Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
119 , – Yo‘q, faqat sen uchun emas, – deb javob ber di. – Faqat sen uchun emas. Kichkina emassan, bemalol yashab ketasan. Unga yaxshilik qilgim keldi. Uning otasi yaxshi odam. – Mojet bit on ne xochet? – Bu boshqa gap. Bormasa bormas, lekin ins titutning qandayligini bila turib, maslahat ber maslik yaxshi emas. Nima deding? Sayyora yelkasini qisdi. Unga Abdulla bora dimiyo‘qmi, baribir edi. Uni birinchi marta ko‘ri shi, birinchi marta u bilan gaplashishi... Bormasa, achinmaydi. Borsa, yomon ham bo‘lmaydi. Unga Abdullaning faqat jilmayishi yoqdi. U taniy digan yigitlarning ichida hech qaysisi shunaqa jilmay maydi. Tishlari ham yomonmas, oppoq, tekis... Sayyora Abdullani ko‘z oldiga keltirishga harakat qildi. Lekin jilmayishi va ruschalab rah mat deganidan boshqa hech narsani eslay olma di. Ruscha yaxshi gapirmasa kerak? Bu, albatta, tushunarli, o‘zbek maktabini tamomlagan. Agar qiynalsa, Sayyora yordam berishi mumkin. Tan sa tushishga ham o‘rgatadi, hozir raqs tu shishni bilmaslik uyat. Ko‘pgina o‘zbek yigitqizlari esa bilishmaydi. Nega bunday? Tansa axir yaxshiku! Sayyora o‘z xonasiga kirib radiolani qo‘ydi. Mayin musiqa ohangi uyni to‘ldira boshladi. Bu Sayyoraning eng yaxshi ko‘rgan kuyi – «Dunay to‘lqinlari» edi. Sayyora bir zum tebranib uni ting lab turdida, keyin qachonlardir otasi sovg‘a qilgan va hali ham o‘zi bilan birga olib yotadigan katta ayiq qo‘g‘irchoqni quchoqlab, xonani aylana ketdi. – Tansa tushasizmi? – Ertasi kuni kechqurun Abdulla kelganda uning bergan birinchi savoli shu bo‘ldi. Olmas Umarbekov 120 , Abdulla qizarib ketdi. – Ozmoz. Lekin men... men... – Keyin, yuring. – Sayyora uni qo‘llaridan sudr ab uyga olib kirib ketdi. – Hech kim yo‘q. Hamma lari mehmonga ketishgan. A mne odnoy skuchno. Sayyora shunday deb uyning o‘rtasida turgan stolni chetga torta boshladi. Lekin kuchi yetmadi va qoshlarini chimirib Abdullaga tikildi. Abdulla kutilmaganda yuz bergan bu yaqinlik va sami miylikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan edi. Shuning uchun qizning nima demoqchi ekanligiga darhol tushunmay jilmaydi. – Pomogiteje! – dedi Sayyora. – Kechirasiz... Abdulla otilib stolga yopishdi. Sayyora plas tinka qo‘ydida, uning yoniga keldi. – Tango. Abdulla buni yaxshi bilardi. Lekin shunday bo‘lsa ham, u bilan raqs tushishga cho‘chirdi. Bu tun qiyofasi, o‘zini erkin tutishi, erkin gaplashi shi bilan Sayyora shu paytgacha Abdulla ko‘rgan, bilgan qizlarga o‘xshamasdi. Buning ustiga hali salomlashmasdan begona yigitni raqsga taklif qilishi uning ancha bilag‘on, raqsga ustaligini ko‘rsatib turardi. Abdulla tortinib uning belidan ushladi va birinchi qadam qo‘yishi bilan Sayyora yigit quchog‘ida suzib ketdi. – Usta ekansiz, – dedi Abdulla hayrat bilan. – Bu juda oson. Siz ham yaxshisiz, – dedi Sayyora salmoqlab. Uning o‘zbekcha javob berishi Abdullani ha yajonga soldi. – Yaxshi gapirar ekansizku! Odam bolish qiyin 121 , – Esimga solishmasa, – dedi Sayyora unga boshini ko‘tarib qarar ekan. – Papam kuladilar. Shunga ular bilan gaplashgim kelmaydi. – Oyingiz bilan yaxshi gaplashasizmi? – Oyim bilan, qo‘shnilar bilan. – Ko‘proq mashq qilsangiz, bundan ham yax shi gapiradigan bo‘lib ketasiz. – To‘g‘ri, lekin o‘rtoqlarim hammasi ruscha ga pirishadi. Sizchi, siz ruschani yaxshi bilasizmi? – Yo‘q, deyarli bilmayman. – Agar men bilan birga borsangiz, sizni rus chaga o‘rgataman. Borasizmi? – Boraman. Dadangizga shuni aytgani keluv dim. – U yerda yaxshi bo‘ladi. Sayyora bu gapni shunday xotirjamlik bilan aytdiki, Abdulla uning xursand bo‘lganbo‘lma ganligini bilolmadi, negadir avji pasayib ketdi. Hatto birikki adashib, uning oyog‘ini bosib oldi. – Kechirasiz, – dedi qizarib. – Nichego, – dedi Sayyora. – O‘zbek maktabla rida tansani kam o‘rgatishadi. Nega, bilmayman. – Ha, – Abdulla bu qizning oldida shuncha bil ganlari uch pul ekaniga tushundi va shu paytga cha o‘zicha faxrlanib yurganidan uyalib ketdi. – Lekin siz yaxshisiz. – Qayoqda? Bilsam, oyog‘ingizni bosib olarmi dim? Og‘riyaptimi? – Yo‘q, bosilib qoldi. Fokstrotni bilasizmi? – Yo‘q, eshitganman. – Moskvada nuqul fokstrot tushishadi. Menda bitta plastinka bor. Qo‘yaymi? Abdulla mayli degandek boshini qimirlatdi. Sayyora, uning quchog‘idan chiqib, radiolani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling