Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
146 , – Siz mol qiladigan odammisiz? Sizning molin giz odamlarda. Shuning o‘zi katta davlat. – Zap ajoyib xotinsanda, Shahodat, – dedi zavq bilan G‘afurjon aka. – Baxtingga tuzalib ket sam, osmondan yulduzni olib ber desang, olib beraman. – Avval tuzalingchi, keyin bir gap bo‘lar. Sho‘rvangizni ichasizmi? Ordona qolsin, tuzsiz sho‘rva ham sho‘rva bo‘ldimi?! – Shahodat opa o‘choq boshiga yo‘l oldi. Shu paytda poyezd Abdullani Qo‘qonga eltardi. U har gal yo‘lga chiqar ekan, yuragini allaqanday shirin orzular qoplar, yana ta’til kelganidan, yana bir necha kun og‘ir, ertayu kech o‘qish bilan o‘tgan yildan so‘ng dam olishi, Gulchehra bilan uchrash ish mumkinligidan cheksiz shod bo‘lar edi. U Gulchehra ham uni sabrsizlik bilan kutayotgani, uni ko‘rishi bilan ko‘zlari chaqnab, yuziga tabas sum yugurishini bilardi. Biroq u ularning shuncha vaqtdan beri davom etayotgan aloqalarida nimadir yetishmayotganini his qilar va xayrlashayotganida nimadandir ko‘ngli to‘lmasligini sezardi. Ayniqsa, so‘nggi birikki yil ichida shunday bo‘lib qolgan edi. U, albatta, bu yetishmayotgan narsa nima ligini bilardi va uning yuz berishidan cho‘chirdi. Shunday bo‘lsa ham qandaydir ichki bir tuyg‘u uni shunga undardi. Ammo Gulchehra uning bu istagini sezmas yo o‘zini sezmaslikka solar, Abdul la me’yoridan oshiq harakat qila boshlasa, darrov o‘zini chetga tortardi. U Abdulla bilan sayr qilishni, qo‘l ushlashib olisolislarni aylanib kelishni istardi. O‘z ishlari dan to‘libtoshib gapirishni yaxshi ko‘rardi. Odam bolish qiyin 147 , Uning katta bir siri bor edi. Bu sirni faqat uch ki shi: Abdulla, o‘zi va Samad bilardi. Bu sir ikkin chi kursni tamomlagandan so‘ng paydo bo‘ldi. U Mingbuloqning maketini tuza boshladi. Hech kim undan buni talab qilmagan bo‘lsa ham, u bu ish ga juda jiddiy kirishdi. Abdullaning, nima qilasiz, degan savoliga, u kulib: – Raisga ko‘rsataman, – dedi. Albatta bunday emas edi. Gulchehra keyin tus huntirdi. U Samad bilan bolaligidan orzusi, yangi Mingbuloqni qurish orzusiga kirishgan edi. U bu niyatiga erishish qiyinligini bilsa ham, ertakech shuning xayolida yurar, eski qishloq maketi esa unga ishlash uchun kerak edi. U qishloqning yax shi, boshqa ba’zi bir yangi qurilayotgan qishlo qlar singari go‘zal bo‘lishini orzu qilardi. Shuning uchun Samadning yordamida u qishloq arxitektur asiga oid ko‘pgina kitoblarni, plakat va loyihalar ni yozdirib olgan, uyi usta xonani eslatardi. Yusuf aka yarim kechada ham uxlamay nimalarnidir chizib, tiqirtiqir qilib o‘tirgan Gulchehrani ba’zan koyirdi. U qizining me’morlikka o‘qiyotganini bi lardi. Shunday bo‘lsa ham o‘zini tiyolmasdi: – Nima qilyapsan sen o‘zi? Dam olsang bo‘l maydimi? Ba’zan esa uning ro‘parasiga o‘tirib, jimjima qog‘ozlarga, katta faner ustidagi qo‘g‘irchoq uy larga, tepaliklarga uzoq qarab qolardi. – Nima qilyapsan o‘zi, a? – derdi qizining ep chil harakatlarini kuzatib. Bir kuni Gulchehra Samad bilan u keltirgan telefon simlaridan kichkina daraxtlar yasab o‘tir gandi, Yusuf aka kirib qoldi. U indamay Samad Olmas Umarbekov 148 , ning ro‘parasiga keldida, maketga tikildi. Bir pasdan so‘ng hayratlanib so‘radi: – Bu bizning to‘g‘onku! Gulchehra kulib yubordi. – Topdingiz. Uyimizni ham toping endi, dada? Yusuf aka yana maketga tikildi. Keyin birdan: – Yo tavba! – deb yubordi. – Buni nima qilmoq chisizlar? O‘zimizning Mingbuloqku bu? – Xuddi o‘zi, – dedi Samad. – Qalay, tuzukmi Mingbuloq? Yusuf aka o‘pirilgan devorlar, qamish tomlar, qing‘irqiyshiq ko‘chalarga yana tikilib qoldi. – Juda o‘xshatibsanlar, – dedi oxiri o‘ylanib. – O‘xshatibsanlarku, lekin boshqa qishloqni ya sasalaring bo‘lmasmidi? Juda xunukku! – Shu xunukligi uchun yasayapmizda, dada, – dedi Gulchehra. – Idoraga olib borib qo‘ya miz. Hamma ko‘rsin. Shunday joyda yashab bo‘la dimi? Uyatku! – Jamoamiz boy, to‘g‘ri emasmi? – gapni davom ettirdi Samad. – Yangi qishloq qurish kerak. Odamlar yangi, chiroyli uylarda yashasin. Kat takatta ko‘chalarda yursin. Hozir bitta mashina yursa, butun qishloqni chang qoplaydi. Innayke yin, jamoaning klubi yo‘q. Majlis bo‘lib qolsa, yoshlarning boradigan joyi yo‘q. To‘g‘ri emasmi? Yusuf aka angrayib qolgan edi. – Nima, yangi qishloqni shunaqa yasamoqchi misanlar? – so‘radi keyin qiziga termilib. – Ha, – dedi Samad. – Gulchehra yasaydi. Ke yin muhokamaga qo‘yamiz. Ma’qul bo‘lsa, sekin qurishga tushamiz. – Tuzuksanku, qizim? – dedi faxr bilan Yusuf aka. – Men buni raisga aytaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling