Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116
Olmas Umarbekov
332
,
– Qoravoy! Ol! Ol, Qoravoy! – dedi u qo‘rquv 
aralash va qo‘lidagi tayoqni sekin boshi uzra 
ko‘tara boshladi.
Ko‘ktoy buni o‘zicha tushunib, yaqinida tur­
gan qora beso‘naqay it qolib ketdi­da, dahshat 
bilan irillaganicha o‘zini shu tayoqqa otdi. It ham, 
uning zarbi aralash Hakim polvon ham yiqilish­
di. Ko‘ktoy bir ko‘cha bo‘lib kelayotgan odamlar­
ni ko‘rdi. Hali ularning yetib kelishiga besh­olti 
qadam bor edi. U chalqancha yotgan Hakim pol­
vonning ustidan hatlab o‘tdi­da, o‘zini chap to­
monda ko‘ringan tor ko‘cha tomon urdi. Endi 
uni hech kim quvmayotgan edi. Bir­ikki marta 
oldida, orqasida tosh dumalab tushdi, xolos. U 
to‘xtamay, lo‘killab tor ko‘chaning boshiga chiq­
di, ro‘para yangi haydalgan yer yoqasi bir mashi­
nalik asfalt yo‘l edi. Shu asfalt yo‘l bo‘ylab u avval 
lo‘killab, keyin bitta­bitta yurib ketdi.
Hech umrida ko‘rmagan boyagi shovqun­su­
ron, badburush qiyshiq it, tayoq ko‘targan nov­
cha odam, Taqako‘z ortda qoldi.
Katta yong‘oqning tagiga kelganida u to‘xta­
di. Hech qayerida, tayoq tushgan boshida ham, 
umurtqa suyaklarida ham og‘riq sezmadi. Taqa­
ko‘z bir parcha yungini uzib olgan dumida og‘riq 
bor edi va yuragi gupillab urardi. U birpas cho‘zilib 
olishga qaror qildi.
8
Ko‘ktoy o‘sha yili Sirdaryoga yaqin bo‘lgan Ol­
mazor, Yallama qishloqlari atrofida yurib qishni 
o‘tkazdi. Qish o‘zi o‘sha yili deyarli bo‘lmadi. 


Odam bolish qiyin
333
,
Mavsumning yarmigacha qor yoqqani yo‘q. Tog‘ 
tomondan doim iliq shamol esib turdi. Kunduz­
lari beixtiyor ba’zi tepaliklarga chiqib qolsa, u 
tog‘ni ko‘rardi. U yer bu yergina oqargan ko‘k 
tog‘ tizmalari uning nafasini qitiqlar, bilsa­bil­
masa tug‘ilgan joylariga uni tortardi. Lekin 
tug‘ilgan joyi qayerda – buni u bilmasdi. Bun­
dan qattiq ezil masdi ham. Lekin qon uni tog‘li 
joylarga tortadi.
U shu payt ichida ancha o‘sdi, suyaklari ken­
gayib, qotdi. Tanasi kengaygani uchun boshi endi 
avvalgidek beso‘naqay ko‘rinmas, sal cho‘ziqroq 
bo‘lib, juda yengil engashar, biror xavfni sez­
sa, darhol, yashin tezligida uzun bo‘yni aralash 
ko‘tarib olardi.
Taqako‘z xiyonat qilganidan keyin u qayoqqa 
bormasin, bironta itga, odamga duch kelib qo­
lishdan o‘zini ehtiyot qilardi.
O‘shanda yaxshigina dam olib, Taqako‘z tish­
lari botib qonagan dumini yalab, og‘rig‘i bosil­
ganidan so‘ng, ingichka asfalt yo‘l bilan katta 
yalanglikka chiqib qoldi. Yalanglikning o‘rtasidan 
hozirgina kelgan asfalt yo‘liga to‘rtta keladigan 
keng, tekis ikki yo‘l o‘tgan edi. Bir yo‘ldan yurgan 
mashinalar ikkinchisidan yurishmasdi.
Ko‘ktoy shu keng yo‘llarning yoqasida turib, 
qayoqqa borishi ma’qulroq ekanini darhol pay­
qab oldi. O‘ng tomon – odamlar, itlar ko‘p tomon, 
chap tomon – tog‘ga olib boradigan, qir­adirlar 
ko‘p tomon edi. Sezgi, kichik bir xohish bilan u 
shu tomonga yurdi.
Qish deyarli qishligini qilmagani uchunmi, 
bahor erta kelgani uchunmi, Ko‘ktoy tez tulladi. 


Olmas Umarbekov
334
,
To‘shak qaviganda bo‘lak­bo‘lak bo‘lib tushadi­
gan bir­biriga patakdek yopishib ketgan yunglari 
avval orqa sonlaridan boshlab tusha boshladi. 
Keyin sag‘riniga o‘tdi. Quruq yerlarga duch ke­
lib qolganda Ko‘ktoy dumalab o‘zi tullashini, eski 
burda­burda bo‘lib yotgan ko‘kimtir yunglarini 
tushishini tezlatdi. Aprelning o‘rtalariga kelib, 
tullab bo‘lib qoraydi­yu, biroz, lekin kumushdek 
yaltirab ketdi. Agar uning qovurg‘alari, kuraklari 
ozg‘inlikdan turtinib chiqib turganini e’tiborga 
olinmasa juda chiroyli it bo‘lib yetilgan edi.
Shu paytga kelib, aniqrog‘i, katta ikki yoqla­
ma yo‘lga chiqib olganidan beri qishloqlarga kirib 
o‘g‘irlik qilmasdan qorin to‘ydirish yo‘llarini ham 
o‘rganib oldi.
Yo‘l ustida tez­tez kabobxona, somsaxona, 
palovxonalar uchrab turardi.
Ko‘ktoy ularning yaqiniga bormasdi. Kabob­
xonani yoki somsaxonani bir­ikki olisroqdan, le­
kin odamlar ko‘radigan masofada aylanib chiqar­
di­da, sabr­toqat bilan ariq labidami, yo uzun 
tog‘dek keladigan mashina soyasidami o‘ltirardi.
Odamlar, u shunday aylanmasa ham, uni 
darrov ko‘rishardi. Ba’zilarning havasi kelardi, 
ba’zilar undan qo‘rqishardi. Lekin ko‘pchilik al­
batta unga biron narsa tashlab ketardi. Stolni 
yig‘ishtiradiganlar ham qo‘rqa­pisa uni chaqiri­
shar, ammo joyidan qimirlamagach, yaqinrog‘iga 
kelib, dasturxonni qoqib ketishardi. Bu qoqilgan 
dasturxonda, eh­ha, nimalar bo‘lmasdi. Chala 
chaynalgan go‘sht parchasi, ustixon, ba’zan ili­
gi bilan, ancha­muncha non, keyin sho‘rbaliq. 
Sho‘rbaliqning po‘stidan ko‘ra Ko‘ktoyga kallasi 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling