Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
20 , – O‘sganda qandoq! O‘n yilda brigadir bo‘ldim, yana yigirma yildan keyin rais bo‘lsam ajab emas. – Ikkovi kulishdi. – Ishim yaxshi, – dedi Obid aka bir ozdan so‘ng Teshavoyga suyak tashlar ekan, jiddiy ohangda: – Jamoada o‘ttizta traktor bor. Qishinyozin tinmaydi. Topish ham shunga qa rab. Yaqinda mashina olaman. Kelinoying tug‘sa, bola o‘lmasa, mashinada butun respublikani aylanib chiqaman, deb niyat qilib qo‘ygan edim. Bir yog‘i Arslonbob, bir yog‘i Chimyon... Niyati mizga yetadiganga o‘xshaymiz. Ishim yaxshiyu, o‘qimadimda, jiyan, – Obid aka xo‘rsinib qo‘ydi. – Urushdan qaytib kelganimda o‘qimoqchi edim. Lekin bu fikrdan qaytdim. Qimmatchilik, ja moa xarob, qishloqda deyarli erkak qolmabdi. O‘shanda rahmatlik Mannop ota rais edi. Sen uni ko‘rganmiding? Abdulla «yo‘q» deya boshini qimirlatdi. – Ajoyib odam edi. Yoshligida otdan yiqilib, oyog‘i singan va umrbod cho‘loq bo‘lib qolgan. Shu ham qo‘ymadi. «O‘qish qochib ketmaydi. O‘qirsan ham, olim ham bo‘larsan. Lekin, uka, qishloqqa qara, bitta ham butun uy yo‘q. Jamoa bundan beshbattar. Dehqon odam buni tushu nadi. Qol uka», dedi, qoldim. Keyin ishga beril ib ketib o‘qish xayolimdan ko‘tarildi. Endi kech. Endi o‘qib qayoqqa borardim? Sen nima qilmo qchisan? Ishlaysanmi, o‘qiysanmi? – O‘qiyman, – dedi Abdulla negadir uyalib. – ToshDUning fizmatiga kirmoqchiman. – Durust, – dedi Obid aka. – Matematikani yaxshi ko‘rasanmi? – Ha. Odam bolish qiyin 21 , – Durust. O‘qi, jiyan, o‘qi. Oyingning sendan umidi katta. Bor ishongani sen. Dadang mana yotib qoldi. Hozir qalay, durustmi? – Tuzukday. – Ishqilib tuzalib ketsin. Yomon kasalga chalinib qoldi. Giper... gim... Nima edi nomi? – Gipertoniya. – Gipertoniya, – qaytardi Obid aka. – Oti qur sin. Uzoq yili kelganda ancha yaxshi edi. Bir hafta turdi chamamda o‘shanda, a? – Ha. – U bilan ham ovga chiqqan edik. Hu anavi yoq qa. – Obid aka paxtazorning etak tomoniga ishora qildi. – Dadang, Teshavoy mergan, men. Dadang yaxshi otadi. Adashmasam, o‘ttizqirqta bedana otuvdik o‘shanda. Kechqurun Buloqboshida osh qildik. Yarmini oshga bosdik. Yarmini kabob qil dik. Ancha tuzuk edi dadang o‘shanda. Obid aka o‘ylanib qoldi. Keyin cho‘ntagidan g‘ijimlanib ketgan papiros olib, shoshmasdan tekisladida, tutatdi. – Dadangni yaxshi ko‘raman. U menga juda ko‘p yaxshilik qilgan, uylantirgan, to‘yga o‘zi bosh bo‘lib turgan. – Bormaysizmi? – so‘radi Abdulla. – Boraman. Kennoying qaytsin. Bir o‘ttizqirq ta bedana otib olib boraman. – Mumkin emas. – Mayli, yemasa ham ko‘ngli ko‘tariladi. Qani, turdikmi? – Mayli, – dedi Abdulla qo‘zg‘alib. – Yana ikki marta aylanib chiqamiz. Shu bilan bo‘ldi. Teshavoy, yur! Olmas Umarbekov 22 , It xuddi shu gapni kutib turgandek, bedazor ga tashlandi. Endi Abdulla ovga ko‘nikkan, hatto unga qiziqib ham qolgandi. U zavq bilan Tesha voyning harakatlarini kuzatar, har o‘q otilganda «Ura!» deb qichqirardi. Bedazorning orqasidagi arava yo‘lda tarvuz ortilgan avtokachka ko‘rin ganda Obid aka ovni to‘xtatdi. Abdulla qarshilik ko‘rsatmadi. Aravadagi yigit Obid akani tanidi shekilli, salom berib: – Qalay, ov tuzukmi? – deb so‘radi. Obid akaning o‘rniga Abdulla javob berdi: – Yigirma beshta otdik, mana. – U g‘urur bilan qo‘lidagi tasmaga tizilgan bedanalarni ko‘rsatdi. Aravakash kallasini liqillatib: – Qoyil! – deb qo‘ydi. Keyin uni chaqirib bitta tarvuz uzatdi. – Aytgandek, Obid aka, – qichqirdi yigit, – o‘g‘il muborak bo‘lsin! – Rahmat! – Buloqboshida bitta osh qilib berasizda endi, devziradan! Bedana bosib! – Osh sendan aylansin, Homid. Qilib beraman. Aravakash yo‘lga tushdi. Abdulla tarvuzni ko‘tarib, tog‘asining orqasidan yurdi. Ariq labiga yetishganda: – Cho‘lladikku, tarvuzni shu yerda yeb qo‘ya qolaylik, – dedi Obid aka. – Ko‘tarib yurasanmi? Ular eski joyga chordona qurishdi. Obid aka buklama pichog‘ini tarvuzning dumiga shunday tekkizishi bilan yorilib ketdi. Qipqizil chinni tar vuz buloq suvidek muzdek va shirin edi. Obid aka bitta tilimni itning oldiga qo‘ydi. Abdulla itning tarvuz yeyishini shunda ko‘rdi. Teshavoy dumini likillatib yer ekan, xuddi odamga o‘xshab dana gini ajratib tashlardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling