Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Bosh miyaning tuzilishi va asosiy funksiyalarini ayting. 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Bosh miyaning tuzilishi va asosiy funksiyalarini ayting.
2. Uzunchoq miya va miya ko‘prigining tuzilishi hamda funksiyasini
tushuntiring.
3. O‘rta va oraliq miyaning joylashuvi hamda funksiyalarini ayting.
4. Miyachaning tuzilishi va funksiyasi haqida nimalarni bilasiz?
5. Po‘stloqosti nerv markazlari qanday funksiyani bajaradi?
6. Bosh miya katta yarimsharlari qanday tuzilgan?
39- §. Vegetativ nerv sistemasi
Ø
Turlari, vazifasi
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon ay-
lanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya
bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini
boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga
bo‘linadi (68- rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari
jihatidan bir-biridan farq qiladi.


111
Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa
miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmenti-
gacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miya-
ning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib,
umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan
nerv tugunlariga, ulardan esa to‘qima va organlarga boradi.
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay-
tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi,
me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskul-
larini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas
yo‘llarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi,
ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning
pastki qismida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dum-

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling