Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Yurak va qon tomir kasalliklarining


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Yurak va qon tomir kasalliklarining  ko‘p uchraydigan turlariga
ateroskleroz  (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog‘ va tuz
moddalari to‘planishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo‘rtlashib
va torayib qolishi), giðertoniya (arterial qon bosimining
ko‘tarilishi), yurakning ishemik kasalligi  (yurak muskullarida qon
aylanishining buzilishi tufayli sodir bo‘ladi), miokard infarkti (qon
aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi
yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi.
Bulardan tashqari, maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydigan
angina, surunkali tonzillit (bodomcha bezlarining yallig‘lanishi)


51
va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig‘lanish kasallik-
lari tufayli odam yoshlik chog‘idanoq ish qobiliyatini yo‘qotishi
mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun
organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan munta-
zam shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir.
Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir
sistemasiga zararli ta’siri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo)
va spirtli ichimliklar iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar
odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va organlariga,
jumladan, yurak-qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko‘rsatib,
ateroskleroz, giðertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak
infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og‘ir xastaliklar yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Òamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli
kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin,
karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt,
qo‘rg‘oshin, margimush kabilar yurak-qon tomir sistemasiga
zaharli ta’sir ko‘rsatib, odamning sog‘lig‘ini yomonlashtiradi, ish
qobiliyatini pasaytiradi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling