Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


 Atmosfera bosimi va havo harorati o‘zgarishi yurak-qon tomir faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Atmosfera bosimi va havo harorati o‘zgarishi yurak-qon tomir
faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Spirtli ichimliklar va chekish yurak-qon tomir sistemasiga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
4- laboratoriya mashg‘uloti
Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir sistemasiga
ta’sirini aniqlash
Z a r u r a s b o b v a ji h o z l a r : sekundomerli soat, fonendoskop,
sfigmomanometr yoki tonometr.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1. 2—3 o‘quvchi 5 minut partada tinch 
o‘tirganlaridan so‘ng pulslari
sanaladi va arterial bosimi o‘lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga
har bir o‘quvchining familiyasi qarshisiga yozib qo‘yiladi.
2. O‘quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar.
(30 s davomida 20 marta o‘tirib-turish.)
3. Mashq tugashi bilanoq, pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o‘lchanadi.
Olingan natija doskaga — tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo‘yiladi.
4. Uch minut dam olgandan keyin puls va qon bosimini takror
o‘lchab, doskaga yozib qo‘yiladi. Bu natija tinch holatdagi natijaga tenglashishi
kerak. Agar tenglashmasa, mazkur o‘quvchining yurak-qon tomir sistemasi
chiniqmaganligini ko‘rsatadi.


52
V b o b .
 
NAFAS OLISH SISTEMASI
19- §. Nafas olish, nafas olish organlarining
tuzilishi
Ø
Ahamiyati va funksiyasi
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kis-
lorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas
olish deb ataladi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:
1. O‘pka alveolalari va tashqi muhit o‘rtasida kislorod va karbonat
angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish).
2. O‘pka alveolalari va o‘pkaning kapillar qon tomirlari o‘rta-
sida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va to‘qimalar o‘rtasida kislorod va karbonat angidrid
almashinuvi (ichki nafas olish).

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling