Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Olmas Umarbekov
104
,
Kun bo‘yi u kutilmagan taklif ta’sirida yur­
di. Rustam chaqirib kelganda ham uning xayo­
lidan shu taklif ko‘tarilmagan edi. U o‘rtog‘i bi­
lan maslahatlashmoqchi bo‘lib, og‘iz ochdi, lekin 
darrov bu fikridan qaytdi. Ikkilanishga o‘rin yo‘q, 
o‘yladi u, qolishim kerak. Ikki o‘rtoq ko‘chaga 
chiqishdi. 
– Qayoqqa boramiz? 
– Kurantning tagida yig‘ilmoqchi edik, – dedi 
Rustam. – Jindek aylanib, hali aytganim – ko‘lga 
boramiz. 
– Ketdik. 
Ular kurantning tagiga yetib kelishganda, kun 
botgan, panjaralari zar bo‘yoqqa bo‘yalgan istiro­
hat bog‘idan duxovoy orkestr sadosi jaranglab 
turardi. Bog‘ ham, ko‘chalar ham, devqomat chi­
norlar soya tashlab turgan xiyobon ham odamlar 
bilan to‘la edi. Musiqa sadosiga yigit­qizlar ning 
sho‘x kulgilari, salmoqli g‘ovur­g‘uvur gaplar 
qo‘shilib, tungi orombaxsh hayot boshlangani­
dan darak berardi. 
«Mingbuloqda nima bor? – xayolidan o‘tkaz­
di Abdulla suq bilan atrofiga qarar ekan. – Mana 
hayot, jo‘shqin, go‘zal hayot. Gulchehraning rozi 
bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. U shaharda bo‘lishi kerak, 
chang­tuproqda nima qiladi? Mana shu ko‘cha­
larda ikkalovi kechqurunlari aylanishadi, shu 
salqin bog‘ ichida sayr qilishadi, raqs tushishadi. 
Xiyobondagi gullarga ko‘milib yotgan o‘rindiqlar­
da o‘tirib xayol surishadi. Bunga nima yetsin? 
Albatta ikkalovi birga ketganida­ku, juda yaxshi 
bo‘lardi. Biroq bu mumkin emas, Gulchehra shu 
yerning o‘ziga kelishga ham zo‘rg‘a rozi bo‘ldi». 


Odam bolish qiyin
105
,
Abdulla yuragini nimadir tirnab ketganini sez­
di. Bundan cho‘chib, hech narsani o‘ylamaslikka 
qaror qildi va shoshib o‘rtog‘idan so‘radi: 
– Bolalar qani? 
– Hov ana, kelishyapti, – dedi Rustam xiyo­
bonni ko‘rsatib. – Yur, o‘sha yoqqa. Bu yerda 
odam ko‘p. 
Ular ko‘chani kesib o‘tishdi. Xiyobon ichidagi 
yo‘lkadan ular tengi yigitlar nimanidir bahslashib 
kelishardi. 
– O‘, keldingmi? – dedi jingalak soch bir yigit 
Abdullaga qo‘l cho‘zib. – Biz, qishloqda qolib ket­
dingmi deb qo‘rqdik. Chimyonda maza bo‘ldi. 
– Eshitdim, – dedi jilmayib Abdulla u bilan 
ko‘rishar ekan. – Shamollab rosa yotib olibsan­
lar. – Kulgi ko‘tarildi. 
– Qayoqda! – e’tiroz bildirdi jingalak soch yi­
git. – Bitta Rustam shamolladi. Uni o‘zing bila­
san­ku, birovning yo‘taliga ham shamollab qola­
di. – Yana kulishdi. – Aytganday, Abdulla, tanish, 
– dedi sap­sariq, oriq bir yigit yonidagi sherigini 
ko‘rsatib. – Po‘lat. Leningradga ketyapti. Bu ham 
medal olgan. 
– Salom, – Abdulla uyalib qarab turgan bu jik­
kak, olifta kiyingan yigitga qo‘lini uzatdi. – Qaysi 
institutga? 
– Yadrofizikaga, – dedi hozirjavoblik bilan 
Po‘lat. Uning ovozi mayin, xuddi qizlarnikiga 
o‘xshardi. – Ikki yil bo‘ldi ochilganiga. Dadam 
qarshilik qilsalar ham ketyapman. 
– Yaxshi, – Abdulla havas bilan unga tikildi. 
– Yaxshi bo‘lganda qandoq! – gapga aralashdi 
Rustam. – Nima deding, Ahror? Zo‘r bu, zo‘r! 


Olmas Umarbekov
106
,
– Ha, – dedi jingalak soch yigit. – Agar men 
ham medalga ilinganimda, borar edim. 
– Hozir ham boraver, – dedi sariqqina yigit. 
– Qo‘rqaman, imtihonlari og‘ir. Yiqilib qolishim 
mumkin. 
– Siz­chi? – so‘radi Po‘lat Abdullaga murojaat 
qilib. – Siz qayerga kirmoqchisiz? 
– Men... – negadir o‘ylanib qoldi Abdulla, keyin 
dedi: – Men ham shu institutga borsam kerak. 
– Yo‘g‘­e?! – deb yubordi Rustam. 
– Lekin, lekin hali aniq emas, – dedi shoshib 
Abdulla. Uning o‘z gapi o‘zini cho‘chitib yuborgan 
edi. – Dadam shunday deyaptilar. 
– Borsangiz yaxshi bo‘lardi, – dedi Po‘lat. 
– Ha, albatta, – bu muloyim yigit Abdullaga 
yoqib qolgan edi. – Lekin bilmadim. O‘zim Tosh­
DUni, Fizmatni mo‘ljallab turibman. 
– Qani, yigitlar! – dedi sariqqina yigit. – Hadeb 
o‘qishdan gapiravermanglar. Mening hiqildog‘im­
ga keldi o‘qish. Yuringlar. 
– Yuringlar, – dedi Ahror yo‘l boshlab. 
Yigitlar yo‘lkani to‘ldirib, Sayilgoh ko‘chasi to­
mon bitta­bitta yurib ketishdi. «Nega bunday de­
dim? – o‘ylardi yo‘l­yo‘lakay Abdulla. – Maqtangim 
keldimi? Yo‘q, mening bunday odatim yo‘q. Yo 
havasim keldimi? Nahotki borishni shunchalik 
istasam?» Uning kayfi buzilgan edi. Ko‘lda ham 
u deyarli gapga aralashmadi. O‘ziga yoqib qol­
gan Po‘latning esa bir­ikkita savollarini javobsiz 
qoldirdi. Bir piyola oq vinoni zo‘rg‘a ichib, ham­
madan oldin turdi. 
Uyiga kelib joyiga yotar ekan, «Nima bo‘libdi?! – 
dedi o‘zini yupatib. – Boraman, deb aniq aytganim 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling