Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
29 , Nima uchun shunday – bolalar buni bilishmas di. Uning kamgapligidanmi, yo salomga alik ol masligidanmi, bolalar uni xushlashmasdi, hatto undan cho‘chishardi. Bir kuni uning loy tomida bir burgut paydo bo‘lib qoldi. Abdulla o‘shanda yozgi ta’tilga kel gan edi. Gulchehra uni yetaklab, Dadavoy ama kining uyiga olib bordi. – Ko‘ryapsanmi? – dedi loy tomga ishora qilib. Abdulla avval hech narsani payqamadi. Keyin mo‘rining yonida bukchayib turgan bir narsaga ko‘zi tushdi. – Nima? – Burgut! – dedi Gulchehra ovozini pasaytirib. – Kecha ko‘rib qoldim. Bilmadim, amaki qayoqdan olib keldiykin? Hozir yaxshilab ko‘rsataman. Gulchehra ko‘chaning narigi betiga o‘tib, bur gutga kesak otdi. Burgut seskanib tumshug‘ini cho‘zdi. Keyin alanglab atrofga qaradida, bit tabitta qadam tashlab mo‘rining orqasiga o‘tdi. Uning bir oyog‘iga zanjir bog‘langan edi. – Amaki buni nima qilar ekan? – Qaydam? – dedi Gulchehra. – Balki uyiga poyloqchi qilib qo‘ygandir. – Burgut uy poylaydimi? – hayron bo‘ldi Ab dulla. – Nega poylamas ekan? It poylaydiku! – It boshqa gap. – Bilsang, burgut itdan ham zo‘r. Ular anchagacha ko‘chaning chetida tomga tikilib o‘tirishdi. Ammo burgut joyidan qimirlamadi. – Bilasanmi, – dedi Gulchehra bir mahal. – Be choraga rahmim kelib ketyapti. Olmas Umarbekov 30 , – Nega? – Och bo‘lsa kerak. Amaki kun bo‘yi uyida bo‘lmaydi. – Kel, ulbul beramiz, – taklif qildi Abdulla. – Nima beramiz? – Gulchehra xo‘rsindi. – Bur gut xom go‘sht yeydiku! – Nima qilibdi? Biz ham xom go‘sht beramiz. – Qayerdan olamiz? Bizda bo‘lganda oyim al laqachon ovqat qilardilar. Ikkalovi o‘ylanib qolishdi. Lekin qancha o‘ylash masin, go‘sht topishning evini qilisholmadi. – Non yemasmikin? – so‘radi bir mahal Gulchehra umid bilan. – Bizda zog‘ora non bor, bir xalta! – Bilmadim. Kel, berib ko‘ramiz. Ko‘p o‘tmay ikkalovi Gulchehra uyidan o‘g‘ir lab kelgan bitta zog‘ora nonni Dadavoy amaki ning tomiga otishdi. Ammo burgut ularning meh ribonchiligiga parvo qilmadi, hatto joyidan ham qimirlamadi. – Zog‘ora yemas ekan, – dedi Abdulla. Gulchehra indamadi. Uning ikkala ko‘zi jiqqa yosh edi. – Nega yig‘laysan? – so‘radi Abdulla. – Nega yemaydi! Och qolsa maylimi? – Gulcheh ra o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi. – To‘xta, – dedi Abdulla. – Yig‘lamagin. Bir ish qilamiz... – Qanaqa ish? – ko‘zlarini ishqalab so‘radi Gulchehra. – Amaki kelishini poylaymiz. Qani u nima be rarkin? – Bo‘pti! – dedi Gulchehra sevinib. Ular o‘sha kuni allamahalgacha Dadavoy ama kining yo‘lini poylab o‘tirishdi. Nihoyat, u kel Odam bolish qiyin 31 , di. Bolalar uning qo‘lida katta sumka ko‘rish di. Ichkariga kirganda esa, ko‘cha eshikdan uni kuzatishdi. Dadavoy amaki jinchiroq yoqib, tomga ko‘tarildi. Nimalardir deb gapirdi, bolalar anglashmadi. Keyin burgutni oyog‘idan tortib, qo‘ltiqladida, pastga tushdi. Jinchiroqni hov lining o‘rtasiga qo‘yib, sumkasini yerga ag‘dardi va burgutni qo‘yib yubordi. Burgut yerda to‘kilib yotgan qora narsalar atrofida bir-ikki aylanib, cho‘qilay boshladi. Dadavoy amaki zanjirni uzun qo‘yib yuborgancha uning harakatlariga tikilib o‘tirdida, shivirlab: – Javr bo‘ldi senga, jonivor, javr bo‘ldi, – dedi. – Go‘sht beryapti, – dedi sekin Abdulla Gulcheh raning qulog‘iga. Gulchehra boshini qimirlatdi. Dadavoy amaki burgutni tomga olib chiqib qo‘yganda ular ketish di. Lekin ikkalasi ham tun bo‘yi burgutni o‘ylab chiqishdi. Ertalab yana shu yerga kelishdi. Burgut kechagidek mo‘rining yonida bukchayib turardi. – Nega javr bo‘ldi, dedi? Bildingmi? – so‘radi Gulchehra. – Yo‘q. – Unda ham go‘sht yo‘q. Shuning uchun javr bo‘ldi dedi, – tushuntirdi Gulchehra. – Bilmadim. – Bilmadim emas, aniq, – dedi Gulchehra, keyin Abdullani turtdi. – Qo‘yib yubormaymizmi uni? Abdulla bu gapdan cho‘chib tushdi. – Amaki dod deb yuboradi. – Bilib o‘tiribdimi? – dedi Gulchehra. – Becho ra bunaqada o‘lib qoladi. Bo‘shatib yuboramiz. – Hozirmi? – ikkilanib so‘radi Abdulla. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling