24
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng,
rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon,
uchburchak, tishsi-
mon, duksimon, patsimon va yarimpatsimon,
ikki boshli, ikki qo-
rinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo‘ladi (19- rasm). Uzun
muskullar, asosan, qo‘l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg‘alar
orasida, keng muskullar ko‘krakda,
qorin devorlarida, aylana
muskullar og‘iz, ko‘z atrofida joylashgan. Har bir muskulning pay-
lardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo‘ladi. Muskul tashqi
tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan
bo‘lib,
bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya bilan muskulning paylari
orasida harakatni qulaylashtiradigan
sinovial suyuqlik bo‘ladi.
1. Skelet muskullari qanday shakllarda bo‘ladi?
2. Muskullarning ishi qanday boshqariladi?
3. Skelet muskullarining yaxshi rivojlanishi nimalarga bog‘liq?
4. Harakatlanish oliy markazi qayerda joylashgan?
8- §. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
Tuzilishi, vazifasi
Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi
tartibda joylashgan: bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoq muskullari.
Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko‘ra,
chaynash va mimika
muskullariga bo‘linadi.
Chaynash muskullariga chakka, chaynash
Do'stlaringiz bilan baham: