26
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
9- §. Muskullarning ishlashi
Muskul ishi, muskullar harakatning ahamiyati
Odam tanasining harakatlari ma’lum
muskullar guruhining ishlashi natijasida
bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujay-
ralari va ularning tolalari bilan tutashgan.
Muskullarni
harakatga keltiruvchi nerv
hujayralari, ya’ni motoneyronlarning har
biri o‘z tolalari orqali o‘nlab va yuzlab
muskul tolalari bilan tutashadi.
Ular mus-
kul tolasiga ta’sir etib, uni qo‘zg‘atadi,
natijada muskul qisqaradi. Qisqargan
muskul harakatlanadi va ish bajaradi.
Skelet muskullarining ishi ikki xil bo‘-
ladi: statik va dinamik. Muskulning
statik
ishi natijasida
odam tanasi va uning ayrim
qismlari ma’lum vaqt davomida zarur
bo‘lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik
turish, qo‘lni oldinga yoki yuqoriga ko‘tarib
turish, startoldi holati kabilar. Muskulning statik ishi tanani
harakatga
keltirmaydi, balki uning yuqorida ko‘rsatilgan zarur va-
ziyatlarda ma’lum vaqt saqlanishini ta’minlaydi (20-rasm).
20- rasm. Sportchining
brusda mashq bajarish
oldida statik holati.
21-rasm. Yelka muskullari
dinamik harakatining tasviri:
1— yelkaning oldingi ikki boshli
muskuli;
2—
yelkaning orqa
qismidagi uch boshli muskuli.
A — yelkaning ikki boshli
muskuli qisqarganda qo‘lning
tirsak bo‘g‘imi bukiladi;
B —
yelkaning
uch boshli muskuli
qisqarganda qo‘lning tirsak
bo‘g‘imi yoziladi.
27
Muskulning
dinamik ishi na-
tijasida odam tanasi va uning ayrim
qismlari
har xil harakatlarni
bajaradi. Masalan, yurish, yugu-
rish, sakrash, gapirish va hokazo
(21, 22- rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: