Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- rasm. Qonni tindirish bosqichi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

26- rasm. Qonni tindirish bosqichi:
— vena tomiridan endigina olinib pro-
birkaga quyilgan qon; — probirkada biroz
turgan qon; — sentrifugalangandan so‘ng
ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi rangsiz
qismi — qon plazmasi, pastki quyuq qis-
mi — qonning shaklli elementlari bor
qismi).


35
qoladi, ya’ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz
bo‘ladi. Ular o‘rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. 1 mm
3
qonda
4—6 million, o‘rtacha 5 million dona eritrotsit bo‘ladi. Eritrotsit-
larning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning
sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullani-
shiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga
bog‘liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga
kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrotsitlar suyak
ko‘migida hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng o‘rtacha 120 kun
yashaydi. So‘ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan
eritrotsitlardan ajralgan temir moddasi suyak ko‘migida yosh
eritrotsitlar hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrotsit-
larning gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin
moddasiga aylanib, o‘t suyuqligi hosil bo‘lishi uchun sarflanadi.
Eritrotsitlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujay-
ralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi
gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga
yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan
karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkaga olib boradi.
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdo-
rining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu
kasallikning oldini olish uchun yuqorida aytilganidek, ovqat tar-

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling