Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
176 , laylar? Salomatliklari durustmi? Bir ziyorat qilib kelsam, qanday bo‘lar ekan? Vaqtlari bo‘larmikin qabul qilgani? Abdulla «yo‘q» deganday boshini qimirlatadi. – Bilaman, bilaman, – deydi shoshib Husan xon aka. – Endi u kishining ishlari ko‘p. Meh monizlom deganday... Ishqilib, omon bo‘lsinlar. Aytib qo‘ysangiz, o‘zlarini urintirmasalar... Ha... Agar shunday bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi. Aka demik!.. Hayotning, orzuning cho‘qqisi bu. – Nyuton yangi formula ixtiro qilyapti! – dedi Po‘lat. Sayyora kulib yubordi. – Nima? – anglamay so‘radi Abdulla. – Xayol surib ketganingga hazil qilyapti, – dedi Sayyora. – A... Chindan ham xayol surib ketibman, – dedi Abdulla biron narsa deyish uchun. – Nimani, Abu? – so‘radi Sayyora. – Konyakmi, konyakku bor... Zakuskasichi? – Bir narsa topilar, – dedi Po‘lat. – Yo‘q, akademiklikni «bir narsa» bilan yuvib bo‘lmaydi. – Nima taklif qilmoqchisan? – Nima deysanmi? – Abdulla qoshlarini chi mirdi. Uning chehrasi ochilib ketgan edi. Axir shunga intilyaptiku, albatta shunday bo‘ladi, hammaning unga havasi keladi. – Baliq! Polyak cha pishirilgan osetra. Limon bilan. – Vuy! Zo‘r! – deb yubordi Sayyora. – Zo‘r ham gapmi? – dedi Abdulla o‘z xayoliga berilib. – Qiyomat! – Qani, chopdik! – Sayyora ularni sudrab ket di. – Kassasi yopilib qolmasin tag‘in. Odam bolish qiyin 177 , Uchalovi yo‘lovchilarni hayron qoldirib, yugu rib ketishdi. Oradan yarim soat o‘taro‘tmas ular «Raketa» da o‘tirishardi. Sayyora o‘rtada. Po‘lat bilan Ab dulla uni qo‘ltiqlab olishgan edi. Saroyda baliq topilmadi. Bor edi, lekin ular istagan baliq emas. Bog‘ni aylanib shaharga qaytganda ovqatlanish ga qaror qilishdi. Sayyora yigitlarni markaziy fav vora tomon boshlab ketdi. Unga bu yer, ayniqsa Samson atrofida jodu ko‘zlarini ko‘kka tikib xa- yolga cho‘mgan suv parilari juda yoqardi. Qachon saroyga kelmasin, albatta shu ulug‘vor haykallar suv otib turgan favvorani tomosha qilmasdan ketmasdi. Haykallar uning nazarida dahshatli to‘lqin bilan olishayotgan pahlavonlarga o‘xshar di. Samson esa har doim unga ilohiy qudratga ega bo‘lgan devqomat Geraklni eslatardi. Unga qarashi bilan negadir eti jimirlab ketar, lekin baribir unga qaragisi kelaverar, uning oldidan ketgisi kelmasdi. Hozir ham uning ro‘parasiga kelib beixtiy or tikilib qoldi. Samsonning oltin suvi yugur tirilgan qomatida favvoradan otilib tushayotgan tomchilar billur yulduzlardek yaltirardi. Sayyora ularning har biriga qaragisi, qo‘liga olib tomosha qilgisi kelardi. Lekin har doim shuni xayol qil ganda, Samson qaddini rostlab uning qarshisiga yurayotganday bo‘lardi. – Yaxshia? – dedi Abdulla Sayyoraning tir sagidan ushlab. – Ha, juda ham. Faqat men undan qo‘rqaman. – Nega? – Xuddi menga yurib kelayotgandek tuyuladi. Olmas Umarbekov 178 , – Bu suvdan. Agar suvga ko‘zing tushmasa, shunday yurolmaydi. – Menga u butunlay yoqmaydi, – gapga ara lashdi Po‘lat. – Nazarimda, ancha qo‘pol ishlan gan. Boshqa figuralar yaxshi. Faqat Samson shunday ko‘rinadi. Uning qarashida ham qan daydir soxtalik bor. – Balki shundaydir, lekin qo‘pol emas. Katta, xolos! Shuning uchun qo‘pol tuyuladi. Sal na ridan qara. Umuman, haykallarni yonida turib ko‘rib bo‘lmaydi. «U haq», – o‘yladi ichida Sayyora Abdullaning gaplarini eshitarkan. «Ilgari bunday demasdi, deyolmasdi». U beixtiyor orqasiga tisarilib, Ab dulla aytganidek qildi. Garchand uzoqdan ko‘rsa yaxshi tuyulishini bilsa ham, hozir shunday qil gisi kelib ketdi. – To‘g‘rimi? – so‘radi Abdulla. Sayyora boshini qimirlatdi. – Bo‘pti, sen bilan tortishib bo‘ladimi? – dedi Po‘lat. – Voy, menga qaranglar, biz o‘zi nega bu yerda turibmiz? Teztez aylanib qaytaylik. – Shoshilma, – dedi Abdulla, – balki bu yerga so‘nggi marta kelishimizdir, keyin qachon kela miz, kim biladi... Sayyora, huv anavi arg‘imchoq esingdami? Yur, uchamiz! Abdulla Sayyoraning javobini kutmay, uni surgab ketdi. – Menchi? – Yuryur! – Sen to‘g‘ri aytding, Abu! – dedi Sayyora arg‘amchida o‘tirib atrofga tikilar ekan. – Balki so‘nggi marta kelishimizdir. Menga bu yer juda yoqib qolgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling