Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
56 , – Albatta kech emas, – dedi u qizishib. – Har kim o‘z ixtiyori bilan ish qilishi mumkin. Innayke yin, bu masalada birovning maslahati bilan ish tutib bo‘ladimi? – Yuring, qaytamiz, – dedi Gulchehra gapni bo‘lib. Uning hozir bir narsa degisi kelmadi. – Kech bo‘lib qoldi, tarqalishayotgandir. Abdulla qarshilik qilmadi. U hozir o‘zini katta g‘alabaga erishgan odamdek his qilardi. Gulcheh raning «ha» deyishi unga rozi bo‘lgandek tuyulgan edi va ichida qaytishni istamasa ham, shu bittagina «ha» tufayli Gulchehra nima desa, shunga tayyor edi. – Bedana qalay? – so‘radi u Gulchehrani ko‘p o‘ylatmaslikka intilib. Gulchehra ham bu savoldan xursand bo‘ldi. Uning shu ajoyib kechani g‘amgin, murakkab xayollar bilan buzgisi kelmasdi. – Yaxshi! – dedi chehrasi ochilib. – Qanoti ni taxtakachlab qo‘ydim. Ayam, tuzalib ketadi, deyaptilar. Tuzalganda qaytarib beraman. Lekin bitta sharti bilan... – Qanday shart? – Toshkentga olib ketasiz. Obid akamni yaxshi ko‘raman, lekin qahrlari qattiq. O‘ldirib qo‘yish lari mumkin. Olib ketasizmi? – Xo‘p. Lekin men ham o‘ldirib qo‘yishim mumkin. Abdulla sinovchan nazar bilan Gulchehraga tikildi. – Yo‘q, siz o‘ldirmaysiz. Jo‘xorizordayoq buni bilgan edim. – Aytganday, jo‘xori juda shirin ekan, rahmat. Hali ham og‘zimda mazasi turibdi. Hozir bo‘lgan da – yo‘q demasdim. Odam bolish qiyin 57 , Gulchehra jilmaydi. – Bugun endi kech, ertaga pishirib beraman, maylimi? – Bo‘lmasachi! Ular ko‘prikka yetib kelishdi. Gulchehra to‘xta di. Maktab tomondan hali ham musiqa ohanglari eshitidib turardi. – Ketishmabdi... – Birpas aylanamizmi? – so‘radi Abdulla. – Yo‘q. Ayam xavotir oladilar. – Gulchehra! – Labbay? – Ertaga bo‘shmisiz? – Nimaydi? – Agar... bo‘sh bo‘lsangiz, kechqurun jo‘xorini o‘zingiz olib chiqing, men shu yerda kutib tura man. Xo‘pmi? Gulchehra indamadi. – Iltimos qilaman. – Qaydam? Gulchehra qo‘lini cho‘zdi. Abdulla uning issiq kaftiga kaftini bosdi. Gulchehra «yaxshi emas» deganday boshini qimirlatdi va sekin qo‘lini tor tib bo‘shatdi. – Kelasiza? Ammo Abdulla qizning javobini eshitmadi. Gulchehra «xayr!» dedida, o‘qdek otilib uyiga kirib ketdi. V Gulchehra ham, Abdulla ham tunni bo‘lajak uchrashuv orzusida o‘tkazishdi. Ikkalovi ham qu Olmas Umarbekov 58 , vonchli tasodifdan cheksiz shod edi. Gulchehra tong otishini sabrsizlik bilan kutar ekan, ikki o‘t orasiga tushib qolayotganini bilardi. Lekin bari bir shirin daqiqalarni tabassum va xursandlik bilan eslashdan o‘zini tiyolmasdi, u yonboshidan bu yonboshiga ag‘darilib, so‘lib qolgan yalpizni yuziga bosardi. Abdulla ertasiga ertalabdan boshlab Gulcheh ra bilan uchrashish yo‘llarini axtara boshladi. Ular kechqurun uchrashishadi, Gulchehra jo‘xori olib chiqadi, lekin ungacha yana bir marta bo‘lsa da ko‘rish kerak. Abdulla xilmaxil rejalar tuzib ko‘rdi. Bolalardan bittasini kiritmoqchi bo‘ldi, lekin darrov bu fikridan qaytdi. Kim chaqiryap ti deb ayasi so‘rab qolsa, aytib qo‘yishi mumkin. Gulchehralarnikida hech kim uning chaqirayot ganini bilmasligi kerak. Bir marta bo‘lsa mayli, boshqa kunlari nima qiladi? Keyin gumonsiray boshlashadi, balki Gulchehrani butunlay uydan chiqarmay qo‘yishadi. Yusuf aka badjahl, in naykeyin, eski toifadagi kishilardan. Bola kiritish to‘g‘ri kelmaganidan so‘ng, Ab dulla, bog‘ tomondan ularning tashqarisiga o‘tib poylamoqchi bo‘ldi. Ko‘rinib qolar axir hovlida? Ko‘rishi bilan imlab chaqiradi. Lekin bu ham ma’qul tushmadi. Gulchehra istamasachi? Unda rosa uyatga qoladiku. Shu xayollar bilan bo‘lib, Hojar buvining dasturxon yozganini, oldiga bir tovoq qaymoq qo‘yib, non sindirganini payqama di ham. Kampir uni parishon ko‘rib, xavotirlandi. – Yosh bola, nimalarni o‘ylab qolding? Cho yingni ichsangchi! – Hozir! – dedi Abdulla va o‘g‘ridek boqqa tush moqchi bo‘lganini eslab, kuldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling