Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
- §. Qad-qomatning shakllanishi
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yassioyoqlik.
10- §. Qad-qomatning shakllanishi
Umurtqa pog‘onasining ahamiyati Har bir odam tanasini o‘zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog‘onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo‘yin va bel qismida umurtqa pog‘onasi biroz oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismida biroz orqaga egilgan bo‘ladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bo‘lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta- sekin bu egilishlar hosil bo‘ladi. Qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo‘ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat (23- rasm). Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko‘rini- shi o‘zgarmasdan, balki u ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar)ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi va hokazo. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak: — bolani yoshligidan tekis va biroz qattiqroq to‘shakda yotishga o‘rgatish lozim, yostiq pastroq bo‘lishi kerak. Òo‘shakning qalin va yumshoq bo‘lishi, yumshoq prujinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayib qolishiga sabab bo‘ladi; — kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni ko‘tarmasligi, ayniqsa, doim faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi kerak. Bularning barchasi bolaning umurtqa pog‘onasi va oyoq suyaklari egrilanib qolishiga, qad-qomati buzilishiga sabab bo‘ladi (24-rasm); — bolalar va o‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stulda o‘ti- rishi kerak (maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda); — o‘quvchilar parta, stol-stulda o‘tirganda quyidagi qoidalar- ga rioya qilishlari zarur: o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, 29 beli stul (parta) suyanchig‘iga suyanib tursin. Oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin. Oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin. Ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo‘lsin. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu- ning uchun ana shu yoshgacha bo‘lgan bolalar yuqorida ko‘rsatil- gan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to‘g‘ri, chiroyli bo‘lib shakllanadi. Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-hara- katlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko‘ra, tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. Òo‘g‘ri rivojlangan oyoq kaftining ko‘proq qismi o‘yiqroq (chu- qurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo‘ladi. Uning bunday tu- zilishi tana massasini oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib, o‘yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuza- sining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo‘lib qoladi (25-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling