Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
BO‘RIBOSAR
1
Uni amakisining parkentlik qo‘ychivon amakisi 
tashlab ketdi. U kichkina ayiq bolasiga o‘xshar­
di. Kulrang, qalin junlari orasidan yapaloq tum­
shug‘ini ham, yaqindagina ochilgan munchoqdek 
qora ko‘zlarini ham ko‘rib bo‘lmasdi. Dumaloq 
koptokdek boshi tanasidan katta bo‘lganidan 
to‘g‘ri yurolmas, tumshug‘i bilan yerni sidi­
rib, yo‘lida uchragan narsani bosib, ag‘darib, 
o‘zi ham yumalab yurardi. Keksa cho‘ponning 
gapiga qaraganda, u juda zotli bo‘ribosarlar av­
lodidan ekan. Onasi, yettita bo‘rini o‘ldirgan, bu­
tun Parkentga dong‘i ketgan Olapar bu yil atigi 
ikkita tug‘ibdi. Bittasi shu ekan. Ikkinchisini 
keksa cho‘pon, talabgorlar nihoyatda ko‘p bo‘lsa 
ham, hech kimga bermay, o‘ziga qoldiribdi. Otasi 


Odam bolish qiyin
297
,
ham mashhur itlardan bo‘lib, jambullik qahra­
mon qo‘ychivon Sarsonboy Sakenovning otarini 
qo‘riqlar ekan. Amakining shu itga havasi kelib, 
uch yildan beri har bahor Olaparni Jambulga 
hamkasb do‘stining otariga olib borar ekan. Ikki 
yil burun Olapar uchta tug‘ibdi. Har bittasi ho­
zir g‘unajindek­g‘unajindek bo‘lib ketgan emish, 
Parkentda ham, uning atroflarida ham bunday 
itlarni havas qilmagan cho‘pon yo‘q emish...
Kozim kuchuk bolani yaxshi ko‘rib qoldi. Xil­
ma­xil o‘yinchoqlarni unutdi. Velosipedini ham 
minmay qo‘ydi. O‘yini – kuchuk bola. It ham 
unga o‘rganib qoldi, unga ergashadigan bo‘ldi. 
«Ko‘ktoy!» – desa, pildirab oldiga keladi, nam tum­
shug‘ini oyoqlariga, qo‘llariga surkab, erkalanadi, 
atrofida dumalaydi. Kozim bog‘chaga ketganida 
kuchukcha uzoq angillaydi, eshikka yopishib 
timdalaydi, kelganida esa, xursandlikdan sakrab 
uyni boshiga ko‘taradi.
Kozimning onasi uzoq qarindoshlarining 
sovg‘asiga avval parvo qilmadi. Ammo kuchuk 
bola o‘sgan sayin, u esa kun emas, soat sayin 
o‘sardi, uning kayfiyati buzilib, ensasi qotadigan 
bo‘lib qoldi. Idish­tovoq singani, kitob­daftarlar 
yirtilgani mayli, uydan it hidi keladigan bo‘lib qol­
ganini u birinchi sezdi. Ilgari u kun ora pol yuvadi­
gan bo‘lsa, endi har kuni yuvib, eshik­derazalarni 
ochib, uyni shamollatadi, ovqat stolini bir necha 
martadan artadi, Ko‘ktoy oyog‘ining tagida o‘rala­
shadigan bo‘lsa, zarda bilan tepib yuboradi. Ku­
chuk bola akillab, o‘zini karavotning tagiga oladi 
yo Kozimning stuli tagiga kelib yotadi­da, oldingi 
oyoqlari bilan tumshug‘ini berkitadi.


Olmas Umarbekov
298
,
Bir kuni Kozimning onasi ishdan kelgani­
da, eshik tagida tungi ko‘ylagi yotganini ko‘rdi. 
Hayron bo‘lib ko‘tardi va zarb bilan silkitgan edi, 
yuz­ko‘ziga qandaydir tomchilar sachradi. Nima 
bo‘lganini tushunib, zardasi qaynab ketdi, nam 
ko‘ylakni polga uloqtirib, kuchuk bolani qidi­
ra boshladi. Ammo uzoq qidirmadi. Ko‘ktoyning 
o‘zi yugurib oldiga keldi. Kozimning onasi: «Ha, 
yer yutkur!» – deb qarg‘adi­da, uni tepdi. Ammo 
Ko‘ktoy joyidan qimirlamadi. Yo‘g‘on orqa oyoqlari 
bilan polga tiralib, boshini ko‘tardi va oppoq ar­
radek tishlarini ko‘rsatib irilladi. Kozimning onasi 
hang­mang bo‘lib qoldi, aftidan, qo‘rqib ham ketdi. 
Qo‘lini musht qilib urgani ko‘targan edi, Ko‘ktoy 
battar irilladi va birinchi marta vovullab yubor­
di. Uning chiroyli, qo‘ng‘iroqdek ovozi bor edi. 
Kozimning onasi buni payqamadi, payqasa ham 
parvo qilmadi. Ammo urgani botinmadi, mushtini 
yozib, ters burildi­da, o‘z xonasiga kirib ketdi.
Kechqurun Kozimning dadasiga shikoyat qildi:
– Sovg‘a opkemay ketsin amakingiz! Ikkita qurt 
ham bo‘lardi bolaga. Boya menga bir tashlandi, 
yuragim chiqib ketay dedi. Hozir shundoq. Meni 
aytdi, dersiz. Kattaroq bo‘lsa bitta­yarimtaning 
boshini eydi, baloga qolamiz.
– O‘rgatish kerak, – dedi Kozimning dadasi. – 
Innaykeyin, katta bo‘lganda quyilib qoladi. Bu 
ham hali bola­da!..
– Bolamas, balo! Tishlari arraning o‘zi! – e’tiroz 
bildirdi Kozimning onasi. – Yaxshisi, amakingizga 
qaytarib berib keling. O‘g‘limizga yo‘qolib qoldi, 
deb qo‘ya qolamiz. Bo‘lmasa, o‘zim it yashikka 
berib yuboraman.
– O‘rgatib ko‘raylik­chi, avval, – dedi Kozim­
ning dadasi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling