Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Nafas olish qanday ahamiyatga ega? 2
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas harakatlari
1. Nafas olish qanday ahamiyatga ega?
2. Burun va hiqildoqning tuzilishini ayting. 3. Traxeya va bronxlarning tuzilishi va vazifasini ayting. 4. O‘pkaning joylashishi, tuzilishi va vazifasini tushuntiring. 20- §. Ovoz apparati Ø Tuzilishi va vazifasi Ovoz hosil bo‘lishida hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, mus- kullari bilan birga, til, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qo‘shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o‘pkalar ham ishtirok etadi. Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylam- larining teshigi ochiq holda bo‘ladi (u uchburchak shaklda). Pi- chirlab so‘zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo‘ladi. So‘zlash- 55 ganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o‘pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta’sir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo‘ladi (35- rasm). Ovozning o‘tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo‘li- shiga bog‘liq. Ayollarda ularning uzunligi o‘rtacha 18—20, erkak- larda 20—22 millimetr. Nafas harakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning 35- rasm. Ovoz apparati: I— gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oralig‘idagi teshikning yopiq holatda ko‘rinishi; II — pichirlab gapirganda ovoz teshigining yarimochilgan holatda ko‘rinishi; III— gapirmagan vaqtda ovoz teshigining ochiq holatda (uchburchak shaklda) ko‘rinishi. 1— hiqildoq; 2— halqum; 3— halqumning burun teshigi; 4— og‘iz bo‘shlig‘i va uning qo‘shimcha kovaklari; 5–burun bo‘shlig‘i. 56 pastga tushishi orqali ta’minlanadi. Qovurg‘alarning ko‘tarilishi bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu harakatlar natijasida ko‘krak qafasining hajmi kattalashadi, o‘pka kengayadi va tashqi muhitdan o‘pkaga havo so‘rib olinadi. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg‘alararo va qorin mus- kullarining qisqarishi orqali ta’minlanadi. Ichki qovurg‘alararo muskullar qisqarganda qovurg‘alar pastga tushadi, qorin mus- kullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko‘tariladi. Natijada ko‘krak qafasining hajmi kichrayib, o‘pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling