Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
Qonning ivishi. Qonning ivishi — organizmning muhim himoya
reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda 28- rasm. Yallig‘lanish: 1—teriga kirib qolgan zirapcha; 2—qon tomiri; 3—leykotsitlar; 4—yiring. 1 4 3 2 37 organizmni ortiqcha qon yo‘qotishdan saqlaydi. Qonning ivish xossasi o‘zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog‘lig‘iga katta xavf tug‘diradi, chunki organizm ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Sog‘lom odamda qon 3—4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik modda — antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o‘tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni ka- mayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi. 1. Qon plazmasi tarkibiga qanday moddalar kiradi? 2. Eritrotsitlar qanday funksiyani bajaradi? 3. Leykotsitlar qanday funksiyani bajaradi va ularning qanday turlari bor? 4. Qonning ivishi qanday ahamiyatga ega? 13- §. Qon guruhlari 1901- yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo‘lishini aniqladilar. Bu moddalar agglutinogen A va B, agglutinin α va β dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen A va agglutinin α yoki agglutinogen B va agglutinin β bo‘lmasligi kerak. Normada agglutinogen A va agglutinin β yoki agglutinogen B va agglutinin α bo‘lishi mumkin. Agglutinogen A va B bo‘lgan qonda agglutininlar umuman bo‘lmaydi. Aksincha, agglutinin α va β bo‘lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi. I g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin α va β bo‘ladi. II g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglu- tinin β bo‘ladi. III g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglu- tinin α bo‘ladi. IV g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen A va B bo‘lib, plaz- mada agglutinin umuman bo‘lmaydi. 38 K. Landshteyner va boshqalar 1940- yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo‘ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo‘lsa, ularning rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling