Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
Odam bolish qiyin
89
,
xo‘rlangan his qildi. Shu daqiqadan boshlab, uni 
tizzalarida olib o‘tirgan, erkalab yuz­ko‘zini sila­
gan Husanxon akani o‘zining eng ashaddiy dush­
manidek yomon ko‘rib qoldi. Dars tugagach, bir 
o‘rtog‘idan so‘radi: 
– In’omning otasi kim? 
– Bilmaysanmi? – dedi o‘rtog‘i. – Tuman ijro­
qo‘mi raisi­da.
Abdullaga hamma narsa oydinlashdi. In’om­
ning otasi amaldor, uning otasi esa kichik bir 
artelda ishlaydi! Mana, masala qayerda. Uning 
xo‘rligi kelib ketdi. Lekin yig‘lamadi. Yuragida 
ko‘tarilgan nafrat yig‘idan kuchlilik qildi. Uyda 
dadasi, aytdingmi, deb so‘raganda, bir zum ik­
kilanib turdi, keyin dedi: 
– Salom deb yubordilar. Ishlari ko‘p ekan, 
ertaga yo indinga boraman, dedilar. Albatta bo­
raman, dedilar. 
– Rahmat, rahmat, – dedi G‘afurjon aka se­
vinib. – Husanxon akang tilla odam, tilla. Ko‘r­
dingmi, o‘g‘lim, yaxshilik qilsang yaxshilik qayta­
di. Hech kim seni unutmaydi. 
Shu joyda Abdulla o‘zini to‘xtatolmadi, ho‘ng­
rab yig‘lab yubordi­da, uyga otildi. 
– Nima qildi, o‘g‘lim? Nima qildi? – dedi orqa­
dan G‘afurjon aka.
Ammo Abdulla javob bermadi, papkasini tok­
chaga uloqtirib, o‘zini karavotga tashladi. G‘afur­
jon aka ham, Shahodat opa ham qancha uri­
nishmasin, u yig‘isining sababini aytmadi. Ora­
dan bir oy o‘tdi. Husanxon aka kelmadi. Kech­
qurun doktor buyurgan tuzsiz kaptar sho‘rva 
ichib o‘tirar ekan, G‘afurjon aka xotiniga dedi: 


Olmas Umarbekov
90
,
– Esingdami, o‘g‘ling Husanxonni aytib kelib, 
yig‘ladi?! Nega yig‘laganini endi bildingmi? Hu­
sanxon o‘shanda, borolmayman, degan. Shun­
ga yig‘ladi o‘g‘ling. Agar shunday demaganida 
haligacha kelardi. 
– Endi, aytib kel, demang, – dedi Shahodat 
opa. – Yana qiynaladi. 
– Aytmayman. Men hech qachon Husanxon 
shunday qiladi, deb o‘ylamagan edim. O‘ttiz yillik 
o‘rtog‘­a... 
– Qo‘ying, o‘ylamang, – yupatdi erini Shahodat 
opa. – Sog‘ayib ketganingizda o‘zi uyalib qoladi. 
Baxtimizga o‘g‘lingizning umri uzoq bo‘lsin.
– O‘shanda bekor qildim aytib kel deb, – 
xo‘rsindi G‘afurjon aka.
O‘shandan beri xomush, serfikr bo‘lib qoldi. 
Chindan ham shu voqea Abdullani o‘zgartirib 
yuborgan edi. U endi faqat o‘ziga ishonishga, 
dunyoda yomon odamlar yo‘q emasligiga, yaxshi 
o‘qib, katta obro‘li odam bo‘lib yetishishga astoy­
dil qaror qilgan edi. Bu qarorni amalga oshirish­
dagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo 
o‘qish edi. Lekin o‘sha yili u qancha tirishmasin
yaxshi o‘qiy olmadi. To‘satdan boshiga tush­
gan tashvishdan qutulolmagan, Husanxon aka­
ga bo‘lgan nafrati kuchliligidan ona tilini yaxshi 
o‘zlashtirolmagan edi. 
Lekin sakkizinchi sinfdan boshlab hamma 
narsa o‘zgardi. Birinchidan, Husanxon aka, 
Siddiq akaning o‘rniga boshqa o‘qituvchilar kir­
di. Buning ustiga uning o‘zi ham vaqtni bekor 
o‘tkaz may o‘qishga jon­jahdi bilan berildi. Natija 


Odam bolish qiyin
91
,
yaxshi bo‘ldi. Sakkizinchi sinfni ham, to‘qqizinchi 
sinfni ham a’lo bitirdi. In’om zo‘rg‘a uch­to‘rtga 
ilindi. Bundan Abdullaning boshi osmonga yetdi. 
U niyat qilsa, boshqa yutuqlarga ham yetishi shi 
mumkinligini angladi. Faqat mehnat qilish ke­
rak, hamma narsaning asosi mehnat. Otasi haq. 
Mehnat qilsa bir kunmas, bir kun Husan xon 
akalar uning oyog‘iga bosh qo‘yishadi. Qachon 
o‘sha kun kelarkin? Qachon? O‘qishning to‘rtin­
chi choragi tugay deb qolganda, Abdullani direk­
tor huzuriga chaqirishdi. 
– Seni medalga mo‘ljallayapmiz. Bu yog‘ini 
bo‘shashtirma, – dedi direktor. 
Abdulla sevinchi ichiga sig‘may direktordan 
minnatdor bo‘lib chiqdi va yana mutolaaga beril­
di. Uning ko‘ziga o‘qishdan boshqa hech narsa 
ko‘rinmay qoldi. U o‘qidi, mukkasidan tushib 
o‘qidi va orzusiga yetdi. Maktabni oltin medal bi­
lan tamomladi. In’om esa yiqildi. Hamma achinsa 
ham, unga faqat Abdulla achinmadi. 
VIII
Poyezd bir ohangda taq­tuq, taq­tuq qilib bo­
rardi. Yarim kecha bo‘lishiga qaramay, Abdul­
laning negadir uyqusi kelmasdi. Kupeda undan 
boshqa hech kim yo‘q. Abdullaga bu ma’qul edi. 
U o‘z fikrlari, orzulari bilan band, hozir hech 
kimni ko‘rgisi, hech kim bilan gaplashgisi kel­
masdi. Vagon derazasi ortida lipillab o‘tayotgan 
baland­past daraxtlar, u bilan birga suzib bo­
rayotgan son­sanoqsiz yulduzlarga tikilar ekan
ko‘nglida qandaydir xotirjamlik, sokinlik his qil­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling