Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
refleksi hosil bo‘lishida
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi.
refleksi hosil bo‘lishida
ishtirok etuvchi sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv hujayralari hamda ularning tolalari ko‘rsatilgan: 1 — tizza payi; 2 — retsep- torlar; 3 — sezuvchi nerv tolasi; 4 — sezuvchi nerv hujayrasi; 5 — oraliq nerv hujayrasi; 6 — harakatlan- tiruvchi nerv hujay-rasi; 7 — harakatlantiruvchi nerv tolasi; 8 — muskul. a b 106 — orqa miyaning qaysi bir segmentida joylashgan nerv hujay- ralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki kasallansa, o‘sha joydagi nerv markazlaridan ta’minlanadigan to‘qima va organlar- ning sezish va harakatlanish funksiyasi yo‘qoladi, shu to‘qima yoki muskul falajlanib qoladi. Orqa miya ikki xil: reflektor va o‘tkazuv- chilik funksiyasini bajaradi. 1. Nerv sistemasining asosiy funksiyalarini ayting. 2. Nerv sistemasi qanday tuzilgan? 3. Orqa miyaning joylashishi va tuzilishini tushuntiring. 38- §. Bosh miya Ø Miya qismlari, miya po‘stlog‘i Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Òananing barcha to‘qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog‘lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh su- yagining ichida joylashgan bo‘lib, og‘irligi katta odamda 1020—1970 g gacha bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bosh miyaning katta- kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi. Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fizio- logik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog‘liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog‘liq. Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko‘prigi (miya ko‘prigi), o‘rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi (63-, 64- rasmlarga qarang). Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo‘lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko‘prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3—3,5 sm, massasi o‘rtacha 7 g bo‘ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. 107 Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomon- dan o‘rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko‘prigida uchlik, ko‘z soqqasini va yuz muskul- larini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan. O‘rta miya Varoliyev ko‘prigining yuqorisida joylashgan bo‘lib, unda to‘rt tepalik: to‘rt tepalikning oldingi 2 tasida po‘stloqosti ko‘rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po‘stloqosti eshitish markazlari joylashgan. Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, bosh miya katta yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko‘rish do‘mboqlari (talamus), do‘mboqosti soha (giðotalamus) kiradi. Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bo‘lagining tagida joylashgan, massasi 150 g (65- rasm). Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling