Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
152 , – Otdayman, bolam, otdayman. Tog‘ang ham, kelinoying ham tuzuk, ishlab yurishibdi. Meni bu jiyaning qiynab yubordi. Tursun, hoy Tursun! Tog‘ang bilan ko‘rishmaysanmi, tentak! – Assalomu alaykum! Tog‘orada cho‘kkalab o‘tirgan Tursun shilt etib qo‘llarini nam ko‘kragiga urdi. Hojar buvi bi lan Abdulla kulib yuborishdi. – Katta bo‘lib qolibdiku, a, buvi? – Kichkina bo‘ladimi, to‘rt yoshga to‘ldiyu! Le kin senga o‘xshagan mo‘minqobil chiqmadi bu! Uzzukun ko‘chada tentiragani tentiragan. Hozir ham endi tutib olib keluvdim. Aftangoriga qarab bo‘lmaydi. Abdulla tog‘avachchasining oldiga kelib cho‘kkaladida, yuziga suv sepdi. – Shunaqa sho‘xmisana? – Aldayaptila, – dedi bola ovozini pasaytirib. – Hecham to‘polon qilmayman. Buvi! Shundoq o‘ti raveramanmi? – Tusha qol. Bo‘ldi endi. Toza bo‘lib qayoqqa borarding? – javradi ayvonga joy qilayotgan Hojar buvi. – Ishtonim qani? Abdulla so‘riga ilig‘liq chang ishtonni qoqib ji yaniga uzatdi. – Kelaqol, Abdulla! Bolam, – qichqirdi Hojar buvi. Abdulla jiyanini yetaklab ayvonga ko‘tarildi. Fotihadan so‘ng, Hojar buvi ovqatga unnay bosh ladi. Abdulla qarshilik qilsa ham, ko‘nmadi. – Darrov bo‘ladi, bolam. Yo‘lda ochiqqansan. Odam bolish qiyin 153 , – Bo‘lmasa bir aylanib kelaman Tursun bilan. – Hayallab ketma. Tog‘ajiyan ko‘chaga chiqishdi. Tursun uzoq da, ko‘chani boshlariga ko‘tarib koptok tepayot gan bolalarni ko‘rib, tog‘asini o‘sha yoqqa surga di. Abdulla bir oz koptok tepib, terlab ketdi. – Bo‘ldi, ketdik, – dedi jiyaniga. Lekin u quloq solmadi. Abdulla yolg‘iz o‘zi uyga qaytdi. Eshik tagiga kelganda, to‘xtadi. «Balki uy dadir?» – o‘yladi u va Gulchehralarning darvoza si tomon yo‘l oldi. Darvoza lang ochiq edi. Abdulla ichkariga qaradi. Hovli jimjit, hech kim ko‘rinmas di. U kirishini ham, kirmasini ham bilmay, eshik oldida turib qoldi. Endi qaytaman deganda ikki bog‘ ho‘l beda ortib eshak mingan Alisher kelib qol di. Abdulla u bilan so‘rashib, Gulchehrani so‘radi. – Soyga ketganlar, – dedi Alisher. – Maketlari ga qandaydir o‘t kerak ekan. Shuni yulgani ket ganlar. – Ancha bo‘ldimi? – Ha, ertalab. Chaqirib kelaymi? – Yo‘q, rahmat. Soy uzoqmi? – Ancha bor. Hov anavi tolzorni ko‘ryapsizmi? O‘shaning orqasida. Kerak bo‘lsalar chaqirib ke laman. – Rahmat. O‘zi kelib qolar. Ko‘rsang, Abdulla akam keldilar deb qo‘ygin. – Xo‘p. – Abdulla aka, – so‘radi Alisher eshakning boshini unga qayirib. – O‘qiyotgan shahringiz yaxshimi? – Juda ham. Olmas Umarbekov 154 , – Men ham katta bo‘lsam, o‘sha yerga borib o‘qiyman. Dadam shunday deyaptilar. Ayamlar ham rozilar. – Ayamlar? – Abdulla hayron bo‘ldi. – O‘zimning ayamlar emas, – dedi Alisher, bi rov eshitib qoladigandek, atrofga alanglab. – Yan gi ayamlar... Abdulla beixtiyor Alisherga tikilib qoldi. U o‘gay onalar bo‘lishini eshitgan va ko‘pincha ularning o‘gay bolalarga nisbatan yomon muno sabatda bo‘lishlarini bilardi. Shuning uchun achinib Ali sherning kiyimlariga razm solib chiqdi. Lekin hech qanday yomon bir narsani Alisherda payqa madi. Kiyimlari yaxshi, rangboshi tuzuk. – Bedani nima qilasan? – so‘radi u go‘yo shu bedada o‘gay onaning yomon munosabati bordek. – Quyonlarimga. O‘nta quyonim bor. Ko‘ra sizmi? Kattakatta. – Mayli, keyin... – dedi Abdulla ko‘ngli yori shib. – Opangga shunaqa deb qo‘y, xo‘pmi? – Xo‘p bo‘ladi. Abdulla orqasiga qaytdi. Ko‘prikka yetganda soyga borishga qaror qildi. Uning Alisher bilan gaplashgandan so‘ng, Gulchehrani juda ham ko‘rgisi kelib ketgan edi. Ancha yurdi. Yo‘l ta’sir qildimi, yo kunning issig‘imi, u terlab suv bo‘lib ketgan edi. Ko‘ylagini yechib, etagiga yuzini art dida, yelkasiga tashlab oldi. Tolzorga yetib kel ganda muzdek havo yuziga urildi. «Yaxshi joyni tanlabdi, – o‘yladi ichida. – Nega ilgari bu yer ga kelmagan ekanmiz?» U shunday o‘yladiyu, hech mahal kunduzi uchrashishmaganini eslab: «Gulchehra balki qo‘rqqan bo‘lsa kerak kechasi bu yerga kelgani», deb qo‘ydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling