Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
Odam bolish qiyin
173
,
Bu xayollardan miyasi g‘ovlab ketgan Sayyora 
o‘rnidan turdi. Radioni o‘chirmoqchi bo‘lganida, 
ko‘zi priyomnik ustidagi budilnikka tushib qol­
di. «O, lya­lya!» – deb yubordi u boshini qashib. 
«Yetti bo‘libdi­ku. Rosa xunob bo‘lishayotgandir!» 
U shoshib kiyina boshladi. Biroq engi kalta kofta 
kiyib, endi shimining zanjirini tortay deganda, 
aynadi. Yechinib, yangitdan kiyindi. Endi egniga 
yaxshi ko‘radigan to‘q zangori ko‘ylak, oyog‘iga 
baland poshnali oq tuflisini kiydi. Oynaga bir 
qarab, o‘zidan va kiyimidan ko‘ngli to‘ldi. Kalta 
qirqilgan sochini orqasiga bir silkitib tekisladi­da, 
plashini qo‘ltiqlab pastga tushdi. Eshik tagida 
vaxtyor uni to‘xtatdi. 
– Senga telegramma keldi. 
– Qani? 
– Sayyora kampirning qo‘lidan telegrammani 
olib, shoshib ochdi. «Izbrali akademikom, tvoy 
papa», deyilgan edi unda. Sayyora chapak chalib 
yubordi. 
– Tyotya Dusya! Milaya! Ura!!! 
U shunday deb kampirning burushgan yuzi­
dan cho‘lp etib o‘pdi­da, eshikka yugurdi. Kam­
pir hech narsaga tushunmay hayron bo‘lib uning 
orqasidan qarab qoldi. 
Abdulla bilan Po‘lat ko‘chaning narigi betida 
xunob bo‘lib turishardi. Sayyora ularni ko‘rishi 
bilan mashinalarga ham parvo qilmay, chopib 
ko‘chani kesib o‘tdi. 
– Qirolicha odatdagidek ushlanib qoldilar? – 
dedi kinoya bilan Po‘lat. Abdulla jilmaydi. 
– Bolla, kechiringlar! – dedi yalingan bo‘lib 
Sayyora. – Ikki marta kiyinib kechga qoldim. 


Olmas Umarbekov
174
,
– O‘h­ho‘! – dedi shunda uning juda chiroyli 
kiyinganini payqab Po‘lat. – Qirolichamiz bugun 
kechirsa arziydigan kiyinibdilar. 
– Yaxshimi? 
– Juda ham! – dedi Abdulla. 
– Bunaqasi bo‘lmaydi, – qo‘shib qo‘ydi Po‘lat. 
– Qani endi shu kiyimga yarasha karmon ham 
bo‘lsa! 
– Karmon katta, – dedi Sayyora. – Kecha oyim­
lar yuz so‘m yubordilar. 
– Yuz so‘m?! – vahmi uchib so‘radi Po‘lat. 
– Ha. Hozir borib olamiz. Boramizmi? 
– Borish ham gapmi? Uchamiz! 
Ular yo‘lga tushishdi. Sayyora o‘rtaga o‘tib ik­
kalovini qo‘ltiqlab oldi. 
– Bugun sizlarga konyak ham quyishim mum­
kin... 
– Nahotki? – so‘radi Abdulla. 
– Bu himmatning boisi nedir? – dedi Po‘lat. 
– Mana, – Sayyora to‘xtab plashining cho‘n­
tagidan telegrammani olib ularga uzatdi. 
– Qiyomat­ku, Sayyora! – dedi Po‘lat. 
– Tabriklayman! – Abdulla hayajon bilan 
Sayyoraga qo‘lini uzatdi. – Bu juda katta voqea. 
– Shunga bitta konyak qo‘ymoqchimisan? 
– dedi Po‘lat telegrammani qayta o‘qir ekan. – 
Qizg‘onchiqligingni endi bilishim. Hammamizga 
bittadan qo‘yasan. 
Sayyora kuldi. 
– Men hech ishonmasdim. 
– Dadang bo‘lgani uchun shunday, – dedi 
Po‘lat, – Tursunali aka katta olim. To‘g‘rimi, Abu! 
Ular hazillashib Abdullani shunday atashardi. 


Odam bolish qiyin
175
,
– To‘g‘ri, – dedi Abdulla hamon hayajonini bo­
solmay. – Akademik... Zo‘r­a? Jaranglashini qara! 
Akademik... 
– Abu! – dedi Sayyora unga o‘girilib. – Sen ham 
bo‘lasan. Men buni bilaman. 
– Men ham, – dedi Po‘lat. – Bahs boylashim 
mumkin, o‘n yildan keyin Abu akademik bo‘ladi. 
Ey akademik, eshityapsanmi? O‘n yildan keyin. 
– Hazilingni qo‘y, – dedi Abdulla, lekin ular­
ning shunday deyishganiga ichida quvondi. Nega 
ham bo‘lmasin? Axir shunga intilyapti­ku! Lekin 
qiyomat, Tursunali aka akademik! Bundan ham 
katta baxt bo‘lishi mumkinmi? Nima qilayotgan 
ekan hozir? Institutdamikin? Uydamikin? Qayer­
da bo‘lmasin, hamma uning oldiga kelyapti, tab­
riklayapti... U bo‘lsa sekingina jilmayib: «Rahmat, 
rahmat» deyayotgandir... 
Abdulla bir daqiqa o‘zini uning o‘rnida qiyos 
qildi. Mana, kresloda o‘tiribdi. Kreslo katta, qi­
zil duxoba qoplangan, o‘tirsang, cho‘kib ketasan, 
yumshoq... Xuddi Sayyoralarnikidek... Birin­ke­
tin odamlar kelishyapti. Hammaning yuzida ta­
bassum, lekin olayib qarayotganlar ham yo‘q 
emas. Abdulla hamma bilan iliq so‘rashadi, olay­
ganlar bilan ham. Chunki ular endi nima ham 
qila olardi. U umrbod akademik! Ana, Husanxon 
aka kelyapti. Ikki qo‘li ko‘ksida, yuzida kulgi. U 
oyoq uchida yurib uning oldiga kelib egiladi. 
– Abdullajon, tabriklayman, chin ko‘ngildan 
tabriklayman. – Uning ovozi xuddi In’om bilan 
gaplashgandagidek mayin, titroq. – Bir vaqtlar 
ozgina bo‘lsa ham sizni o‘qitganim bilan faxrla­
naman. Ergash akam... E, e, G‘afurjon akam qa­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling