Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Siydik pufagi qorinning pastki qismida chanoq sohasida joy-
lashgan bo‘lib, uning hajmi katta odamda 500—700 ml bo‘ladi.
Buyrak funksiyasining boshqarilishi. Buyrakda siydik hosil
bo‘lishi nerv va gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Simpatik nerv
tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini
kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini
kengaytirib, siydik ajralishini ko‘paytiradi. Bu nervlarning markazi


87
orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida
joylashgan giðofiz bezining orqa bo‘lagida sintezlanadigan
antidiuretik gormon (ADG) buyrak egri-bugri kanalchalarining
devoriga ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik
ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin
gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik
ajralishini ko‘paytiradi.
Siydik ayirish organlarining ko‘p uchraydigan kasalliklari.
Buyraklarda tosh paydo bo‘lishi kasalligining sababi ovqat tarkibida
tuzni ko‘p iste’mol qilish, kam harakatlanish hisoblanadi. Buy-
raklarning yallig‘lanish kasalliklari (nefrit, piyelonefrit)ning
sababi tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishi (angina),
tish kasalliklarini o‘z vaqtida davolatmaslikdir.
1. Ayirishning ahamiyatini ayting.
2. Ayirish jarayonida qaysi organlar ishtirok etadi?
3. Siydik ayirish organiga nimalar kiradi?
4. Buyraklarda siydik qanday hosil bo‘ladi?
5. Siydik ajralishi qanday boshqariladi?
6. Siydik ayirish organlari kasalliklarining oldini olish uchun nima
qilish kerak?


88
51- rasm. Òerining tuzilishi:
I — terining epidermis qavati:
1— epidermisning sirtqi qavatidagi
o‘lik hujayralar; 2— epidermisning
ichki qismidagi tirik hujayralar
qatlami.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling