Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Olmas Umarbekov
74
,
Gulchehra onasidan bunday gaplarni sira 
kutmagan edi. U onasini yaxshi bilardi, lekin 
bunchalik bag‘ri kengligini xayoliga keltirmagan, 
aksincha, ittifoqo ketmoqchi bo‘lsam, yubormay­
dilar, deb o‘ylab yurardi. Shuning uchun bo‘lsa 
kerak, hozir uning chakka suyaklari bo‘rtib tur­
gan za’faron chehrasiga tikilar ekan, xo‘rligi ke­
lib, ko‘zlariga yosh quyildi. 
– Muncha yaxshisiz, aya! – u o‘zini onasi ning 
ko‘kragiga yashirib, muzdek peshanasini, erta 
oqargan sochlarini silay boshladi. – Muncha yax­
shisiz?! Ketmayman hech qayoqqa! Sizni kimga 
tashlab ketaman? O‘qish bir gap bo‘lar. Sirtdan 
o‘qiyman. Yilda ikki­uch marta borib kelaman 
institutga. Keyin, oz qoldi, demang, aya. Odam 
qo‘rqadi. Siz hali ko‘p yashaysiz! Tuzalib ketasiz!..
Koshki edi, Guli... – Saodat opa qurigan op­
poq qo‘llari bilan qizini quchoqladi, yuz­ko‘zlari­
ni siladi. – Shundoq dersan devdim o‘zim ham, 
Guli... Lekin menga o‘xshashingni istamayman. 
Sening boshqalardan qayering kam? Aqlli, es­
li­hushlisan, har qanday o‘qishni eplab ketasan! 
Yo‘q, dema, bor. Dadang ham rozi. 
– Yo‘q, aya. Ketmayman. 
Saodat opaning ko‘zlarida yosh ko‘rindi. 
– Yig‘lamang, aya. Hamma aytganlaringiz bo‘la­
di, hammasi bo‘ladi. Mana ko‘rasiz, yig‘lamang. 
– Yig‘layotganim yo‘q. 
Saodat opa jilmayishga harakat qilib, ko‘zla­
rini arta boshladi. Gulchehra uning ko‘m­ko‘k 
tomirlari bo‘rtib turgan qo‘llariga qarab, «Qan­
day tashlab ketaman? Shu ahvolda tashlab ketib 
bo‘ladimi?» deb o‘ylardi va yupatishga intilardi. 


Odam bolish qiyin
75
,
– Bilasizmi, aya? – dedi u bir mahal. – Bugun 
juda g‘alati tush ko‘rdim. Aytib beraymi? 
– Hm, – boshini qimirlatdi Saodat opa. 
– Eshiting. Ertalab ekan. Dadam hovli­
da yuz­qo‘llarini yuvayotgan emishlar. Ali 
sher 
ko‘chada, oftobda o‘tirgan emish. Siz o‘choq 
boshida nimadir pishirayotgan emishsiz. Men 
bo‘lsam, men nima qilayotganimni bilmayman. 
Bir mahal dadamlar chaqiribdilar... 
Gulchehra dadasining ovoziga o‘xshatib, 
yo‘g‘on ovozda qichqirdi. 
– Hoy! Ovqatlaringdan darak bormi? 
Uning ovozi juda kulgili chiqdi shekilli, Saodat 
opa kulib yuborgan edi, yo‘tal tutdi. Gulchehra 
to‘xtab, uning ko‘kragini bosdi. 
– Gapiraver... – dedi Saodat opa ro‘molchasini 
silkitib. 
– Shunda siz, «hozir!» dedingiz­u, bir lagan 
shirguruch olib keldingiz. Keyin dadamlar hamma­
mizni ko‘chaga olib chiqdilar. Ammo ko‘cha yo‘q edi. 
– Shu o‘zimizning ko‘cha­ya? – so‘radi ko‘zla­
rini ochib Saodat opa. 
– Ha, shu ko‘cha yo‘q. Uning o‘rnida katta 
maydon turgan emish. Maydonning o‘rtasida sa­
molyotga o‘xshagan oppoq bir narsa. 
– Bu nima, – deb so‘radingiz siz. 
– Dirijabl, – dedilar dadamlar. – Atayin senga 
olib keldim. Sayohat qilamiz. Qani, o‘tiringlar. 
Hammamiz dirijablga chiqdik. Dadamlar rul­
ga o‘tirdilar. Bir mahal dirijabl lopillab osmonga 
ko‘tarildi­da, bulutlarni yorib o‘ta boshladi. Juda 
ko‘p uchdik. Siz Alisherni mahkam ushlab olib­
siz. Nuqul dadamlarni turtib: 


Olmas Umarbekov
76
,
– Hoy, bo‘ldi. Bolalar qo‘rqadi, – deysiz. Dadam­
lar bo‘lsa, kuladilar. – Gulchehra bu yog‘iga nima 
deyishini bilmay, to‘xtab qoldi. 
– Keyin nima bo‘ldi? – so‘radi Saodat opa. 
Uning xuddi Gulchehraniki singari yirik qora 
ko‘zlari kulardi. 
– Keyinmi? – dedi Gulchehra. – Keyin bir joyga 
qo‘ndik. Bunday qarasak, Moskva ekan. Biram 
katta, biram chiroyli!.. Birdan nimadir gumbur­
lab ketdi. Shu payt uyg‘onib qoldim. Alisher radi­
oni burab yuborgan ekan. 
– Yaxshi tush ko‘ribsan, – dedi Saodat opa. 
U qizi bu tushni hozir to‘qiganini sezgan bo‘lsa 
ham, bildirmadi. – Tuzalib ketsam, yanagi yilga 
Moskvaga boramiz. Hammamiz boramiz. 
– Hoy! Ovqatdan darak bormi?! – qichqir­
di kimdir. Ikkalovi kulib yuborishdi: Yusuf aka 
qayt gan edi, Gulchehra yugurib hovliga tushdi. 
– Ayang qalay? – so‘radi Yusuf aka qizini 
to‘xtatib. 
– Kulib yotibdilar... – kuldi Gulchehra. 
– A?! 
– Ana, kirib ko‘ring ishonmasangiz. 
Yusuf aka sevinganidan cho‘lp etib qizi ning 
peshanasidan o‘pdi­da, lapanglab uy tomon 
yurib ketdi. «Xuddi yosh bolaga o‘xshashadi, – 
o‘ylardi Gulchehra o‘choq boshiga borar ekan. – 
Ularni tashlab ketib bo‘larmidi? Mensiz nima qila 
olishardi ular? Ketmayman». Shu payt ko‘z ol­
dida Abdulla paydo bo‘ldi. Nima bo‘ldi o‘zi? Nega 
birdan uning hayoti o‘zgarib ketdi? U endi nima 
qilishi kerak? U faqat ikkita narsani aniq biladi: 
birinchisi – ketmaydi, ikkinchisi esa – sevib qoldi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling