Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Olmas Umarbekov
38
,
– Mayli, – dedi Abdulla Gulchehraning ham 
taklif qilganini eslab.
– Ziyofat zo‘r bo‘ladi, – gapga aralashdi ikkin­
chi yigit. – Raisning o‘zi qilib beryapti. 
– Zo‘r­ku, – dedi jilmayib Abdulla. 
– Zo‘r bo‘lganda qandoq! Xo‘jalikka kadrlar 
kerak. Biz tayyor kadr. Ziyofat shunga qarab­da. 
Uchalovi kulishdi. 
– Kelgin­a, albatta! – dedi Qosimjon o‘rtog‘ini 
qo‘ltiqlab. – Xayrlashmaymiz. 
Yigitlar ketishdi. Abdulla uyga kirganda Hojar 
buvi vodoprovod tagida chordona qurib, bedana 
tozalab o‘tirardi. 
– Qayoqda qolib ketding, bolam! – dedi u ne­
varasini ko‘rib. 
– O‘rtoqlarimni ko‘rib qoldim. 
– Tog‘ang kelinoyingning oldiga ketdi. Tushlik­
ka keladi. Yaxshilab osh qilib beraman. Bo lam­
ey, bolam­ey, qadami qutlug‘ bolam­ey! Qorning 
ham ochgandir? 
Kampir yana nimalardir deb, o‘choq boshi­
ga ketdi, Abdulla u olib kelgan shirguruchni 
ezmalanib yer ekan, ko‘z oldidan savat ko‘tar­
gan Gulchehra ketmas edi. «Yaxshi qiz bo‘libdi, – 
o‘ylardi u, – judayam yaxshi qiz. Besh­olti kun qol­
aman qishloqda». U shu fikrga kelib jilmaydi-da, 
yumshoq par yostiqqa yonboshladi. Shu payt u 
bir bolaning «Buvi!» deb chaqirganini e shitdi. 
– Kela qol, nima deysan? – dedi kampir. 
Bola nimadir dedi. 
– Ana, ayvonga bora qol, ayvonda o‘tiribdi, – dedi. 
«Kim ekan?» – o‘yladi Abdulla va hovliga qa­
radi. Yuziga jo‘xori donalari yopishgan besh­olti 
yashar qop­qora bola sochiqqa o‘ralgan bir narsa 


Odam bolish qiyin
39
,
ko‘tarib kelardi. Narsa issiq bo‘lsa kerak, hu­hu­
lab dam u qo‘liga, dam bu qo‘liga olardi. Ostona­
ga yetganda, dedi: 
– Abdulla aka sizmisiz? 
– Ha, nima edi? – so‘radi Abdulla. 
– Mavini opay berdila. 
– Nima bu? 
– Jo‘xoyi. Issiq. 
Bola shunday deb sochiqni yozib yubordi. 
Uch­to‘rtta qip­qizil qilib pishirilgan jo‘xori kigiz 
ustiga dumalab ketdi. Abdulla «rahmat» deb ul­
gurmay, bola xuddi birov quvgandek, qochib ket­
di. «Gulchehra!» – o‘yladi Abdulla yuziga tabassum 
yugurib va qo‘lini kuydiradigan darajada issiq 
jo‘xoridan olib tishladi. Unga shu paytgacha qo‘rda 
pishgan jo‘xori bunchalik shirin tuyulmagan edi. 
 IV
Kechqurun u maktabga kelganda, kechaning 
tantanali qismi tugab, o‘yin­kulgi avjiga chiqqan 
edi. Qosimjon hovlining o‘rtasida turib olib, va’z­
xonlik qilar, lekin hech kim unga quloq solmas 
edi. Hammaning ko‘zi uzun stolning burchagida 
dutorga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytayotgan qizda edi.
Abdulla ham beixtiyor to‘xtab, quloq sola bosh­
ladi. Qiz har to‘rtlikni aytib bo‘lganda sho‘x kulgi 
ko‘tarilar, lekin Abdulla uning nima aytayotgani­
ni anglay olmadi. Qiz besh­oltita to‘rtlikni aytib 
bo‘lgach, gulduros qarsak ko‘tarildi. Qosimjon, 
menga chalishyapti, deb o‘yladi shekilli, tanta­
nali vaziyatda qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, minnat­
dorchilik bildirdi va shu top Abdullani ko‘rib qoldi. 


Olmas Umarbekov
40
,
– E, kelardingiz­da, o‘rtoq medalist? – dedi u 
baland ovoz bilan. 
U hazillashdimi, yo kinoya qildimi, Abdul­
la anglamadi, uning ikki ko‘zi hovliga gir aylan­
tirib qo‘yilgan stol atrofidagi odamlarda edi. U 
Gulchehrani axtarardi. 
– O‘rtoqlar! Bir daqiqa diqqat! – qichqirdi Qo­
simjon. – Bizning kechamizga Parijdan, e, ke­
chirasizlar, Toshkentdan o‘rtoq Abdulla Sharipov 
tashrif buyurdilar. 
Besh­olti joydan qarsak ko‘tarildi. Qosimjon 
gapida davom etdi: 
– O‘rtoq Sharipov siz­bizga o‘xshagan oddiy 
odam emas. U kishi maktabni oltin medal bilan 
tamomladilar. Ura, o‘rtoqlar! 
Abdulla bu gapdan ensasi qotib, o‘zini chet­
ga olmoqchi bo‘ldi, lekin Qosimjon uni qo‘lidan 
mahkam ushlaganicha, dasturxonning to‘riga 
tortdi. Abdulla uning kayfi borligini payqab, qar­
shilik qilmadi va u ko‘rsatgan joyga borib o‘tir­
di. Negadir hech qayerda Gulchehra ko‘rinmasdi. 
«Kelmadimikan? – o‘yladi xavotirlanib Abdulla. – 
Agar kelmagan bo‘lsa, birpas o‘tirib, ketaman». 
– Xafa bo‘lma, – dedi qayoqdandir uning yoni­
da paydo bo‘lib qolgan Samad. – Birinchi ichishi... 
– Zarari yo‘q, – dedi jilmayishga harakat qilib 
Abdulla. 
– Kechani o‘zimizga qo‘yib berishdi. Attestat 
topshirilgandan keyin hamma kattalar ketdi, – 
dedi Samad. – Direktorimiz yaxshi odam, shuni 
talab qildi. 
– Kosagul! – qichqirdi shu tob yana Qosimjon 
uch marta qars urib. – May! 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling