hadya qilsak, nima deysiz? 
– Olarmikan? Turishi juda vahima­ku! – dedi 
Sayyora. 
– Yo‘lini topamiz. 
Pastga tushishganda Po‘lat shishani shveysar 
cholga uzatdi. 
– Bobay, agar biz qaytmasak, bizning 
sog‘lig‘imizga ichishingiz mumkin.
Shveysar e’tiborsizlik bilan shishani olib, bir 
chayqatdi. Ko‘ngli to‘ldi shekilli, prilavka usti­
ga qo‘yib, poshnalarini zarb bilan taqillatdi­da, 
chest berdi. 
– Tashakkur, – dedi Po‘lat. 
Soat o‘n ikkidan oshgan, lekin tun kirganga 
o‘xshamasdi. Shaharning sutdek oppoq kecha­
si o‘z hayotini boshlab, bor go‘zalligini ko‘z­ko‘z 
qilib turardi. 
– Birpas aylanamiz­a? – dedi Sayyora yana 
sheriklarini qo‘ltiqlab. 
– Faqat mensiz, – dedi Po‘lat. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling