Odam va uning salomatligini o’QI­tish­­da masala va mashqlardan foyda­LA­nish metodikasi reja


Odam va uning salomatligi bo’yicha bilim beradigan biologik masala va mashq hamda topshiriqlar


Download 27.92 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1211482
1   2   3   4
Bog'liq
2-MA\'RUZA MATNI

Odam va uning salomatligi bo’yicha bilim beradigan biologik masala va mashq hamda topshiriqlar

Odam va uning salomatligi kursida isbotlab bera olish malakasini oshirishda bilim beradigan masala va mashqlar hamda topshiriqlarni hal qila olish o‘quvchilar uchun katta rol o‘ynaydi.


Bilim beradigan biologik topshiriqlar faqat so‘zlab berish yo‘li bilangina emas, balki biologiya, kimyo, matematika, fizikadan olgan bilimlarini amallarni bajarish yo‘li bilan ham hal qilish mumkin. Masala va mashqlar orqali muayyan tushunchalarni konkretlashtirish va sabab-oqibatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni to‘g‘ri aniqlash zarur. Masala va mashqlarni hal qilishda o‘quvchilarga maslahatlar berish maqsadida o‘quvchilarga taxminan quyidagilarni eslatib o‘tish maqsadga muvofiq:

  • masala va mashqlarning shartlaridan sizga nima ma’lum bo‘ldi?

  • muammo qanday hodisalar yoki obektlar to‘g‘risida bormoqda?

  • bayon qilinayotgan hodisalarning sabablari qanday?

  • nimani bilish kerak?

  • Topshiriqda o‘rtaga qo‘yilgan muammoga qanday javob topish mumkin?

Organlar tuzilishi bilan vazifasining bog‘liqligini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar murakkabligi jihatidan har xil bo‘lishi mumkin. Bu topshiriqlar yechimining to‘g‘riligini isbotlash kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lsa samarali bo‘ladi.
Masala – mashqlar va topshiriqlarni keyingi guruhlari fiziologik jarayonlarni bilib olishga qaratilgan masalalar qamrab oladi. Bu xildagi masala-mashq va topshiriqlar shartini aniqlab olinishini va tizimga solinishi kerak bo‘lgan har xil fiziologik jarayonlarni tabiiy holda yoki videofil’mlarda namoyish etishini o‘z ichiga oladi.
Tajriba bilan bog‘liq topshiriqlardan bilimlarni tekshirishda foydalanish o‘rinlidir. Bunda mustaqil holda masalalar tuzishni o‘quvchilarga mashq qildirish va tajriba mohiyatini ular qanchalik tushunib olganini tekshirib ko‘rish uchun imkon beriladi. Masalan so‘lak fermentlarining kraxmalga qanday ta’sir qilishini fil’tr qog‘ozda ko‘rsatib berishni taklif etish mumkin.
Odam va uning salomatligidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni shaxsiy gigiyena va jamoat gigiyenasi bilan aloqasini aniqlashga qaratilgan masala va mashqlarni eng muhim deb qarash mumkin. Bularning ba’zilar o‘quvchilar nimalar qilish va qanday natijaga ega bo‘lish kerakligini hal qilish uchun negiz bo‘la oladigan dastlabki sharoitni tahlil qilishga qaratilmog‘i kerak.
Odam va uning salomatligini o‘rganayotgan o‘quvchilar masala-mashqlar va topshiriqlarni yechishda yo‘l qo‘yadigan asosiy kamchiliklar quyidagilardir:

  • sabablarni ochib bermasdan turib hodisalarni tasvirlash;

  • sabab-oqibat munosabatlarini vaqtinchalik munosabatlar bilan aralashtirib qo‘yish;

  • sabab o‘rniga oqibatni ko‘rsatish;

  • asosiy sababni ikkinchi darajali sabab bilan aralashtirish;

  • sabab bog‘lanishlarini noto‘g‘ri aniqlash.

Masala va mashqlar, topshiriqlar yechishning sifatini sababiy tafakkur rivojlanishining darajalariga qarab aniqlash mumkin.
1-daraja.Hodisalar o‘rtasida bog‘lanish yo‘q. Ayrim faktlar qator qilib tasvirlangan.
2-daraja.Hodisalar qisman tushuntirib berilgan.Sababiy munosabatlar qisman tasvirlangan.
3-daraja.Sababiy bog‘lanishlar ajratib, lekin xatoliklar bilan ko‘rsatib beriladigan.
4-daraja.Umumiy va xususiy sabablarni to‘la-to‘kis tushunib olishga imkon beradigan.
Odam va uning salomatligi kursining materalini kattaligi ayrim hollarda masala va mashqlardan, eksperimental harakterdagi topshiriqlarni bajarishni chek-lab qo‘yadi. O‘quvchilar o‘z bilimlarini ishonarli qilib bayon etishlarida, fikrlarini va keltirgan ma’lumotlarini isbotlashda masala va mashqlarni roli kattadir.
O‘quvchilarga odam va uning salomatligini o‘qitish asosiy anatomik, fiziologik, gigienik, tibbiy tushunchalarni rejali va izchil rivojlantirish, o‘quvchilarning amaliy tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadigan g‘oya, nazariya, ilmiy dalillarni o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Odam va uning salomatligini asosiy g‘oyalari – odam anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasi g‘oyalari, tuzilish va funksiyaning o‘zaro bog‘liqligi, odam organizmining tabiiy muhit bilan bog‘liqligi, organizmning bir butunligi va o‘z – o‘zini boshqarishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, asosiy tushunchalarni rivojlantirish izchilligini belgilaydi. Odam va uning salomatligi kursini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish yuqorida berilganlarning yoritishda muhim rol o‘ynaydi.
Odam va uning salomatligi darslarida foydalaniladigan masala va mashqlar o‘quvchilardan darslik bilan mustaqil ishlashni, turli xil didaktik materiallar va dasturlarni tayyorlash, o‘z - o‘zini kuzatish, turli xil tajribalarni bajarishni, taqqos-lovchi tablitsa, sxema, mantiqiy fikrlashga va hisoblashga doir masalalar, savollarga javoblarni o‘ylab yozishni, o‘z - o‘zini hamda bir birini nazorat qilishni talab etadi.
Odam va uning salomatligida odam anatomiyasi, fiziologiyasi to‘g‘risidagi masalalar shaxsiy va jamoa gigienasi bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Bunday masala va mashqlarning aksariyati o‘quvchilarga qangay amallarni bajarish va qanday natijaga ega bo‘lish kerakligini hal qilish uchun asos bo‘ladi. Ayrim masala va mashqlar biologik qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi.
Bunday mashqlarga quyidagilarni misol qilish mumkin.
1.Qo‘l panjasi shikastlanganda, jarohatlangan joydan qip qizil qon oqib turibdi. Dastlabki vaqtdlarda qon favora bo‘lib otilib chiqadi, so‘ngra favora susayib qon otilib - otilib oqib turadi. Qon ketishning turi, birinchiyordam ko‘rsatishchoralari aytib o‘tilsin.
2.Venadan qon ketib turgan vaqtda jarohatdan yuqoriroqda qo‘yilgan qovuzloq nima uchun ma’lum vaqt davomida qon ketishini to‘xtatmasdan tezlashtirishi mumkin?
Shunday qilib,o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini isbotlab berish uchun mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda masala va mashqlarni yechishlari maqsadga muvofiqdir.



Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling