Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116
Odam bolish qiyin
191
,
– Aytayotganlaringning hammasi yaxshi, bo­
lam. Shu imoratlarning hammasi kerak. Lekin 
sen menga boshqa narsani ayt. Bizning uylar 
nima bo‘ladi? Kecha nevaram gap topib keldi. 
«Nima deysiz, buva, Mingbuloq buzilarmish, ko‘p 
qavatli uyda turarmishmiz!» «To‘xta, – dedim, – 
bu nima degan gap? Tuppa­tuzuk uyimiz bo‘lsin­
da, hamma bir­birining ustiga mingashib yasha­
sin? Bu bo‘lmagan gap. Qaysi bir yili Toshkentga 
tushganimda, meni bir joyga janazaga olib bo­
rishdi. Uyga odam sig‘madi, janazani ko‘chada 
o‘qidik. Bu ham mayli. Tovutni arqon bilan dera­
zadan tushirilganini aytmaysanmi? Men Ming­
buloqda ham shunday bo‘lishini istamayman. 
O‘zbekka bir parcha yer kerak. O‘zbekka bitta 
bo‘lsa ham daraxt ko‘karib turgan joy kerak. Ho­
jatxonaga chiqsa ham hovliga chiqsin­da, o‘zbek. 
Nima dedinglar? 
– To‘g‘ri, ota, to‘g‘ri! 
– Bor ekansiz­ku, Qobiljon aka! – degan ovoz­
lar yangradi. 
Qobiljon aka, – dedi Samad, – shuncha ga­
pingiz bor ekan, keyinroq gapirsangiz bo‘lar edi. 
– E, bolam, esimdan chiqib qoladi, deyap­
man­ku! Xo‘sh, qizim, qani ayt­chi, nevaram 
haqmi? Rostdan shunaqa uy qurasanmi? 
– Hozir, hozir, ota, – dedi uning gaplarini kulib 
turib eshitgan Gulchehra. – Men ham siz qanday 
o‘ylasangiz, shunday o‘ylayman. Hozir javob be­
raman. Shunday qilib, shu uchta bino tushadi­
gan joy qishloq markazi bo‘ladi. Uning atrofida 
to‘rt tomonga to‘rtta ko‘cha tushadi. Ko‘chalar­
ning atroflariga turar-joy binolari quriladi. Mana 


Olmas Umarbekov
192
,
bu yerda shu turar­joy binolarining ikkita ma­
keti bor. Bu, albatta, taxminiy maket. Ko‘ryap­
sizlarmi, ko‘chaga qaragan to‘rt oynali uy, uning 
orqasi hovli. Hovlining jamoa yeriga joylashgan 
joyi qator hujra... Mingbuloqda ko‘p qavatli tu­
rar­joy binolari qurib bo‘lmaydi. Hozircha mana 
shu uylar kifoya. Qobiljon ota, mana qarang, bu 
uylar shunday bo‘ladi: oldi ayvon, uch xona, bir 
dahliz. Yo bo‘lmasa, to‘rt xona, bir dahliz. Ko‘cha­
ga esa, xohlang eshik, xohlang darvoza quring. 
– Qobiljon akaga darvoza kerak. Tobut eshik­
dan chiqmasa, nima qiladi?
Zalda kulgi ko‘tarildi. 
– Shunday qilib, – gapini yakunladi Gulchehra, – 
maketda asosan qishloqning markazi ko‘rsatilgan. 
Shuning o‘zi ham ancha yilga cho‘ziladigan ish. 
Gulchehra joyiga borib o‘tirdi. Nurmat aka, 
ma’qul, degandek unga qarab boshini qimirlatib 
qo‘ydi. 
– Yasha, – dedi Yusuf aka. – Gapga ham tuzuk 
ekansan­ku! 
Gulchehra jilmaydi. 
– Xo‘sh, qani, kimda savol bor? – Samad stol­
ga qalam urib zalga murojaat qildi. 
– Menda bor! – dedi ikkinchi qatordan gavdali 
bir ayol ko‘tarilib. – Yangi qishloqda yasli bo‘la­
dimi? Nega bu haqda indamaysizlar? Yo bolani 
orqamizga tutib ishlayveramizmi? 
– Bo‘ladi! – dedi Nurmat aka joyida turib. – 
Birinchi navbatda oltmish kishilik yasli quramiz. 
Bu rejaga kirmagan. Chunki yaslining qurilishi 
shu yiliyoq boshlanadi. 
– Ko‘nglingiz to‘ldimi, Karomat opa? 


Odam bolish qiyin
193
,
– Manavi boshqa gap. 
– Yana qanday savol bor? 
– Menda! – Alisherning yonida turgan bir bola 
qo‘lini ko‘tardi. 
– Nima deysan? 
– Madaniyat saroyi bitganda, har kuni kino 
bo‘ladimi, yo hozirgidek uch­to‘rt oyda birmi? 
– Kuniga ikki mahal. Yaxshimi? 
Bola iljaydi. 
– Yana kimda savol bor? 
– Men bir narsaga tushunmayapman, – birin­
chi qatorda o‘tirgan mo‘ysafid o‘rnidan turdi. – 
Unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi, deyapsizlar! Yax­
shi. Bo‘lsin. Idorani ham, tomosha binoni ham 
jamoa xo‘jaligi quradi. Bunga aqlim yetib turibdi. 
Lekin turar joylarni kim quradi? Kimning puliga 
quradi? Shuni tushuntir. 
Samad Nurmat akaga «gapirasizmi?» degan­
day qarab qo‘ydi. Nurmat aka maket yoniga keldi. 
– Gapingiz to‘g‘ri, Muqim aka. Jamoa xo‘jaligi 
hammaga tekin imorat qurib berolmaydi. Lekin biz 
maslahatlashib shunday bir fikrga keldik. O‘ttiz-
qirq kishidan iborat qurilish brigadasi tuzsak. Shu 
brigada faqat uy qurish bilan shug‘ullansa. 
– Pulni kim beradi, pulni? 
– Hozir, – Nurmat aka qo‘lini ko‘tardi. – Pulni 
kuchi yetganning o‘zi beradi. Kuchi yetmaganga 
xo‘jalik. Uch­to‘rt yilda qarz uzilib ketadi. Daro­
madidan bosib qolinadi. Mana sizning o‘zingizni 
olaylik. O‘zingiz ishlaysiz, o‘g‘lingiz, keliningiz. 
Ikki kishining daromadi xo‘jalikka sarf bo‘lsa, 
bittangizniki yangi uyga ketadi. Sizniki ketadigan 
bo‘lsa, bir yildayoq uzilasiz. Qalay, ma’qulmi? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling