31
b) muskullarning statik ishini kuzatish uchun 1—2 o‘quvchi
doska oldida yuqorida ko‘rsatilgan ba’zi statik vaziyatlarni: „qaldirg‘och“,
„startoldi“ holatini, shtanga yoki stulni ko‘tarib turishni namoyish
qiladi.
O‘quvchilar bu harakat
turlarini kuzatib boradilar, o‘qituvchi mus-
kullarning ish faoliyatini tushuntiradi.
2. Òayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda
yordam berish
Shikastlanish sabablari. Odam ko‘cha harakati qoidalariga amal
qilmaganda, bir-biri bilan qo‘pol hazillashganda, sport mashg‘ulotlarini
bajarayotganda e’tiborsizlik va intizomsizlik, mehnat
darslarida ehtiyotsizlik
va hokazolar oqibatida tayanch-harakatlanish sistemasining har xil
shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Muskul va paylarning ezilishi, cho‘zilishi. Shikastlangan
muskul va
pay joylashgan sohada oldin ozroq shish paydo bo‘ladi, og‘riq seziladi. Ba’zida
shu joyga qon quyilib, ko‘karib ketadi. Bunda quyidagicha yordam beriladi:
ro‘mol yoki sochiqni sovuq suvda ho‘llab, shikastlangan joyga 5—10 minut
qo‘yiladi, so‘ngra siqib bog‘lanadi va bemorni shifoxonaga yuboriladi.
Izoh:
shikastlangan sohaga issiq buyumlarni bosish,
issiq suvga solish,
ishqalash, ezish kabi holatlar mumkin emas.
Tozalik — salomatlikning eng asosiy omili va turli kasalliklardan
qutulishning birinchi vositasidir.