Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
Olmas Umarbekov
62
,
Nima qilmoqchisan o‘zing, yer yutkur?! Ukala­
ringni o‘ylasang­chi! 
Supaning orqasidan yuz­ko‘zi qorakuya, oyoq 
yalang bir bola ko‘tarilib, lapanglab keldi­da, 
ayasining etagiga yopishdi. 
– Nari tur, zumrasha! – Zumrad xola shunday 
deb ko‘ylagini tortgan edi, bola gurs etib yiqildi 
va big‘illab yig‘lay boshladi. Gulchehra yugurib 
borib uni ko‘tardi­da, bag‘riga bosdi. 
Oppoq aya, bo‘ldi, qo‘ying! 
– Nega qo‘yar ekanman? O‘qishing bilan 
qo‘shmazor bo‘lgurni nega qo‘yar ekanman? Ikki 
kundan beri uyimning to‘s­to‘polonini chiqar­
di­ku, nega qo‘yar ekanman? 
Zumrad xola Gulchehraning qo‘lidan bolani 
yulib olib supaning labiga borib o‘tirdi­da, og‘ziga 
emchak soldi. Samad uning bir oz tinchiganidan 
foydalanib, Qosimjonning oldiga kirib ketdi. Abdul­
la nima qilishini bilmay, eshik tagida turib qoldi. 
– Tinchlikmi o‘zi, oppoq aya? – so‘radi Gulchehra. 
– Aylanay, Gulchehra, tinchlik qayoqda? 
– Zumrad xola piqillab yig‘lab yubordi. – Ikki 
kundan beri uyda janjal, ketarmish, Toshkent­
da o‘qirmish. O‘qimay o‘lgur. Ne­ne umid bilan 
uni katta qiluvdim. Maktabni bitirib, otasiga su­
yanchiq bo‘lar devdim! O‘zingiz o‘ylang, aylanay, 
oltita bolani boqish osonmi? 
– Qo‘ying, yig‘lamang! 
– Yig‘lamay bo‘ladimi, bolam? Yig‘idan bosh­
qa nimam qoldi? Odoyi tamom bo‘ldim. Odoyi 
tamom!.. Hammalaring qoldilaring, bu ham qol­
sa – bo‘yni uziladimi? Otasi yaxshi ham gapirib 
ko‘rdi, yomon ham, qani quloq solsa?! 


Odam bolish qiyin
63
,
– U yoqda ham ishlayman. Oyligimni yuborib tur­
aman, dedim­ku! – qichqirdi ichkaridan Qosimjon. 
– Bu yerda ish yomonmi? Raisning gapini 
eshitding­ku, yer yutkur! 
– Ketaman, baribir ketaman! 
Zumrad xola bu gapni eshitib, bo‘shashdi. 
Rangi devordek oqarib ketdi. Yupqa burushgan 
lablari nimanidir shivirladi. Keyin birdan o‘rni­
dan turdi. Qo‘lidagi bolani bir siltab, emchakdan 
oldi­da, Gulchehraga uzatib, deraza yoniga bordi. 
– Ketasanmi? 
– Ketaman! 
– Tur, jo‘na, hoziroq ket, ko‘zimga ko‘rinma, 
jo‘na! 
– Oppoq aya... – nimadir demoqchi bo‘ldi 
Gulchehra, ammo gapi og‘zida qoldi. 
– Jo‘na deyapman! – qichqirdi Zumrad xola. 
– Xo‘p, hozir... 
Ko‘p o‘tmay ichkaridan Qosimjon, uning 
ketidan Samad chiqdi. 
– Bekorga xafa bo‘lyapsiz, aya... Men... 
– Yo‘qol! 
Qosimjon chiqib ketdi. Samad bilan Abdulla 
bir­birlariga tikilib qolishdi, keyin ikkovi baravar 
Qosimjonning ketidan yugurishdi. Zumrad xola 
derazaga suyanganicha bo‘zarib qolgan, butun 
vujudi titrardi. Gulchehraning unga rahmi kelib
ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi, lekin u nima qi­
lishini, nima deyishini bilmasdi. 
O‘sha kuni Qosimjon pulsiz, kiyim­boshsiz, 
bitta ko‘ylak­shimda Qo‘qonga jo‘nadi. 
– Boshqa ilojim yo‘q, – dedi u Samad bilan Ab­
dullaga, – Toshkentda ham sirtdan yo kechqurun 
o‘qiyman. Kunduzi ishlayman. Qaytaga bu yerda 


Olmas Umarbekov
64
,
ishlaganimdan ko‘p pul topaman. Lekin gap bun­
da emas. Adabiyotchi kitob ko‘p, odam ko‘p joyda 
bo‘lishi kerak. 
– O‘zing bilasan, – dedi Samad, – ishqilib, ni­
yatingga yet. 
Abdulla unga uyining manzilini berdi va bir 
haftaga qolmay, borishini aytdi. 
– Oyimni bir amallab tinchit, – dedi Qosimjon 
yo‘lovchi mashinaga o‘tirayotib. – Men endi biron 
ishning uddasidan chiqmagunimcha qaytmayman. 
– Xat yoz. 
– Albatta. Hammaga salom ayt! 
Mashina yo‘lga tushdi, ko‘p o‘tmay, chang 
ichida yo‘qoldi. 
– Balki u haqdir, – dedi Samad. Abdulla in­
damadi. Hozirgina ko‘z oldida yuz bergan vo­
qea uni qattiq hayajonga solgan, Zumrad xolaga 
achinsa ham, Qosimjonning irodasiga qoyil qol­
gan edi. Gulchehrani ham ko‘ndirish kerak. Agar 
u Toshkentga ketsa, qanday yaxshi bo‘ladi! Ke­
cha ko‘ngandek bo‘ldi. Abdulla bugun yana shu 
haqda gapiradi. Qosimjonni misol qilib ko‘rsa­
tadi. Gulchehraning o‘zi ham ko‘rdi buni, o‘zi 
janjalning guvohi bo‘ldi. Aftidan, u Samad bilan 
Qosimjonni qolishga ko‘ndirmoqchi edi, lekin bir 
og‘iz ham gapirolmadi. Gapirganida ham u quloq 
solmasdi. Onasining gapiga kirmadi­ku, ularga 
quloq soladimi? Qosimjon uyidan chiqib ketayot­
ganda Gulchehra juda xomush bo‘lib qoldi. Balki 
unga havasi kelgandir. Nega ham havasi kelma­
sin? Mingbuloqda nima bor? Hamma yoq chang­
tuproq... Har kuni ish. Tag‘in har kuni bir xil ish 
– oyda bir kino, oyda bir konsert... Mingbuloqda 
tag‘in nima bor? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling